Xalqaro standartlarni yaratish. ISO ning asosiy faoliyat turi xalqaro standartlarni yaratishdan iborat. Shuning uchun bu tashkilotning asosiy bo‘limi texnik qo‘mitalardan iborat. Hozirda 187 ta texnik qo‘mita mavjud, jami ishchi idoralar: texnik qo‘mitalar, kichik qo‘mitalar soni 552 ta, ishchi guruhlar 2100 ta, umumiy hisobda esa 2858 ta idora faoliyat ko‘rsatmoqda. ISO xalqaro standartlari majburiy emas. Har bir mamlakat bu standartlarni butunligicha, ayrim bo‘limlarini qabul qilishi yoki umuman qo‘llamaslik huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |