Eslatma: talabalar jadvallarda keltirilgan variant nomeri bo‘yicha o‘z variantlarini tanlab oladilar va nazariy savollar nomerlari bo‘yicha savollarga javob tayyorlaydilar. TOPSHIRIQ VARIANTLARI 2.2 - 2.3 - jadvaldan olinadi
I. Amaliy topshiriqni bajaring. Infokommunikatsiya elektr ta’minoti tizimlarini hisoblash va loyihalash tamoyillari 2.1 Hisob-kitob ishlarini bajarishga qo‘yiladigan talab va tavsiyalar. Hisoblash-kitob ishlarini bajarish uchun nazariy materialni ma’ruza matnlari va tavsiya etilgan adabiyotlarga muvofiq o‘rganish lozim. Hisoblashda ushbu qo‘llanmada keltirilgan ma’lumotlardan foydalaning. Agar mavjud ma’lumotlar yetarli bo‘lmasa, elektr ta’minoti va elektr ta’minoti tizimlarini jihozlash bo‘yicha internetda chop yetilgan ma’lumotnomalar, qo‘llanmalar, adabiyotlar yoki onlayn kalkulyatorlardan foydalanish kerak.
2.1.1 Ishning mazmuni. Hisoblash ishlari (kompleks topshiriq, kurs ishi va loyihasi, amaliy hisob-kitob) quyidagi ish hajmini nazarda tutadi.
O‘zaruvchan tokning uzluksiz elektr ta’minoti tizimini hisoblash. Amalga oshirilgan hisob-kitoblarga asoslanib uzluksiz o‘zgaruvchan tok elektr ta’minotini tizimini tanlash amalga oshiriladi.
O‘zgarmas tokning uzluksiz elektr ta’minoti tizimini hisoblash. Amalga oshirilgan hisob-kitoblarga asoslanib akkumulator batareyalarini va to‘g‘rilagich qurilmasini tanlash amalga oshiriladi.
Korxona tomonidan iste’mol qilinadigan umumiy quvvatni hisoblash.
Quvvat koeffitsienti korrektorini tanlash.
Himoyalovchi yerga ulash qurilmasini hisoblash. .
Himoya avtomatini tanlash.
1 - 6 gacha bo‘lgan bandlarni bajarish natijalari bo‘yicha tanlangan uskunalarni ko‘rsatltgan holda infokommunikatsiya elektr ta’minoti tizimining funksional sxemasini tuzish.
Nazorat hisoblash ishlarini, talabalarning mustaqil ishlari uchun hisob-kitoblarni, amaliy mashg‘ulotlarda hisob-kitoblarni bajarishda sillabusda keltirilgan amaliy mashg‘ulotlarni umumlashtirib bajarish bilan cheklanish mumkin.
Hisoblash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar (variantlar) 2.1.4-banddan tanlanadi. Amaliy ishning natijasi elektr ta’minoti tizimining funksional sxemasi va tanlangan qurilmalar hisoblanadi.
2.1.2. Amaliy ishning xajmi va amalga oshirish grafigi. Hisoblash ishlari 2 ta modul uchun mo‘ljallangan. Ish jadvali xar haftada bir marta o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar jadvali bilan chambarchas bog‘liq. Hisoblash ishlari har bir modul bo‘yicha 5 ta amaliy mashg‘ulotga mo‘ljallangan.
Ikkinchi modulda 1-3 gacha bo‘lgan bandlari bajariladi. To‘g‘ri bajarilgan amaliy ish (talabaning o‘ziga berilgan variantining hisobi, hisob-kitoblarni to‘g‘ri bajarilish, tushuntirish yozuvlari mavjud bo‘lsa) himoyasiz qabul qilinib kredit belgilanadi va uchinchi modulga ruxsat beriladi.
Uchinchi modulda 4 dan 7 gacha bo‘lgan bandlar bajariladi. Amaliy ish uchun ikkinchi modulda qo‘yilgan talablar ketma-ketligi asosida uchinchi moduldagi amaliy ish tekshiriladi va himoyaga ruxsat beriladi. Butun ishni himoya qilish natijalari asosida kredit belgilanadi.
Amaliy ishni bajarishning taxminiy jadvali 2.1-jadvalda ko‘rsatilgan.
2.1-jadval
Hisob-kitob ishlarini bajarish jadvali.
Topshiriqni taqdim qilish. Infokommunikatsiya elektr ta’minoti tizimi
Amaliy ish mohiyatini tushunib yetish
2
O‘zaruvchan tokning ( ) uzluksiz elektr ta’minoti tizimi
Dastlabki ma’lumotlar tanlanadi va o‘zgaruvchan uzluksiz elektr ta’minoti tizimi hisoblanadi (2.1.1 ning 1-2 bandlari).
3
O‘zgarmas tokning ( ) uzluksiz elektr ta’minoti
2.1.1 ning 1-2 bandlaridagi hisob-kitoblarda xatolar bartaraf yetiladi.
4
O‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklarining elektr energiyasi iste’molchilarining parametrlari.
Infokommunikatsiya korxonasining umumiy iste’mol quvvati hisoblab chiqiladi. 2.1.1 bo‘limning 1-, 2- va 3- bandlarining hisob-kitoblaridagi xatolar bartaraf etiladi
5
Baholash darsi.
Hisob-kitoblaridagi xatolar bartaraf etiladi. Keyingi modulga ruxsat beriladi
3-modul
1
Reaktiv quvvatni kamaytirish qurilmalari.
Quvvat koeffitsienti korrektori tanlanadi. 2.1.1 ning 4- bandi
2
Ishchi va xodimlarni elektr tokidan himoya qilish qurilmalari.
2.1.1 ning 4- bandidagi xatolar bartaraf etiladi, Himoyalovchi yerga ulash qurilmasi hisoblanadi
3
Elektr energiyasini hisobga olish va tarqatish qurilmalari.
Elektr ta’minoti tizimlarining ishlash xususiyatlari. Ekspluatatsiya qilish.
Tekshirish uchun taqdim yetish.
5
Baholash darsi.
Amaliy ish himoya qilinadi.
2.1.3 Amaliy ishni rasmiylashtirish.
Amaliy ish bo‘yicha texnik talablar: matn Microsoft Office Word dasturida, Times New Roman, 14 shriftda, 1 intervalda bo‘lishi, sahifaning chap 3 sm, yuqori va quyi 2 sm, va o‘ng tomon 1,5 santimetrdan iborat joy qoldirilishi shart.
Amaliy ishga materiallarni joylashtirish quyidagicha:
– sarlavha sahifasi (titul varog‘i);
– mundareja;
– hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlar;
– asosiy qism;
– tizimning funksional sxemasi;
– adabiyotlar ro‘yxati.