Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish


Sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/107
Sana31.12.2021
Hajmi1,41 Mb.
#241997
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   107
Bog'liq
standartlashtirish metrologiya va sifatni boshqarish

Sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari: 

S odamlarning hayoti, sog’lig’i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda 

atrof-muhit  uchun  xavfli  bo’lgan  mahsulotlar  realizatsiya  qilinishini  nazorat 

etib borish; 

S mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini ta' minlash; 

S  mamlakat  korxonalari,  qo’shma  korxonalar  va  tadbirkorlar  xalqaro  miqyosdagi 

iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy  hamkorlikda  va  xalqaro  savdo-sotiqda  ishtirok 

etishlari uchun sharoit yaratish; 

S iste'molchini tayyorlovchining (sotuvchining, ijrochining) vijdonsizligidan 

himoya qilish; 

S mahsulot 

tayyorlovchisi 

(sotuvchisi, ijrochisi) ta'kidlagan sifat 

ko’rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi. 

Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy tusda bo’ladi 

Mahsulotni  sertifikatsiyalashtirish  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  orasida  raqobatli 

kurashda  o’zlarining  savdo-sotiqdagi  mavqeini  mustahkamlashda  asosiy  vositalardan 

hisoblanadi. 

Muvofiqlikni  sertifikatsiyalashtirish  -  bu  belgilangan  mahsulot,  jarayon  yoki 

xizmatning ma'lum standartga yoki boshqa me'yoriy hujjatga mos kelishini etarli 




darajada isbotlaydigan uchinichi tomon faoliyatidir. Mahsulot ishlab chiqarishda sertifikatsiyani 

qo’llash  orqali  uning  sotuv  bozorida  raqobatbardoshligi  ta'minlansa,  iste'molchi  olingan 

mahsulotning sifat ko’rsatkichlarining barqarorligi va ularning me'yoriy hujjatlarga mos kelishi 

to’g’risida kafolatlanadi. 

Amalda  o’z-o’zini  sertifikatsiyalashtirish  faoliyati  ham  ayrim  hollarda  qo’llaniladi. 

Muvofiqlikni  sertifikatsiyalashtirishning  asosiy  maqsadi  iste'molchi  istaklarini,  mahsulotni 

ishlab  chiqarishdagi  xavfsizlik,  inson  salomatligi,  atrof-muhitning  muhofazasi  masalalari 

bo’yicha himoya qilish, mahsulotning raqobatchiligini taminlashda uchraydigan turli texnikaviy 

to’siqlarni bartaraf qilishdan iborat. 

O’zbekiston Respublikasining «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»gi 

Qonuni 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1993 yil 28 

dekabrda  (N  1006-XII)  qabul  qilingan.  Ushbu  Qonunga  quyidagilarga  muvofiq  o’zg’ratirishlar 

kiritilgan (O’zR 31.08.2000 y. 125-II-son Qonuni, O’zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni, O’zR 

06.04.2006  y.  O’RQ-31-son  Qonuni,  O’zR  10.10.2006  y.  O’RQ-59-son  Qonuni,  O’zR 

07.10.2013 y. O’RQ-355-son Qonuni). 

Qonun  4  bob  va  23  ta  moddadan  iborat  bo’lib,  mazkur  Qonun  O’zbekiston 

Respublikasida  mahsulotlar,  xizmatlar  va  boshqa  ob'ektlarni  sertifikatlashtirishning  huquqiy, 

iqtisodiy  va  tashkiliy  asoslarini,  shuningdek  sertifikatlashtirish  ishtirokchilarining  huquqlari, 

majburiyatlari va javobgarligini belgilab beradi. 

Sertifikatlashtirish  sohasidagi  munosabatlar  mazkur  Qonun  va  unga  muvofiq 

chiqariladigan 

O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan, 

Qoraqalpog’iston  Respublikasida  esa  -  Qoraqalpog’iston  Respublikasining  qonun  hujjatlari 

bilan ham tartibga solinadi. 

Basharti,  xalqaro  shartnoma  yoki  bitimda  sertifikatlashtirish  to’g’risidagi  qonun 

hujjatlarida  nazarda  tutilganidan  o’zgacha  qoidalar  belgilangan  bo’lsa,  u  holda  xalqaro 

shartnoma yoki bitimning qoidalari qo’llaniladi. 

O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon 

matnda  "O’zstandart"  agentligi  deb  yuritiladi)  O’zbekiston  Respublikasining  milliy 

sertifikatlashtirish organidir. 

Mahsulotlar  (shu  jumladan,  dasturiy  va  boshqa  ilmiy-texnikaviy  mahsulotlar),  xizmatlar, 

shuningdek sifat tizimlari sertifikatlashtirish ob'ektlari hisoblanadi. 

"O’zstandart"  agentligining  o’zi,  uning  tomonidan  akkreditatsiya  qilingan  yoki  e'tirof 

etilgan  sertifikatlashtirish  organlari,  sinov  laboratoriyalari  (markazlari),  sertifikatlashtirish 

sohasidagi  tekshiruv  organlari,  sifat  bo’yicha  ekspert-auditorlar,  shuningdek  mahsuloti 

sertifikatlashtirilishi  lozim  bo’lgan  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar,  jismoniy  shaxslar 

sertifikatlashtirish sub'ektlaridir. 

Sertifikatlashtirish sub ektlari -  yuridik shaxslar sertifikatlashtirish milliy tizimi doirasida 

sertifikatlashtirish tizimlari tuzishlari mumkin. Yuridik shaxslarning sertifikatlashtirish tizimlari 

"O’zstandart" agentligi belgilagan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilishi shart. 

O’zbekiston  Respublikasida  sertifikatlashtirish  tizimining  quyidagi  sertifikatlashtirish 

turlari amalga oshiriladi: 

majburiy sertifikatlashtirish; 



ixtiyoriy sertifikatlashtirish. 




Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish