Statistik jadvallar va grafiklar


Yunusobod tumani oziq-ovqat do’konlarida sotilgan mahsulotlar hajmi



Download 68,12 Kb.
bet3/7
Sana14.04.2023
Hajmi68,12 Kb.
#927903
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Statistik jadvallar va grafiklar

Yunusobod tumani oziq-ovqat do’konlarida sotilgan mahsulotlar hajmi

Tovarlar

N y.

N+1 y.

N+2 y.

Non va non mahsulotlari

2117.8

2118.3

2200.1

Sut va sut mahsulotlari

1821.4

1717.7

1819.2

Go’sht va tovuq

3030.3

3131.4

3141.8

Ichimliklar (alkogolsiz)

1917.6

1821.5

1800.4

Guruhiy (gruppali) jadvallar deganda jadval egasi biron-bir belgi bo’yicha guruhlarga ajratib berilgan jadvalga aytiladi.
1.2-jadvalda (guruhiy) juda qiziq ma’lumotlar keltirilgan, ya’ni Tovar oboroti va muomala harajatlarining mutlaq hajmi o’rtasida to’g’ri chiziqli bog’lanish, Tovar oborotining mutlaq hajmi va muomala harajatlarining nisbiy darajasi o’rtasida teskari bog’lanish mavjudligi aniqlangan. Bu aloqalar statistikada juft aloqalar deyiladi, ya’ni bir omilning natijasiga ta’siri o’rganiladi.
Lekin iqtisodiyotda shunday natijalar borki, ularning o’zgarishi bir paytning o’zida bir qancha omillarning o’zgarishiga bog’liq. Bu bog’lanishlarni o’rganishda, qisman bo’lsada, kombinatsion jadvallardan foydalanish mumkin.
Kombinatsion jadval deganda, bir marta guruhlangan jadval egasi yana guruhlarga, ular yana guruhcha osti guruhlariga ajratolfan, jadval kesimi ham gurhlangan ko’rinish olgan jadvallar tushuniladi.
Jadval kesimini ishlab chiqish muhim masalalardan biridir. Kesim birinchidan ega bilan uzviy bogliqlikda o’rganiladi. Jadval o’rganish ob’ekti kesim bo’lib hisoblanmaydi. Kesimni to’g’ri va aniq tanlash bilan, uning ko’rsatkichlari yordamida ajratilgan guruhlarning xarakterini va ajratib turuvchi eng muhim belgilarini ifodalash mumkin.
Mavjud informatsiya va tekshirishning vazifasi va maqsadiga bog’liq xolda kesim oddiy va murakkab kesimlarga bo’linishi mumkin.Ko’rsatkichlar birin-ketinlik bilan oddiydan murakkabga qarab joylashtirilsa, bu oddiy kesim deyiladi, agarda ular guruhlarga ba guruhchilarga ajratilsa,murakkab kesim deyiladi.Maqsad va vazifasiga muvofiq u yoki bu kesimni qo’llash mumkin.
Statistik jadvallarni tuzish va rasmiylashtirish bo’yicha quydagi qoidalarga amal qilinadi:
1. Jadval uncha kata bo’lmasligi kerak. Agar o’rganilayotgan to’plam juda murakkab bo’lsa, u holda uni bitta jadval yordamida emas, balki bir-biri bilan bog’langa bir nechta jadvalda ifodalsh zarur.
2. Jadvalning umumiy sarlavhasi unung mazmunining qisqa ifodasi bo’lishi kerak.Unda vaqt,hudud,o’lchov birligi (agar ham ko’rsatkichlar bitta o’lchov birligida o’lchansa )ko’rsatiladi.Ustun va qatorlardagi nomlar ham aniq,qisqa va tushinarli bo’lishi kerak.Jadvallarda so’z qisqartirishsiz yoziladi.Agar umumiy o’lchov birligi bo’lmasa har bir qator va ustun uchun o’zining o’lchov birligi keltiriladi.
3. Eganing qatorlari va kesimning ustunlari qo’shiladiga bo’laklari tamoyilida joylashtiriladi va oxirida jami chiqariladi.Agarda hamma bo’laklar to’g’risida ma’lumolar bo’lmasa yoki ularni hammasini ko’rsatish zaruryati bo’lmasa oldin jami berilib, undan keyin shu jumladan degan so’z yozilib eng asosiy yoki kerakli bo’laklar sanab o’tiladi.
