Statistik fizika nazariy fizikaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, juda ko’plab zarralardan tashkil topgan fizik tizimlar (makrotizimlar) xususiyatlarini o’rganish bilan shug’ullanadi


Chiziqli qonunlar. Onzagerning o‘zarolik munosabati. Chiziqli qaytmas jarayonlar



Download 2,33 Mb.
bet50/60
Sana21.06.2022
Hajmi2,33 Mb.
#689337
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   60
Bog'liq
termo2

71.Chiziqli qonunlar. Onzagerning o‘zarolik munosabati. Chiziqli qaytmas jarayonlar
Sistemaning muvozanat holatidan kichik chetlanishlarida u yoki bu qaytmas jarayonlarda «sabab» va «natija» orasida chiziqli bog'lanishlar yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, nomuvo­zanat termodinamikada oqim («natija») berilgan maydon xusu-siyatini xarakterlovchi gradient («sabab») tufayli yuzaga keladi. Masalan, issiqlik oqimi temperatura gradienti tufayli yuzaga keladi (Fure qonuni):

bu yerda - issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti. Aralashma komponenti oqimining konsentratsiya gradientiga proporsionallik to'g'risidagi diffuziya qonuni (Fik qonuni):

bo'lib, diffuziya koeffitsiyenti deyiladi. Elektr zaryadlar jimining maydon potensiali gradientiga proporsionalligi to'g'risida qonun (Om qonuni):

bo'lib, elektr o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti deyiladi va h.k. Boshqa bir qator qaytmas jarayonlarni xarakterlovchi jonuniyatlarni ko'rsatish mumkin.
Ba'zi hollarda «sabab» va «natija» o'rinlarini almashtirish mumkin. Masalan, adiabatik yopiq sistemalarda qaytmas jarayon o'tayotgan bo'lsa, u holda sistema entropiyasi o'sadi. Qaytmas jarayonlar va entropiya o'sishi o'zaro bog'langan hodisalar bo'lgani uchun, bu yerda sistema entropiyasining o'sishi («sabab») tufayli qaytmas jarayon o'tadi.
Agarda bir vaqtning o'zida bir nechta qaytmas jarayonlar birga o'tsa, u holda yangi hodisa yuzaga keladi. Masalan, issiqlik o'tkazuvchanlik va elektr o'tkazuvchanlik jarayonlarini qo'shi-lishidan termoelektrik hodisa yuzaga keladi:

diffuziya va issiqlik o'tkazuvchanlik jarayonlarining qo'shilishidan termodiffuziya hodisasi yuzaga keladi:
va h.k.
Chiziqli nomuvozanat jarayonlar termodinamik nazariyasini boshlanishi L. Onzager (1931- yil) ishlari bilan bog'langan. Onzager o'z ishlarida chiziqli nomuvozanat jarayonlar fenomenologik termodinamikasini ta'riflaydi va kinetik koeffitsiyentlar orasidagi munosabatni oladi.
Muvozanat holatda termodinamik kuchlar Xi, oqimlar Ii va entropiyani yuzaga kelish tezligi nolga teng bo'ladi. Shuning uchun muvozanat holatdan kichik chetlanishlarda oqimlar va kuchlar orasida chiziqli bog'lanish mavjud bo'ladi (chiziqli qonuniyat):
(8.10)
Bu chiziqli qonuniyatda Lik koeffitsiyentlar fenomenologik kinetik koeffitsiyentlar deb yuritiladi. Diagonal koeffitsiyentlar Lii «to'g'ri», nodiagonal koeffitsiyentlar «ayqash» yoki «qo'shma» hodisalarning uzluksiz bog'lanishini aniqlaydi. Kinetik koeffitsiyentlar Lii Furye qonunida Lii = L = , Fik qonunida
Lii = L =D, Om qonunida Lii = L = va h.k. ga teng bo’ladi. Kinetik koeffitsiyentlar termodiffuziya hodisasida esa L11 =D va L12 = ga teng bo'ladi, chunki termodiffuziya hodisasida oqim
I1 = L11 gradC, I2 = L12 gradT
ko'rinishda bo'ladi.
Chiziqli qonun (8.10) da katta sondagi fenomenologik parametrlar Lii ga kiradi. Ammo, vaqt va fazoviy simmetriya hisobga olinsa, bu kinetik koeffitsiyentlarning o'zaro bog'lanmaganlarining sonini kamaytirish mumkin bo'ladi.
1931- yilda Onzager shu narsani ko'rsatdiki, oqim Ii va kuch Xi larni mos ravishda tanlashda kinetik koeffitsiyentlar matritsasi simmetrik bo'ladi:
Lik = Lki, (i, k=1,2,…,n) (8.11)
Bu hol Onzagerning o'zarolik munosabati deb yuritiladi. Onzagerning o'zarolik munosabati turli xil jarayonlarning o'zaro ta'siri qandaydir simmetriyaga ega bo'lishini bildiradi (masalan, temperatura gradienti konsentratsiya gradientini yuzaga keltiradi va h.k.).
Ma'lumki, bir vaqtning o'zida magnit induksiya yo'nalishini o'zgartirish shartidagina vaqt ishorasi (vaqt inversiyasi) o'zgarganda magnit maydonda zaryadning harakat tenglamasi o'zgarmaydi. Shunga asosan, magnit maydondagi sistema uchun Lik va Lki kattaliklar uchun (8.11) tenglik o'rinli bo'lishidan maydon induksiya yo'nalishini teskari yo'nalishda olish kerak:
Lik(B) = Lki(-B) (8.12)
Qaytmas jarayonlar termodinamikasining chiziqli qonunlariga asoslanib, to'g'ridan-to'g'ri kinetik koeffitsiyentlarining qator xususiyatlarini aniqlash mumkin bo'ladi. Haqiqatan ham, shunday jarayonlar uchun umumiy formula (8.9) ga ko'ra entropiyani hosil qilish, termodinamik kuchlar bo'yicha kvadratik (chiziqli fizik qonuniyatlar uchun umumiy qoida) ko'rinish qabul qiladi:
(8.13)
> 0 bo'lishi uchun kinetik koeffitsiyentlarga ham qandaydir chegaralangan
(Lik > 0) bo'lishi kerakligi sharti qo'yiladi.

Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish