Milliy standartlar va ularning turlari
Standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar davlat boshqaruv idoralari, xo‘jalik faoliyati sub’ektlari ishlab chiqish, ishlab chiqarishga mahsulotni tayyorlash, uni ishlab chiqish, realizatsiyasi (etkazish, sotish), foydalanish (ekspluatatsiya), saqlash, tashishi va utillashtirish, xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarishda, texnik (konsruktorlik, texnologik, loyihalash) hujjatlarni ishlab chiqishda hamda texnik shartlar, mahsulotga (ko‘rsatiladigan xizmatlarga) qo‘yiladigan katalog varaqalari qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida standartlashish ob’ektlariga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlarning quyidagi toifalari amal qiladi:
- Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
- O‘zbekiston Respublikasining standartlari;
- Tarmoq standartlari;
- Texnikaviy shartlari;
- Korxonalarning standartlari;
- Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |