Statik biokimyо


JISMONIY YUKLAMA BAJARGANDA ORGANIZMDA YUZ BERADIGAN



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/176
Sana24.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#407609
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   176
Bog'liq
umimiy va sport biokimyosidan laboratoriya mashgulotlari

 

JISMONIY YUKLAMA BAJARGANDA ORGANIZMDA YUZ BERADIGAN 

BIOKIMYOVIY O’ZGARISHLAR 

 

 

Nazariy tushuncha: 

Har  qanday  muskul  faoliyati,  jumladan  sport  mashqlari  bilan  bog’liq  jismoniy  yuklama 

muskullarda  ATF  sarfining  keskin  oshishiga  olib  keladi  va  organizmning  kislorodga  bo’lgan 

talabi  sezilarli  darajada  ortadi.  Kislorodga  bo’lgan  talabning  ortishi  ATF  resintezini 

ta‘minlaydigan oksidlanish jarayonlarining jadalligi bilan izohlanadi. 

Resintezning  birmuncha  tezroq  o’tadigan  yo’li  sifatida  ATF  va  kreatinfosfat  o’rtasidagi 

qayta fosforlanish reaktsiyasini ko’rsatish mumkin. Biroq muskullarda kreatinfosfatning miqdori 

kamligi  tufayli  bu  yo’l  samarali  hisoblanmaydi.  Agar  ATF  resintezi  uchun  faqat  kreatinfosfat 

qatnashganda, uning muskullardagi mavjud miqdori atigi 2-3 sekund davom etadigan maksimal 

quvvatli ishgagina yetar edi, xolos. 

ATF resintezinng birmuncha samarali yo’llaridan biri bu – nafas zanjiridagi oksidlanishli 

fosforlanishdir,  ya‘ni  turli  substratlarning  aerob  oksidlanishi  orqali  ATF  to’planishidan  iborat. 

Biroq bu jarayon normal kechishi uchun organizmning kislorodga bo’lgan talabi yetarli darajada 

qondirib turilishi kerak. 

Bir  qator  jismoniy  yuklamalar  bajarishda  organizmda  kislorodga  bo’lgan  qarzdorlik 

yetarlicha qondirilmay qoladi. Masalan, 100 metr masofaga yugurishda kislorodga bo’lgan talab 

7  l  bo’lib,  amalda  0,5  l  kislorod  qabul  qilinadi.  400  metr  masofaga  yugurishda  esa  kislorodga 

bo’lgan  talab  11-13  l  bo’lgani  holda,  amalda  3  l  kislorod  qabul  qilinadi.  Shuningdek  10  000 

metrga  yugurishda  yuqoridagi  nisbat  mos  ravishda  quyidagi  ko’rinishda  bo’ladi,  ya‘ni  150  va 

125 litr. 

Anaerob sharoitda dastlab muskul glikogenidan foydalaniladi, bu jarayon  AMF ta‘sirida 

va  Ca


2+

  ionlari  ishtirokida  faollashadi.  Adrenalin  va  atsetilxolin  muskullardagi  fosforilaza 

fermentini  faollashtiradi  va  bu  ferment  glikoliz  jarayonining  boshlang’ich  bosqichini 

tezlashtiradi. 

Uzoq vaqt mashq bajarishda muskullardagi glikogen yetarli bo’lmasligi mumkin, bunday 

holatda  asosan  jigar  glikogenidan  foydalaniladi.  Buning  uchun  jigar  glikogeni  glyukozagacha 

parchalanishi  va  qon  orqali  ishlab  turgan  muskullarga  yetkazib  berilishi  kerak.  Bu  jarayonni 

adrenalin va glyukagon gormonlari rag’batlantirib turadi. 

Organizmdagi  uglevod  zahiralari  to’laligicha  parchalanmasligi  tufayli  muskullar 

energiyani yog’larning oraliq mahsulotlari bo’lgan yog’ kislotalari va keton tanachalaridan olishi 

mumkin.  Qonda  glyukoza,  sut  kislotalari  miqdori  kamayishi  bilan  yog’larning  parchalanishi 

tezlashadi. 

Jigardagi  yog’larning  oksidlanishi  natijasida  qonga  keton  tanachalarining  ajralishi 

tezlashadi.  Muskullar  esa  qondagi  keton  tanachalarini  va  erkin  yog’  kislotalarini  oksidlab, 

ulardan foydalanadi. 

Yog’larning  parchalanishi,  ya‘ni  lipoliz  jarayonini  adrenalin  hamda  gipofiz  gormoni 

hisoblangan samototropinlar faollashtiradi. 

Muskullar uzoq muddatli ish bajarishi natijasida yog’lar energiya almashinuvida ishtirok 

eta  boshlaydi,  shuningdek  glyukoneogenez  (uglevod  bo’lmagan  manbalardan  uglevodlarning 

hosil  bo’lishi)  jarayoni  ham  boshlanadi.  Glyukoneogenez  jarayonini  buyrak  usti  bezidan 

ajraladigan  kortizol  gormoni  stimullab  turadi.  Glyukoneogenezning  asosiy  substrati  bo’lib 

aminokislotalar,  di-  va  oligosaxaridlar  hamda  yog’  kislotalari  xizmat  qiladi.  Bu  jarayon  asosan 

jigarda boradi. 


Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish