Statik biokimyо


-tajriba. Muskul to‘qimalarining sifat analizi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/176
Sana24.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#407609
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   176
Bog'liq
umimiy va sport biokimyosidan laboratoriya mashgulotlari

54-tajriba. Muskul to‘qimalarining sifat analizi.

 

 

Muskul  o‘zida  72-80  %  suv  va  20-28%  quruq  moddalarni  saqlaydi.  Shulardan  asosiy 

tarkibiy  qismni  oqsillar  tashkil  etib,  ularning  miqdori  muskul  massasida  16,5-21%  ni  tashkil 

etadi.  Muskul  to‘qimasi  tarkibida  quyidagi  oqsillar  mavjud:  a)  stukturali  oqsillar  (qisqaruvchi 

oqsil  fibrilin  va  muskul  stromasi  oqsili  miostromin),  b)  sarkoplazma  oqsillari,  ular  o‘zida 

muskullardagi moddalar almashinuvi reaksiyalarini katalizlovchi turli-xil fermentlarni saqlaydi. 

 

Strukturali  oqsillarga  tegishli  bo‘lgan  miozin  –  muskul  fibrilining  qisqaruvchi  oqsili 



bo‘lib,  ATF  ning  ADF  va  noorganik  fosfatga  parchalanish  reaksiyasini  katalizlovchi 

adenozintrifofataza  xususiyatli  fermentlarga  ega  bo‘ladi.  Yana  bir  boshqa  strukturali  oqsil  – 

aktin  va  miostromin  muskul  stromasi  va  sarkolemmaning  (muskul  tolasining  tashqi  qavati) 

asosini  tashkil  qiladi.  Bundan  tashqari  aktin,  miozin  bilan  birgalikda  ATF  ning  parchalanishi 

ta'siri ostida qisqaradigan qisqaruvchi kompleks – aktomiozinni hosil qiladi. 

 

Muskul  oqsillari  orasida  birinchi  o‘rinni  qon  gemoglabini  strukturasiga  yaqin  bo‘lgan 



xromoproteid – mioglabin egallaydi. Bu oqsil gemoglabinga nisbatan o‘ziga O

2

 ni ko‘p marotaba 



faolroq  biriktiradi.  Qonning  to‘yingan  kislorod  tashishida  u,  muskullar  uchun  zahira 

rezervuaridek  xizmat  qiladi.  Muskul  oqsillari  cho‘kkandan  keyin  eritma  tarkibida  qoladigan 

oqsilmas  tabiatli  moddalar,  ekstraktiv  moddalar  nomi  bilan  yuritiladi.  Ularga  azot  saqlovchi 

energiyaga  boy  modda:  ATF  (muskul  qisqarishida  asosiy  energiya  manbai)  va  kreatinfosfat 

(ATF resintezi uchun sarflanadigan makroergik fosforil guruhining asosiy zahirasi), shuningdek, 

kreatin  (kreatin  fosfat  sintezida  ishtirok  etuvchi),  uning  angidridi  –  kreatinin,  dipeptidlar 

karnozin va anserin (ATF resintezining glikolitik va nafas jarayonlarini boshqaruvchi), tripeptid 

glyutation  (oksidlanish  jarayonida  ishtirok  etadi),  kodegidrogenazalar  (NAD  va  NADF),  erkin 

aminokislotalar va bir qator boshqa moddalar kiradi. 

Azotsiz  ekstraktiv  moddalarga  birinchi  navbatda  glikogen  kirib,  u  muskullarda  (0,3  dan 

1%  gacha  miqdorda)  uglevod  zahirasi  hisoblanadi.  Muskul  ekstraktidan  glikogenni  spirt 

yordamida oson cho‘ktirib, toza holda ajratib olish mumkin. 

Qolgan  azotsiz  ekstraktiv  moddalarning  miqdori  muskul  massasining  0,5  dan  1,1  % 

gacha tashkil etadi. Bular glyukoza, geksofosfor efirlari, pirouzum va sut kislotasi va boshqalar; 

shuningdek  ularga  xolesterin  va  fosfolipidlar  ham  kirib,  suvda  erimaydi  biroq  ularni  yog‘li 

erituvchilar  (etil  va  metil  spirti  aralashmasi  yoki  boshqalar)  yordamida  maydalangan  (ezilgan) 

muskuldan ajratish mumkin. 



Bundan  tashqari  muskullar  nisbatan  katta  miqdorda  mineral  ionlarga  ham  egadir. 

Shulardan eng ko‘p miqdorda K

va RO


- - -


 

uchrasa, Na

, Mg


++ 

, Ca


++ 

, Cl 


– 

bir oz kamroq, Fe

+++ 

va SO


- -


 esa ozroq uchraydi. 

Bu  barcha  moddalarni  spetsifik  sifat  va  miqdor  aniqlash  reaksiyalari  yordamida 

muskullardan ajratib olib, o‘rganish mumkin. 

Moddalar  tarkibini  o‘rganish  jarayonida  oson  parchalanadi,  shu  bois  fermentlar  ta'sirini 

zudlik bilan to‘xtatish uchun muskul to‘qimasini suyuq kislorodda (yoki azotda) fiksirlash zarur.  

Muskul plazmasi oqsillari (miogen, mioalbumin va boshqalar) albuminlar guruhiga kirib, 

suvda eriydi. Muskulning  strukturali oqsillari (miozin, aktin, globulin va boshqalar) globulinlar 

guruhiga  kiradi.  Ular  suvda  erimaydi.  Ularni  muskullardan  faqat  tuzli  eritmalarning  katta  ion 

kuchlari bilan ajratib olish mumkin. 


Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish