1 .Qattiq jismning ilgarilanma harakati – bu shunday harakatki qattiq jismda olingan ixtiyoriy to’g’ri chiziq, harakat davomida o’z-o’ziga parallelligicha qoladi.(14-shakl) Ilgarilama harakandagi jism nuqtasi to`q`richiziqli harakatdan iborat bo1ladi, lekin Umuman olganda ilgarilama harakatdagi jism nuqtasining troektoriyasi egri chiziqdan iborat.
2.Qattiq jismning ilgarilanma harakati haqidagi teorema. – Qattiq jismning ilgarilanma harakatida uning barcha nuqtalari bir xil traektoriya chizadi va ixtiyoriy vaqtdagi tezlik va tezlanishlari o’zaro teng bo’ladi.
I kkita A va B nuqtalarni radius vektorlarini o’tkazamiz, hamda bu nuqtalarni rBA-radius vektor bilan tutashtiramiz.
Ixtiyoriy vaqt davomida vektor tenglik bajariladi.
I xtiyoriy vaqt uchun ham rBA vektorning qiymati va yo’nalishi doimo o’zgarmasdan qoladi,( ilgarilanma harakatning qoidasiga asosan) nuqtalar orasidagi masofa ham o’zgarmaydi (rBA = const),bundan:
(3.29)
Sunday qilib, qattiq jismning ilgarilanma harakati, qattiq jismda yotuvchi ixtiyoriy bir nuqtaning harakati orqali aniqlanadi. Bu nuqtaning hamma harakat parametrlari (traektoriyasi, tezlik va tezlanishlari) nuqta kinematikasining tenglama va munosabatlari orqali yoziladi.
( 3.29) tenglamadan vaqt buyicha olingan birinchi tartibli hosila quyidagi munosabatni ifodalaydi
(3.30)
B undan kurinadiki ixtiyoriy vaqt uchun A nuqtaning tezlik vektori B nuqtaning tezlik vektoriga geometrik (vektor) teng buladi, ya’ni
(3.31)
(3.30) va (3.31) ni yana bir marta diffirensiyallab quyidagi munosabatni olamiz
(3.32)
B u munosabat ixtiyoriy vaqt uchun A nuqtaning tezlanish vektori B nuqtaning tezlanish vektoriga geometrik (vektor) teng ekanligini ko`rsatadi, ya’ni
(3.33)
3.Qattiq jismning aylanma harakati – bunda jismning barcha nuqtalari aylanish o’qi deb ataluvchi o’qqa nisbatan perpendikulyar tekislikda harakatlanadi va shu o’qda yotuvchi aylanalar chizadi
A ylanma harakatni berilishi – harakat aylanish o’qi orqali o’tuvchi qo’zg’almas tekislik bilan jism mahkam bog’langan Q tekisliklar orasidagi ikki yoqli burchak (aylanish burchagi) ning o’zgarish qonuni orqali beriladi, ya’ni (3.34) munosabatga qattiq jismning qo’zg’almas o’q atrofidagi aylanma harakat tenglamasi yoki aylanish qonuni deyiladi.(15-shakl)
Burchak tezlik – aylanish burchagining qanchalik tez o’zgarishini harakterlovchi kattalik.
- D t vaqt oralig’dagi o’rtacha burchak tezlik deb limitga o’tsak.
D t ® 0 deb limitga o`tsak yoki (8)
bo`ladi. Bu ifoda t vaqt oralig’idagi haqiqiy burchak tezlik deyiladi. Burchak tezlik aylanish tomoniga yo’nalgan va yoy strelka bilan ifodalangan bo`ladi.
Agarda dφ/dt > 0 bo’lsa, u holda aylanish aylanish burchagini oshishini ko’rsatadi.
Agarda dφ/dt < 0 bo’lsa, u holda aylanish aylanish burchagini kamayishini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |