5.3. Guruhlash turlari
Guruhlash statistik bog‘lanishlar va qonuniyatlarni aniqlash, o‘rganilayotgan to‘plamning tuzilishini o‘rganish va ho‘jaliklarning sotsial-iqtisodiy tiplarini tasvirlash maqsadida bajariladi. Uning har xil turlari va shakllari mavjud.
Guruhlash turlari
Maqsad va vazifalarga
qarab
Guruhlash belgilari
soniga qarab
Manbaiga qarab
tipologik
guruhlash
analitik
guruhlash
tuuilmaviy
guruhlash
oddiy
guruhlash
murakkab
guruhlash
birlamchi
guruhlash
ikkilamchi
guruhlash
5.2-tarh. Guruhlash turlari.
Guruhlash maqsad va vazifalariga qarab uch turga bo‘linadi: 1) tipologik;
analitik;
tuzilmaviy guruhlash.
Tipologik guruhlash – bu to‘plamni sotsial-iqtisodiy tiplarga ajratishdir
Tipologik guruhlash deganda, o‘rganilayotgan hodisalar to‘plamini sotsial-iqtisodiy tiplarga taqsimlash tushuniladi. Tip so‘zi quyidagi lug‘aviy mazmunga ega: 1) bir turdagi narsa uchun umumiy bo‘lgan namuna; 2) biologik hayvon va o‘simliklar sistematikasidagi o‘zaro o‘xshash sinflarni birlashtiradigan oliy bo‘linma; 3) bir qator ichki yoki tashqi belgilar yagonaviyligi asosida birlashgan kishilar kategoriyasi.
Sotsial iqtisodiy tip jamiyatda iqtisodiyotda bajaradigan funksiyalar va tutgan o‘rinning umumiyligi bilan belgilanadi
Sotsial-iqtisodiy tip deganda jamiyatda, iqtisodiyotda bajaradigan funksiyalari va tutgan o‘rni umumiyligiga asoslangan ho‘jalik yurituvchi subyektlar, shaxslar, qandaydir narsalar (ishlab chiqarish vositasi, ishlovchi kuch va h.k.) kategoriyasi, to‘plami tushuniladi.
Tipologik guruhlashni tuzish algoritmi quyidagi ketma-ket operatsiyalarni bajarishdan iborat:
o‘rganilayotgan hodisalarni qanday tiplarga ajratish dastlab belgilab qo‘yiladi;
tiplar tasvirini shakllantiruvchi guruhlash belgilari saylab olinadi;
guruhlarning oraliq chegaralari aniqlanadi;
guruhlash belgilari birikmasi asosida har qaysi tip guruhiga tegishli to‘plam birliklari soni aniqlanadi;
5. ayrim tiplarni tasvirlash uchun tegishli birliklar haqidagi boshlang‘ich ma’lumotlar asosida umumiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Guruhlash belgilarini ixtisoslashtirish - bu sharoitlarga moslashtirib guruhlash belgilarini o‘zgartirib turishdir.
Ayrim hollarda tiplarning shakllanish sharoitlarini ifodalaydigan guruhlarni har xil belgilar, masalan ko‘p energiya talabchan tarmoqlarda - iste’mol qilingan elektroenergiya, ko‘p xom-ashyo talabchan tarmoqlarda - tovar - moddiy zaxiralar, mehnat talabchan tarmoqlarda - ishchilar soni, kapital talabchan tarmoqlarda - asbob-uskunalar qiymati asosida tuzish mumkin. Bunday tartibda guruhlash belgilarini olish guruhlar belgilarini ixtisoslashtirish deb yuritiladi. Shu bilan birga tiplarni to‘laroq belgilash maqsadida konkret sharoitni hisobga olib guruhlar oralig‘ini ham ixtisoslashtirish tavsiya etiladi.
Tuzilmaviy guruhlash - bu bir belgi asosida to‘plam tizilishini tasvirlovchi taqsimot qatoridir.
Tuzilmaviy guruhlash odatda ma’lum bir belgiga qarab to‘plam tuzilishini ta’riflaydi. Buning uchun dastlab bir belgi asosida taqsimot qatori tuziladi, so‘ngra har qaysi guruh uchun tuzilmani ta’riflovchi to‘plama ko‘rsatkichlar, masalan guruhlash belgisining guruhlardagi yig‘ma hajmi va u bilan yaqindan bog‘liq bo‘lgan belgilar to‘plama miqdorlari hisoblanadi va nihoyat ularga asoslanib ayrim guruhlarning umumiy to‘plamdagi hissalari aniqlanadi.
