Yoriq izlovchi asboblar (techeiskateli) vositasida 0,4 at. bosim ostida 2 sm gacha bo'lgan aniqlikda 0,1 mm gacha bo'lgan yoriqlarni aniqlash mumkin. Juda muhim konstruksiyalarni tekshirishda havoning o'rniga oson sizadigan kimyoviy moddalardan (havo-ammiyak aralashmasi va boshqalar) foydalaniladi.
Yoriqlarning mavjudligini vakuum hosil qilish yo'li bilan ham aniqlasa bo'ladi (7-rasm). Tekshirilayotgan konstruksiya (3) sovunli suv bilan ho'llanadi va unga qopqog'i (5) shaffof bo'lgan tubi yo'q quti (4) qoplanadi. Rezina zichlagichlar 1 qutiga havo kirmasligini ta'minlaydi. Quti vakuum — nasos (6) ga ulanadi. Sovun pufakchalari 2 ning paydo bo'lishi konstruksiyada yoriqlar borligidan darak beradi.
Yemirmaydigan mexanik sinov usullariga o'z joyida qisman o'yish (местное разрушение) usuli, plastik deformatsiya usuli va elastik sapchish (упругий отскок) usullari kiradi. O'z joyida qisman o'yish usuli garchi yemirmaydigan
usullar sirasiga kiritilsada, konstruksiyaning yuk ko'tarish qobiliyatiga ma'lum darajada salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Konstruksiya materialining mustahkamligi haqidagi to'liq ma'lumot mazkur konstruksiyadan ajratib olingan namunani laboratoriya sharoitida sinash orqali olish mumkin. Metall konstruksiyalarda namunalar qizdirish yo'li bilan kesib olinadi. O'yilgan joylar tezda qoplama listlar bilan yamaladi.
Namunalarni temirbeton konstruksiyalardan olishda olmos tishlar va sintetik disklardan foydalaniladi. Namunalarni siqishga sinashda kubiklarning o'lchamlari 70,7 mm dan, to'sinchalarni egilishga sinashda uning kesimi 100 x 100 mm, uzunligi 400 mm dan kam bo'lmasligi kerak.
Plastik deformatsiya usuli konstruksiyaga yig'iq kuch ta'sir etganda shu joyning o'zida paydo bo'ladigan qoldiq deformatsiyaga asoslanadi. Ushbu usul qattiq jismni (indentor) element sirtiga statik yoki dinamik ravishda botirganda sirtda qoladigan izning o'lchamlariga hamda konstruksiya materialining mustahkamligiga asoslanadi.
8-rasm. Qattiqlikni 9-rasm. K.P. Kashkarov bolgasining Brinel bo`yicha aniqlash. sxemasi.
Bu usulning afzalligi uning texnologik soddaligida, kamchiligi esa materialning mustahkamligiga uning sirtidagi qatlamlarning holatiga qarab baho berishdadir.
Brinel bo'yicha qattiqlik HB ni aniqlash uchun po'lat sharcha 1 ni sinalayotgan metallning sirtiga botiriladi (8-rasm). HB quyidagi formuladan aniqlanadi:
HB = 2P. [πD(D-√D
2 - d
2) ]
bu yerda: P — sharchaga qo'yilgan yuk, H;
D — sharcha diametri, mm ;
d — sharcha izining diametri, mm.
Qattiqlik orqali uglerodli po'latning muvaqqat qarshiligi aniqlanadi.
ств=0,35НВ МРа.
Betonning mustahkamligini aniqlashda keng tarqalgan usullardan biri K.P. Kashkarovning diametri 10 yoki 12 mm, uzunligi 100-150 mm bo'lib, muvaqqat qarshiligi 420-460 MPa bo'lgan BCt
3 sp
2 markali po'latdan ishlangan.
Betonning yoshi 28 sutka, namligi 2-6% bo'lsa, uning bolg'asini qo'llash usulidir. Ushbu bolg'aning tuzilishi 9-rasm, a da berilgan. Bolg'a kallagi (1) ning ichida ichi bo'sh stakan (3) va prujina (7) joylashgan.
Katta massali konstruksiyalarda istalgan o’lchamdagi namunalarni o'yib olsa bo'laveradi. biroq kichikroq konstruksiyalarda bu ancha mushkul ish. Bunday hollarda namunalarning o'lchamlarini masshtab bo'yicha kichraytirib olishga to'g'ri keladi. Konstruksiya tanasidan namuna o'yib
olingach, o'yilgan bo'shliq tezda beton bilan to'ldirilib qo'yilishi shart. Bunda betonga ishlatiladigan sement o'tirishmaydigan (безусадочный) bo'lishi lozim. O'yib olingan namunalarni, vaqt o'tkazmay, tezda sinagan ma'qul. Aks holda namunalarni konservatsiya qilishga to'g'ri keladi.
Bolg'aning sopi (2)
dan ushlab, beton sirti (6) ga tik ravishda zarb beriladi. Bunda beton sirtida hosil bo'lgan chuqurchaning diametri d
b po'lat sharcha 5 diametrining 0,3-0,7
qismini tashkil etib, chuqurcha eng katta diametri de 2,5 mm dan, chuqurchalar orasidagi masofa esa 30 mm dan kam bo'lmasligi kerak. Konstruksiyaning har bir uchastkasida taxminan 5 ta sinov o'tkaziladi.