Statistika farqlari asosidagi belgilar
|
Markazlashgan rejali xo‘jalik sharoitida
|
Bozor munosobatlari sharoitida
|
1.Statistika maqsadi, funktsiyalari va vazifalari
|
davlat rejalarini bajarish ustidan nazorat olib borish; bundan buxgalteriya hisobi, operativ texnika hisobi va statistik hisob yagonaviyligi kelib chiqadi.
Siyosiy maqsadlar, tashviqot va targ‘ibot uchun foydalanish.
|
Bozor iqtisodiyotining axborot infratuzilmasi, bundan hisob turlari bir - biridan ajralishi, jumladan statistika mustaqilligi va betarafliligi kelib chiqadi.
|
2. Davlat, iqtisodiyot va jamiyatda sta-tistika mav-qei.
|
Oliy firqa va davlat organlarigabo‘ysunishlik, respon-dentlarga nisbatan keng xuquqlarga egalik, axborotlarni matbuotda e’lon qilishda esa mustaqillikka ega bo‘lmaslik.
|
Statistik uslubiyat masalalarida to‘la erkinlik va mustaqillik, respondentlar uchun uning qulay bo‘lishini ta’minlash va yakuniy axborotdan keng jamoatchilik foydalanishi uchun sharoit yaratish.
|
3.Ma’lumot-lar va ularni bosib chiqa-rish maxfiy-ligi
|
Makroma’lumotlarni bosib chiqarish nazorat ostida bo‘lishi va katta g‘ovlarga duch kelishi; mikroma’lumotlardan statistika-dan tashqari maqsadlar uchun ham foydalanish.
|
Mikroma’lumotlar sir saqlanishini ta’minlash va ulardan faqat statistik maqsadlar uchun foydalanish, makroma’lumotlardan esa keng jamoatchilik foydalanishi uchun sharoit yaratish, ularni bosib chiqarish.
|
4.Boshlang‘ich ma’lumotlar-ni to‘plash yo‘llari.
|
Yoppasiga kuzatish va ayrim hollarda tanlanma usulni qo‘llash, makroko‘rsatkichlarni keng doirada hisoblash, oqilona axborot oqimini ta’minlash.
|
Keng ko‘lamda tanlanma kuza-tishlar o‘tkazish, yoppasiga tek-shirishlarni bir yo‘la tarzda amalga oshirish, milliy hisobchilikni makro darajada yo‘lga qo‘yish.
|
5.Ma’lumot-lar turi va ustivor soha-lardagi ishlar
|
Ishlab chiqarish hajmi, yalpi mahsulot kabi miqdoriy ko‘rsatkichlar qo‘llash, moliyaviy-pul ko‘rsatkichlardan tor doirada foydalanish; statistik ishlar mavzui bir zayldagiligi.
|
Baholar, moliya va pul statistikalari muhim ahamiyat kasb etishi, yuqori darajada agregatlashgan ko‘rsatkichlarni o‘zaro nazorat qilishni ta’minlaydigan usullar yorda-mida hisoblash; raqobat kuchli bo‘lgani uchun ishlar mavzui turli tumanligi, makroko‘rsatkichlarni doimo e’lon qilish.
|
6.Statistika samaradorligi-ni baholash mezonlari
|
Mikroma’lumotlarni tezlikda va to‘la to‘plash, ularrning aniqligini ta’minlash uchun nazorat tekshirishlarini o‘tkazish, oqilona ma’lumotlar oqimini yaratish, firqa apparati talabi bilan ko‘p ishlarni bajarish
|
Jamoatchilik qanday e’tibor bilan bosib chiqarilgan materiallarni qabul qilishi, ma’lumotlarni to‘plash, ko‘rsat-kichlarni hisoblash usullari haqida batafsil axborot berish, konyuktura tahlilida va xalkaro qiyosiy ilmiy tadqiqotlarda ulardan foyda-lanish imkoniyatini yaratish.
|
7. Axborotlar-ni iste’mol qiluvchilar
|
Hukmron firqa va davlat tashkilotlari, ilmiy tekshirish muassasalari
|
Davlat boshqaruv organlari, tadbirkorlar, uyushmalar va keng jamoatchilik
|