Statistik jamlash va guruhlash


 Jadval turlari va tuzish qoidalari



Download 42,37 Kb.
bet6/7
Sana13.03.2023
Hajmi42,37 Kb.
#918757
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
statistik jadvallar mohiyati va ahamiyati 3

4.2. Jadval turlari va tuzish qoidalari. 

Iqtisodiy izlanishlarda statistik jadvallarning har xil turlari qo’llaniladi. Eganing


tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch turga bo’linadi: oddiy, gruppaviy va kombinatsion.

Oddiy jadval deb o’rganilayotgan ob’ektlar va ularning ko’rsatkichlari birma-bir ro’yhat


ko’rinishida yozilgan jadvalga aytiladi.
Jadval
statistik
ma’lumotlarni
yaqqol,
ixcham va umumlash-
tirib taqdim etish usulidir

Oddiy statistik jadvalning egasida statistik kuzatishga jalb qilingan ob’ektlarning nomlari


yoki ma’lumotlar tegishli davrlar yozilgan bo’ladi. Jadval 4.1 bunga misol bo’la oladi. Bu

jadvalda yillar berilgan ustunlar ega bo’lib, ko’rsatkichlar keltirilgan qatorlar kesimdir.

Jadvalning ega qismida o’rganilayotgan ob’ektning muhim bir belgisi bo’yicha
gruppalash amalga oshirilgan bo’lsa, bunday jadval gruppaviy jadval deyiladi (5.5 jadvalg

a
qaralsin).

Gruppaviy jadval deganda o’rganilayotgan ob’ektlarni bir belgi asosida guruhlash
natijalarini ifodalaydigan jadval nazarda tutiladi.
Ayrim paytlarda voqea va hodisalarni bir belgisi bo’yicha guruhlaganda ularni to’liq
o’rganishning iloji bo’lmaydi. Bunday paytda voqea va hodisalar ikki va undan ortiq belg
isi
asosida guruhlarga ajratilib o’rganiladi. Buning uchun, avval o’rganilayotgan hodisa to’plami bir

belgisi bo’yicha, keyin har qaysi guruh boshqa belgi bo’yicha ichik guruhchalarga ajratila


di.
Bunday guruhlash natijalari asosida kombinatsion jadvalar tuziladi. Ular oddiy jadvallarga
qaraganda voqea va hodisalarning o’zaro aloqasi va bog’lanishlarini chuqurroq va to’la
yoritishga yordam beradi.(6.7 jadvalga qaralsin)
Kombinatsion jadval – bu ega qismida ob’ektlarni ikkita va undan ortiq belgilari asosida
guruhlash natijalarini aks ettiradigan jadvaldir

Voqea va hodisalarni o’rganish jarayonida va qo’yilgan vazifalarga qarab ega va kesim


o’z o’rinlarini almashtirib turishi mumkin. Statistik jadval ixcham va ko’rimli chiqishi uchun,
uni tuzishda quyidagi qoida va tartiblarga amal qilish kerak:

1. Jadvallar hajmi katta bo’lmasligi kerak. Murakkab to’plamlarni o’rganishda jadval


hajmini kengaytirmasdan, yaxshisi ikki va undan ortiq o’zaro bog’langan jadvallar tuzish kerak.
Jadvallar aniq, tushunarli va o’qishga oson ko’rinishda tuzilishi kerak.

2. Jadvalning umumiy nomi undagi ega va kesimlar mazmunini ifodalashi lozim, uni


qisqartirib yozish mumkin emas.
3.
Jadvalda bir-biri bilan bog’liq ko’rsatkichlar birin-ketin, sodddan murakkabga o’sib
borish tartibida joylashtirilishi lozim.
4.
Jadvaldagi ma’lumotlar mazmunini anglash oson bo’lishi uchun ularni bir xil aniqlik
darajasi bilan butunlashtirib, kattaroq sonlar orqali ifodalash lozim.
5.
SHartli belgilashlarga katta e’tibor berish kerak. Zarur bo’lganda ayrim ko’rsatkichlar
yoniga yulduzcha yoki raqamlar qo’yilib, ularni qaerdan yoki qanday hisoblab olinganligi ilova
tarzida berilishi kerak.
6.
Hodisa sodir bo’lganligi to’g’risida ma’lumotlar bo’lmasa, jadvalda shu ko’rsatkich
o’rniga “ma’lumot yo’q” yoki nuqtalar (...) qo’yiladi, agarda hodisa umuman sodir bo’lma
gan
bo’lsa, tire (-
) belgisi bilan ifodalanadi. Jadvallarni tuzish texnikasi yaxshi egallansa, ularni
o’qish va tushunish ishi ancha osonlashadi.



Download 42,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish