Statistik jadvallar va grafiklar
Reja:
I.Kirish.
II.Asosiy qism:
Statistik jadvallarning mohiyati va ahamiyati.
Statistik jadvallarning turlari.
Grafiklar baqida tushuncha, statistikada ularning roli va ahamiyati.
Gratlklarning turlari va asosiy elementlari.
III.Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
Siz statistikani o’rganishni boshlamasdan oldin ham jadval so’zini eshitgansiz, ya’ni ko’paytirish jadvali (xalq ichida karra jadval deyiladi), logarifmik jadval, tasodifiy sonlar jadvali va x.k. Jadvallarni statistikani televizorlari desak xato bo’lmasa kerak, chunki har qanday statistic tekshirishning eng asosiy natijalari statistika jadvallari orqali ifodalanadi.
Statistika jadvallari tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ularni birinchi bo’lib buyuk rus olimi N.K.Kirilov o’zining iqtisodiy-statistik tadqiqoti “Butun Rossiya davlatini gullash darajasi:” (1727 y.) asarida qo’llagan. Ayrim manbalarda statistic jadvallarni yaratuvchisi deb Anxsersen (Daniya) hisoblanadi. Lekin uning asari 1747 yilda chop etilgan. Shunday qilib statistic jadvallar XVIII asrda paydo bo’lgan.
Statistik jadval deb o’rganilayotgan hodisa va voqealar to’g’risidagi ma’lumotlarni tartibli, ko’rgazmali ifodalashga aytiladi.
Tashqi ko’rinishidan statistic jadval gorizontal va vertical chiziqlarning kesishmasidan iborat bo’lgan tuzilmada ifodalanadi. Gorizontal chiziqlar qatorlar, vertical – ustunlar deyiladi.
Tuzilgan, lekin raqamlar bilan to’ldirilmagan jadvalni, statistic jadvalni maketi deyiladi.(1.1 – rasm)
Yunusobod tumani oziq-ovqat do’konlarida sotilgan mahsulotlar hajmi
Tovarlar
|
N y.
|
N+1 y.
|
N+2 y.
|
Non va non mahsulotlari
|
2117.8
|
2118.3
|
2200.1
|
Sut va sut mahsulotlari
|
1821.4
|
1717.7
|
1819.2
|
Go’sht va tovuq
|
3030.3
|
3131.4
|
3141.8
|
Ichimliklar (alkogolsiz)
|
1917.6
|
1821.5
|
1800.4
|
1.1 - rasm
Statistic jadvallar o’z egasi va kesimiga ega bo’lishadi. Jadvalda gap nima ustida borayotgan bo’lsa, o’sha hodisa jadvalning egasi deyiladi. Egani tavsiflovchi ko’rsatkichlar esa jadvalning kesimi deyiladi. Odatda ega jadvlaning chap tomonida, ya’ni yotiq qatorlarda, kesim esa jadvalning o’ng tomonida, ya’ni ustunlarda joylshtiriladi. Tekshirish maqsadi va mavjud ma’lumotlarning xarakteriga qarab buning teskarisi ham bo’lishi mumkin, ya’ni ega o’ng tomonda, kesim esa chap tomonda joylashtiriladi.
Har qanday tuzilgan va to’ldirilgan jadval umumiy nomga ega bo’lishi kerak. Jadvalning umumiy nomi uni ustida keltirilib, uning mazmunini o’zida ifoda etishi kerak. Jadvaldagi qatorlar va ustunlar ham nomlanadi va iloji boricha nomerlanadi.
Statistic jadvallar, ega xarakteriga qarab: oddiy; guruxiy (gruppali); kombinatsion jadvallarga; kesim xarakteriga qarab: kesimi oddiy ishlab chiqilgan; kesim kombinatsiya ishlab chiqilgan; guruhlash maqsadi bo’yicha; informatsiya tavsifli; analitik; tipologik; maxsus tayinlangan (balans, matritsa va h.k.) jadvallarga bo’linadi. (1.2 – rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |