Korrelatsion guruhlashtirish – bajaradigan vazifalariga ko‘ra analitik guruhlashtirishga yaqin turadigan guruhlashtirishdir. Korrelatsion guruhlashtirishda o‘rganilayotgan hodisalar va protsesslar o‘rtasidagi tobelik nisbattan to‘g‘ri o‘lchanishi mumkin.
Ijtimoiy-huquqiy, kriminologik jihatlarni analiz qilganda yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha guruhlashtirish turlari ishlatiladi.
Masalan: sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi va og‘irligini aniqlash uchun — tipologik guruhlashtirish; turli huquqni muhofaza qiluvchi organlar (Ichki ishlar, prokuratura, Soliq qo‘mitasi, bojxona xizmati, milliy xavfsizlik xizmati)ning jinoyatchilikka qarshi kurashish natijasini — variatsion guruhlashtirishda; tuman, shahar, davlatda jinoyatchilikning o‘sishi va pasayishi sharoitini o‘rganishda — analitik guruhlashtirish yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |