Statistik kuzatish uslubiyati


-rasm. Statistik kuzatishning dasturiy va tashkiliy masalalari



Download 39,66 Kb.
bet3/10
Sana08.02.2022
Hajmi39,66 Kb.
#437699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1#039;ruza matni

2-rasm. Statistik kuzatishning dasturiy va tashkiliy masalalari.

Iqtisodiy ma’lumotlarning taqqoslamaligini ta’minlash uchun milliy va xalqaro standartlarni (andozalarni) ishlab chiqish va ularga to‘la amal qilish muhim rol o‘ynaydi. Milliy standartlar mamlakat miqyosida obyektlarni tasniflash, ko‘rsatkichlarni tuzish va hisoblash, ma’lumotlarni qayd qilish jarayonida rioya qilinishi zarur bo‘lgan talablar, tartib qoidalar, kontseptsiyalar majmuasidir. Ular odatda xalqaro standartlarga asoslanadi. Xalqaro andozalar deganda o‘rganilayotgan hodisalarni tasniflashda, statistik ko‘rsatkichlarni tuzish va hisoblashda, ma’lumotlarni qayd qilish va hisobga olish jarayonida butun dunyo miqyosida yoki ma’lum mamlakatlar birlashmasi chegarasida qo‘llash uchun tavsiya etiladigan umumiy tartib qoidalar, talablar konsepsiyalar majmuasi tushuniladi. Milliy standartlarga rioya qilish majburiydir. Xalqaro andozalar esa odatda tavsiyaviy xarakterga ega, ammo ularni hisobga olinishi ustidan xalqaro tashkilotlar nazorat olib boradi.


Turmushimizda, kundalik hayotimizda u yoki bu masalani yechishni ko‘zlab qiladigan har bir xatti-harakatimizdan oldin nima uchun?, nima?, kim?,qanday qilib?, qancha? va qaerda? degan savollarga duch kelamiz va ularga javob axtaramiz. Bunday savol statistik kuzatishlarni tashkil etishda ham tug‘iladi va o‘z yechimini kutadi.
Statistik kuzatishda nima uchun? degan savolga kuzatish maqsadi va vazifalari, nima? degan savolga esa kuzatish obyekti, uning birligi va dasturi, statistik formulyarlar va ularni tuzish uchun yo‘riqnomalar javob beradi. Kim? kuzatish subyekti, qachon? deganda kuzatish vaqti, qaerda? deganda kuzatish joyi, qanday qilib? deganda kuzatish usullari va turlari, qancha? deganda kuzatish belgilarining miqdoriy ifodalanishi nazarda tutiladi. Bular statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy unsurlarini tashkil etadi.
Kuzatish maqsadi va vazifalarini to‘g‘ri belgilash tekshirishni to‘g‘ri va aniq tashkil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki maqsad va vazifalariga qarab barcha dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalar yechiladi. Maqsad va vazifalarni mujmal belgilash kuzatish jarayonida keraksiz ma’lumotlar to‘planishiga, zarurlarini esa tushib qolishiga olib keladi. Pirovard natijada ortiqcha mehnat va mablag‘lar sarflanadi.
Kuzatish obyekti - bu o‘rganilayotgan hodisalar va jarayonlar, ya’ni korxonalar va tashkilotlar, ho‘jaliklar, kishilar, oilalar, uy ho‘jaliklari, va hokazolarni ularning faoliyati jihatidan qaralgan to‘plami. Ularning muhim belgilari haqida ma’lumotlar to‘planadi va ular asosida to‘plamni ta’riflaydigan umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Kuzatish obyektining aniq miqyosini, ko‘lamini belgilayotganda vaqt, fazo, moddiy tuzilish va o‘lchov birligi jihatidan o‘lchamlarini aniqlash lozim. Bu jarayon kuzatish obyektini chegaralash deb ataladi. Buning uchun uni aniqlovchi belgilar: me’yorlar to‘plami belgilanadi.
Kuzatish obyektini chegaralash maqsadida senzlardan foydalaniladi. Senz so‘zi ikki ma’noga ega bo‘lib, birinchi holda ro‘yxatlarni anglatadi, masalan, AQShdagi agromelirativ senzlar, ikkinchi holda esa belgi me’yorni bildiradi. Kuzatish obyektini belgilashda bu tushuncha ikkinchi ma’noda qo‘llanadi.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 31.08.2003 yil Farmoniga binoan, 1 yanvar 2004 yildan boshlab kichik tadbirkorlik kategoriyasi uchun quyidagi senz belgilangan:
Mikrofirmalar – o‘rtacha yillik xodimlar soni quyidagi chegaradan oshiq bo‘lmagan yuridik shaxs:

  • ishlab chiqarish tarmoqlarida – 20 kishi;

  • xizmat sohasi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida – 10 kishi;

  • ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanishda – 5 kishi.

Kichik korxona – o‘rtacha yillik xodimlar soni mikrofirmalarga belgilangan chegaradan ortiq ammo quyidagi songacha bo‘lgan yuridik shaxs:

  • engil va oziq-ovqat, metalga ishlov berish va asbobsizlik, yog‘ochga ishlov berish, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati – 100 kishi;

  • mashinasizlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlov berish, qurilish va boshqa sanoat ishlab chiqarish sohasida – 50 kishi;

  • fan, ilm-fanga xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa xizmatlar sohasi (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab-chiqarish sohalarida – 25 kishi.

Dehqon xo‘jaligi – yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan va ega bo‘lmagan oilaviy kichik tovar xo‘jaligi bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan oila a’zolari ishtirokida muddatsiz foydalanish uchun biriktirilgan tomorqa yerda shug‘ullanadi. Fermer xo‘jaligi – yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan mustaqil ho‘jalik yurituvchi shaxs bo‘lib, fermer xo‘jaligi a’zolarining birlashgan faoliyatiga asoslanadi va tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini uzoq muddatga ijaraga berilgan yerda olib boradi.
Kuzatish obyekti bilan bir qatorda uning subyekti mavjud. Kuzatish subyekti deb o‘rganilayotgan hodisalar haqidagi ma’lumotlarni qayd qiladigan va to‘playdigan yuridik yoki jismoniy shaxslar yuritiladi. Masalan, mikroiqtisodiy statistikada kuzatish subyekti - bu har bir korxona, tashkilot, muassasa va uy xo‘jaligidir. Ular ho‘jalik yurituvchi subyekt sifatida o‘z faoliyatlariga tegishli ma’lumotlarni qayd qiladi. Makroiqtisodiy statistikada esa statistika tashkilotlari kuzatish subyektidir. Maxsus statistik tekshirish va ro‘yxatlarda ular boshlang‘ich ma’lumotlarni qayd qiladi va to‘playdi. Hisobotda esa boshlang‘ich ma’lumotlarni qayd qilish va korxona miqyosida umumlashtirib taqdim etish bilan ho‘jalik yurituvchi subyektlar shug‘ullansa, ularni qabul qilish va umumlashtirish statistika tashkilotlarining vazifasi hisoblanadi. Bu holda ho‘jalik yurituvchi subyektlar, ya’ni korxonalar, firmalar, tashkilotlar va muassasalar hisobot birliklari deb ataladi.
Kuzatish birligi deganda, kuzatilayotgan obyektning mustaqil bo‘linmas tarkibiy unsuri, birligi tushuniladi. Kuzatish jarayonida uning muhim belgilari haqida ma’lumotlar olinadi. Masalan, sanoat faoliyati tekshirilayotganda har bir korxona va firma, qishloq xo‘jaligini o‘rganilayotganda har bir shirkat xo‘jaligi, dehqon va fermer xo‘jaligi kuzatish birligi hisoblanadi.
Ayrim hodisalarni tekshirishda kuzatish birligi bilan birga hisob birligi ham belgilanadi. Masalan, chorva ro‘yxatida har bir mol turi haqida, asbob-uskunalar ro‘yxatida esa har bir mashina, stanok va boshqa asbob-uskunalar haqida batafsil ma’lumotlar to‘planadi. Bu holda ho‘jalik, korxona kuzatish birligi bo‘lsa, uning qayd qilinadigan har bir belgisi hisob birligidir.



Download 39,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish