Standartlashtirish va metrologiya bo’yicha xalqaro, mintaqaviy tashkilotlari Reja: 1. Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkiloti (ISO) 2. Xalqaro elektrotexnik komissiya (IEC) Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot (ISO) - Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot (ISO) 1946 yilda BMTning standartlarni muvofiqlashtirish qo’mitasi tomonidan tashkil etilgan va shu yili uning Nizomi qabul qilingan.
- Nizomda uning maqomi, tarkibi, quyi idoralari, vazifalari va ish uslublari belgilangan, ISOning birinchi Bosh assambleyasi 1946 yil 14 oktyabrda bo’lib o’tgan.
- ISO o’z faoliyatini 1947 yil 23 fevralda 15 davlatning standartlashtirish bo’yicha idoralari tomonidan Nizom ratifikatsiya qilingandan so’ng rasman boshladi. Shu kuni ISOning rasmiy tashkil etilgan kuni hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |