Xalqaro elektrotexnik komissiya (IEC) -standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlar orasida birinchilar qatorida tashkil etilgan.
1881 yilda birinchi marta elektr sohasi bo’yicha Xalqaro kongress bo’lib o’tdi. Keyinchalik 1904 yilda o’tgan Xalqaro kongressda elektrotexnika sohasida standartlashtirish ishlarini olib borish uchun maxsus idora tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi.
1906 yilda London shahrida bolib o’tgan konferentsiyada 13 ta davalat vakillari tomonidan qabul qilqingan qarorga ko’ra Xalqaro elektrotexnik komissiya (IEC) tashkil etildi.