TEST
“Statistika” so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni bildiadi.
Italyancha so’zdan olingan bo’lib, davlat ma’nosini bildiradi;
Inglizcha so’zdan olingan bo’lib, davlatni boshqarish ma’nosini bildiradi;
Rus tilidan olingan bo’lib, ko’rsatkich, raqam ma’nosini bildiradi;
Lotincha “Status” so’zidan olingan bo’lib, ahvol, holat, vaziyat ma’nosini bildiradi.
Statistika faniga kim tomonidan asos solingan va uni birinchi “Siyosiy arifmetika” deb atagan?
Ketle; B. O.Kont; C. U.Petti; D. I.N.Krilov.
Statistika fanining predmeti deb nimaga aytiladi?
Jamiyatni raqamlarda, miqdorlarda va ko’rsatkichlarda aks etishiga;
Hodisa va jarayonlarni sifat jihatidan aks ettirilishiga;
Ijtimoiy hodisalarni tuman, viloyat va Respublika bo’yicha aks ettirilishiga;
Jamiyatda sodir bo’layotgan hodisa va jarayonlarning, sifat tomonlarini miqdor tomonlariga chambarchas bog’lab, ma’lum joyda va vaqtda o’rganilishiga.
Quyidagilardan qaysi biri statistika predmetiga asosan, to’liq statistik ma’lumot sanaladi?
Viloyatimizda mahsulot ishlab chiqarish yildan-yilga ortib boryapti;
Tumanda paxta etishtirish rejasi 105 foizga yetkazildi;
Xo’jalikda don etishtirish 2000 tonnadan ortib ketdi;
Respublikamizda 2003 yili 3,5 mln tonna paxta yetishtirildi.
Statistik to’plam deb nimaga aytiladi?
Jamiyatdagi ommaviy bir xil sifat va mazmunga ega bo’lmagan dalillar to’plami tushuniladi.
O’zgaruvchan belgilarning turlicha shakllari statistik to’plam deyiladi.
Ma’lum bog’lanishdagi bir xil sifatga ega bo’lgan hodisalar, elementlar (unsurlar), birliklar va dalillar to’plami tushuniladi.
Har qanday statistik raqam, ko’rsatkich statistik to’plam deyiladi.
Statistikaning bosh maqsadi, ya’ni predmeti nima?
Ommaviy-ijtimoiy hodisalarni miqdoriy tomonini sifat tomoniga chambarchas bog’lab o’rganish;
Miqdoriy tomonlarini o’rganish va tahlil etish;
Hodisalarning sifat tomonlarini o’rganish va tahlil etish;
Hamma javoblar to’g’ri.
O’zgaruvchan (variatsion) belgilar deb nimaga aytiladi?
Har qanday hodisa, voqea va ko’rsatkich o’zgaruvchan belgilar deb ataladi.
Turli mohiyat kasb etuvchi yoki o’zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan to’plam birliklari o’zgaruvchan belgilar deb ataladi.
Sifat jihatidan turli xil, miqdor jihatidan bir xil bo’lgan birliklar o’zgaruvchan belgilar deb ataladi.
A va C javoblar to’g’ri.
Tabiiy hodisalar statistikaning nimasi hisoblanadi?
Usullari jumlasiga kiradi;
Miqdor ko’rsatkichlari hisoblanadi;
Sifat ko’rsatkichlari hisoblanadi;
O’rganish ob’ekti hisoblanadi.
Statistikada qonuniyat deganda nima tushuniladi?
Hodisalarni takrorlanish, ketma-ketligi, izchilligi va tartibi;
Hodisalarning sifat va miqdor ko’rsatkichlari,
Hodisalarning ichki xususiyatlari va rivojlanishi,
Hodisalarning mohiyati, turi va nomi.
Jamiyat hodisalarining sifat tomoni deganda nima nazarda tutiladi?
Miqdoriy tomoni, mavjudligi va rivojlanish qonuni;
Ichki qiyofasi, mavjudligi va qonun bilan rivojlanishi;
Katta-kichikligi, me’yori va mavjudligi, rivojlanishi;
Xususiyati, me’yoriy qonun asosida rivojlanishi.
1 D
2 C
3 D
4 D
5 D
6 A
7 D
8 D
9 A
10 B
Do'stlaringiz bilan baham: |