Tuzilmaviy guruhlash taqsimot qatorlari bilan umumiylikka ega, ammo ulardan qator jihatlari bilan farq qiladi.
Tuzilmaviy guruhlashlar bilan taqsimot qatorlari bir biriga o‘xshashib ketadi, ammo ular vazifalari va tuzilish jihatidan bir biridan farq qiladi. Tuzilmaviy guruhlashda ko‘zlangan maqsad - to‘plam tuzilishini o‘rganish. Buning uchun har bir tuzilma bir to‘da ko‘rsatkichlar yordamida tavsiflanishi kerak, bu holda uning turli jihatlari oydinlashadi. Taqsimot qatorlari esa statistik to‘plam tuzilmaviy xususiyatlarini va qonuniyatlarini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Tuzilmaviy guruhlashlar tuzilishidagi o‘zgarishlarni dinamika va fazo jihatidan statistik o‘rganish va miqdoriy baholash imkonini beradi. Buning uchun ikki usuldan foydalanish mumkin: biri - har bir to‘plamning ichidagi farqlarni miqdoriy baholashga asoslanadi, ikkinchisi esa - to‘plamlar tuzilishi orasidagi farqlarni baholashga tayanadi.
Birinchi holda har bir to‘plam ichki tuzilmaviy farqlari ularning o‘rtacha absolut qiymati va o‘rtacha kvadratik qiymati hamda ularning koeffitsiyentlari yordamida baholanadi. Agarda ayrim guruhlar uchun o‘rganilayotgan ko‘rsatkich mi bo‘lsa, ularning to‘plamdagi salmog‘i (ulushi, qismi)
u holda: o‘rtacha absolut salmoqlar farqi (1)
(ishorasi hisobga olinmaydi)
uning koeffitsiyenti (2)
salmoqlarning o‘rtacha kvadratik farqi (3)
va uning koeffitsiyenti bu yerda: .
Bu ko‘rsatkichlar to‘plam tuzilishini dinamika yoki fazo jihatdan qiyosiy tahlil qilish uchun hisoblanadi.
Ikkinchi holda ikkita qiyoslanayotgan to‘plamlar tuzilishini ifodalovchi tuzilma salmoqlari (di) orasidagi farqlar asosida ularning o‘rtacha arifmetik va o‘rtacha kvadratik farqlari hamda koeffitsiyentlari hisoblanadi.
Bu yerda: di1 -joriy davrdagi (yoki taqqoslanuvchi) to‘plam guruhlari (tuuilma) ning salmoqlari
di0-o‘tgan davrdagi (yoki taqqoslovchi) to‘plam guruhlarining salmoqlari
- ikki to‘plam tuzilishidagi farqlarning o‘rtacha absolut qiymati (ishorasi inobatga olinmaydi)
S-ikki to‘plam tuzilishidagi farqlarning o‘rtacha kvadratik qiymati
K - o‘rtacha absolut farqlar darajasi
KS - o‘rtacha kvadratik farqlar darajasi.
Analitik guruhlash - bu belgilar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni tasvirlovchi guruhlashdir.
Analitik guruhlash deb ikki va undan ortiq belgilar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni ta’riflovchi guruhlash ataladi. Analitik guruhlashda ikki toifadagi belgilar ishtirok etadi: biri - omil belgilar, ikkinchisi - natijaviy belgilar. Natijaviy belgi deb boshqa belgilar ta’siri ostida o‘zgarayotgan belgi ataladi, omil belgi esa unga ta’sir etayotgan, uni o‘zgarishiga sabab bo‘layotgan belgi yoki belgilardir.
Analitik guruhlash odatda omil belgi yoki belgilar asosida tuziladi, har qaysi guruh esa natijaviy belgilar bilan ta’riflanadi.
Ikkinchi holdagi (5-8) ko‘rsatkichlardan faqat guruhlash asoslari (guruhlar oralig‘i) va guruhlar soni bir xil bo‘lgan to‘plamlar tuzilishini qiyosiy o‘rganishda foydalanish mumkin. Birinchi holdagi (1-4) ko‘rsatkichlarni qo‘llash bunday chegaraga ega emas.
O‘zbekiston yalpi qishloq ho‘jalik mahsulotining ho‘jalik toifalari bo‘yicha tuzilishi haqidagi ma’lumotlar asosida yuqorida bayon etilgan ko‘rsatkichlarni hisoblash tartibini ko‘rib chiqamiz.
5.1-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |