Standartlashtirish
bu barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida umumfoydali,
jumladan, iqtisodiyotga erishishda takrorlanadigan vazifa (jarayon)larning umum
maqbul yechimini topish uchun foydalanish sharti, texnik xavfsizlik va ekologiya
22
talablariga rioya qilingan holda, ma’lum bir sohada, faoliyatni optimal darajada
tartiblashtirish maqsadida qoidalar o`rnatish va qo`llashdir.
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari:
mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning aholining hayoti, sog`ligi va mol-
mulkiga,
atrof-muhit
uchun
xavfsizligi,
resurslarni
tejash
masalalarida
iste’molchilar va davlat manfaatini himoya qilish;
mahsulotlarning o`zaro almashuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta’minlash;
fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholining hamda xalq
xo`jaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish
imkonini oshirish;
barcha turdagi resurslar tejalishiga ko`maklashish, ishlab chiqarishning texnik-
iqtisodiy ko`rsatkichlarini yaxshilash;
ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish;
mudofaa qobilyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash;
o`lchovlarni yagona birlikda bo`lishini ta’minlash;
Standartlashtirishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
iste’molchi va davlatning manfaati yo`lida mahsulotning sifati va nomlariga
nisbatan eng maqbul talablarni qo`yish;
davlat fuqarolari va xorijiy mamlakatlar ehtiyoji uchun tayyorlangan mahsulotga
kerakli talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlar tuzilishi va uni ishlab chiqish
qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va qo`llash, hujjatlarni nazorat qilish;
materiallarda
energiya
sig`imini
kamaytirish,
kam
chiqindili
tejamkor
texnologiyalarni qo`llash;
texnologik jarayonlarga talablarni belgilash;
metrologik me’yor, qoida, nizom va talablarni belgilanishi;
standartlashtirish bo`yicha xalqaro tajribadan foydalanishni keng avj oldirish,
mamlakatning xalqaro va mintaqaviy standartlashtirishda ishtirok etishini
kuchaytirish;
23
xorjiy mamlakatlarining talablari O`zbekiston Respublikasining xalq xo`jaligi
ehtiyojlarini qondira olgan hollarda ularning xalqaro mintaqaviy va milliy
standartlarini mamlakat standartlari va texnikaviy shartlari tariqasida to`g`ridan
to`g`ri qo`llash tajribasini kengaytirish;
mahsulotni standartlashtirish va uning natijalaridan foydalanish sohasida xalqaro
hamkorlik qilish yuzasidan ishlarni tashkil qilish;
texnik-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash tizimini yaratish va joriy etish.
Standartlashtirishning tamoyillari.
1. Bir-birining o`rnini bosish bo`yicha barcha sanoat mahsulotlariga taalluqli
umumiy maxsus me’yorlar o`rnatish.
2. Bir xil guruh mahsulot yoki muayyan mahsulotga taalluqli bir-birining o`rnini
bosish bo`yicha me’yorlar o`rnatish.
Umumiy normalarga quyidagi talablar kiradi va ular quyidagilarni o`rnatadi:
tartiblashtirilgan va normal chiziqli qatorlar, qo`yim va qo`nim, konstruktiv
elementlar va parametrlar, bir-birining bog`lanish (rez’basi, qotirilishi, ulanishi) vosita
va usullari.
Umumiy o`zaro almashuvchanlik normalariga mahsulotning geometrik va
funksional almashuvchanlik talablari kiradi (parametrik va tiplash qatorlari,
birxillashtirish detallari, markalar va boshqalar).
O`zaro almashuvchanlik maxsus talablari, funksional, geometrik, o`lchash,
biologik, elektromagnit, elektrik, mustahkamlik, dasturiy, texnologik, metrologik,
diagnostik, informatsion, ergonomika jabhalarini o`z ichiga oladi. Shu bilan birga
obyektlarning atrof-muhitlari bilan o`zaro aloqa qilishni hisobga oladi.
Odam –– texnika;
Mahsulot –– tarkibiy qismlar;
Mahsulot –– material (xomashyo);
Texnika –– muhit;
Mahsulot –– qadoqlash, o`rash (upakovka), tara;
Texnika –– energiya va yoqilg`i moylash materiallari;
24
Hisoblash texnikasi –– dasturiy va tashkiliy ta’minlanish;
Mahsulot –– jarayonlar, xizmatlar;
Mahsulot sifati va raqobatbardoshligini ta’minlash.
2000-yildan boshlab favqulotdagi vaziyatlar Vazirligida xavfsizlikni ta’minlash
bo`yicha ko`riladigan choralarni standartlashga kirishdi.
Favqulotdagi vaziyatlar, ularning kelib chiqish sabablari bo`yicha tasniflashtirildi:
tabiiy, texnogen, ekologik va bu vaziyatlarda jabrlangan odamlar soniga, material
zararining kattaligi va mashtabiga qarab, mahalliy, lokal, respublika va chegaralararo
kabi turlarga bo`linadi.
Tabiiy favqulotdagi vaziyatlar, xavfli geologik, gidrologik, mereorologik,
epidemiologik jarayonlarni ta’sir etish manbalari va faktorlarini aniqlanishi
ko`rsatilgan.
Standartlashtirishda o`lchash birligini me’yoriy hujjatlar kompleksi bilan
ta’minlanadi:
– standartlashtirishning ilmiy-metodik va texnik asoslarini ishlab chiqish, asosiy
rivojlanish yo`nalishini aniqlash va o`rnatish;
– mahsulotning asosiy ko`rsatkichlarini ishlab chiqish, qabul qilish va sinov
usullariga asosiy talablarni belgilash va standartlashtirish;
– mahsulot va xizmatlarning sertifikatlashtirish bo`yicha ishlarini tashkillashtirish
va asoslarni ishlab chiqish;
– yangi usul va oliy aniqlik vositalarini yaratish va ularning mavjudlarini
takomillashtirish;
– standartlar va texnik shartlarni tatbiq etish va ularga amal qilish, o`lchash
texnikasining holati va uning qo`llanishi ustidan davlat tomonidan nazorat qilish
bo`yicha qonuniy, huquqiy asoslarni ishlab chiqish;
– sanoat mahsuloti atestatsiyasi bo`yicha ishlarni tashkillashtirish va
koordinatsiya qilish va asoslarni ishlab chiqish;
Standartlashtirishning asosiy prinsiplari quyidagilar:
– me’yoriy hujjatlarni ijtimoiy, iqtisodiy, texnikaviy zarurati va maqbulligini
inobatga olgan holda ularni ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi;
25
– obyektlarga qo`yiladigan talablarni kelishib olish va me’yoriy hujjatlarni
amalga joriy etish muddatlarini muvofiqlashtirish yo`li bilan metrologik ta’minlashni
qo`shib hisoblab o`zaro bog`langan obyektlarni standartlashtirishning kompleksligi;
– me’yoriy hujjatlarni fan va texnikani hozirgi zamon yutuqlariga, ilg`or tajribaga,
qonun hujjatlariga muvofiqligini ta’minlash;
– standartlashtirishning hamma bosqichlarida me’yoriy hujjatlarni o`zaro
bog`liqligini va kelishilganligi, boshqarishning barcha pog`onalarida ularni o`xshash
obyektlari uchun qaytadan ishlab chiqilmasligi;
– amaldagi me’yoriy hujjatlar, standartlashtirish bo`yicha dasturlar va ish rejalari
to`g`risidagi axborotlarni oshkoraligi;
– ko`pchilik dahldor tomonlarning kelishuviga erishish asosida me’yoriy
hujjatlarni tasdiqlash;
– me’yoriy hujjatlarning sertifikatlashtirish maqsadlari uchun yaroqliligi;
– standartlashtirish sohasida zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarni
qo`llash va hakozo.
Do'stlaringiz bilan baham: |