4. Agarda jadval kata bo’lsa,qulaylik tug’dirish uchun jadvalning ustunlariga tartib nomeri beriladi,qatorlari bir, ikki va h.k A,B,V harflari bilan belgilanishi mumkin.Jadvalda o’zaro bog’liqma’lumotlar yonma-yon keltiriladi.
5. Jadvalda ko’rsatkichlar bir-birini tekshira oladigan “soddadan murakkabga” tamoyilida joylashtirilishi kerak, bu esa ularni tekshirish imkonini beradi.
6. Jadvallarni to’ldirishda quyidagi shartli belgilarni to’g’ri qo’llash lozim: agarda ma’lumotlar yo’q bo’lsa, uchta nuqta (…) qo’yiladi yoki “ma’lumot yo’q” deb yoziladi. Hisoblanishi lozim bo’lmagan katakka iks (x) qo’yiladi. Masalan, jadval qatorida aholining Yoshi guruhlari kesimida esa ajralgan oilalar soni (har ming kishiga) beriilgan. Qatorda birinchi guruh 5-7 yoshga bo’lsa, bu qatorni kesim bilan kesishdan natagida “x” qo’yiladi. O’rganilayotgan yil bo’yicha ma’lumoti bo’lmasa, uning tepasiga yulduzcha (*) qo’yib, qaysi yilga taalluqli bo’lsa, o’sha yilni ko’rsatish kerak.
7. Jadval ma’lumotlarining hammasi bir xil aniqlikda bo’lishi kerak (0.1; 0.01; 0.001 va x.k.). Foizlar berilayotganda, ayniqsa, ularni dinamikasi, quyidagi qoidaga amal qilishi kerak. Masalan, 650% emas, 6.5 marta deb yozgan ma’qul. Keyin, mutloq raqamlarni ham o’qish oson bo’lishi uchun o’lchov birliklari kattaroq yozilgani ma’qul. Masalan, qatorda so’m yozib, ustunda quyidagi raqam berilsa 8769618534. Bunday raqamlar jadvalda 10 ta bo’lsa, uni hech kim o’qimaydi. Shuning uchun, qatorda so’m emas, mlrd. so’m deb berib, ustunda esa 8.8 raqami berilsa jadval ixcham va o’qiydigan bp’ladi.
8. Agarda jadvalda hisobot ma’lumotlari bilan bir qatorda tekshiruvchining hisob-kitob usuli bilan olgan ma’lumotlari keltirilsa, bu haqida eslatma berish kerak.
9. Jadvallarda keltirilgan ma’lumotlar manbai ko’rsatilishi kerak. Agar tekshiruvchining o’zi hisoblagan bo’lsa, qaysi ma’lumotlar asosida hisoblanganligi ko’rsatiladi.
10. Jadval har tomonlama yakunlangan, ya’ni barcha guruh, guruhchalar va umumiy to’plam bo’yicha yakunlar chiqarilgan, o’rtachalar hisoblangan bo’lishi kerak.
Bu qoidalarga rioya qilib tuzilgan jadvalni tahlil qilish va uning ma’lumotlari asosida kerakli xulosalar chiqarish mumkin. Jadval ma’lumotlari tahlil qilishni umumiy jamlar yoki o’rtachalardan boshlash yaxshi, chunki oldin to’plam bo’yicha umumiy iifodani olib, keyin, uning bo’laklari, ya’ni qator va ustunlarini o’rganishga o’tiladi. Bu bilan, birinchi navbatda, jadvalning eng muhim elementlari tahlil qilinadi, keyin esa qolganlari.
Statistik ma' lumotlami shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish qulay bo'lsin, ularni o'qish va tushunish oson bo'lsin. Ulami taqdim etishning eng kamida 3 ta usuli mavjud: matnda so'z bilan bayon etish, jadval shaklida ifodalash; grafildar orqali tasvirlash. Ma'lumotlami so'z bilan matnda bayon etish ko' rinishda yaxshi yo'lga o'xshab tuyulsa ham, ammo subyektning mahoratiga, ma'lumotlami talqin qilishdagi o'ziga xoslikka bog'liq. Bundan tashqari, bu holda ularni har taraflama tushunish, bog'lanishlarini payqash birmuncha og'irlashadi.

Download 68,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish