4.6.Unifikatsiyalashtirish va agregatlashtirish metodlari
Standartlashtirishda
unifikatsiyalashtirish
va
agregatlashtirish
asosiy
metodlardan hisoblanib, u mashinasozlikka oid ob’ktlarni standartlashtirishda, yangi
texnika va texnologiyani joriy etishda keng qo`llaniladi va samarali hisoblanadi.
Mashinasozlik mahsulotlari texnik darajasi, detal’ va qismlarning ishonchliligini
ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
Unifikatsiya (lotincha unio–birlik va facare–qilmoq, Ya’ni, biror narsani
birxillashtirish, bir xil shakl yoki tizimga)–bir xil faoliy vazifa bajaradigan obyektlarni
aniqlangan belgilari bo`yicha qo`llanish samaradorligi haqidagi ma’lumotlar asosida
ularning
sonini
ratsional
qisqartirib
birxillashtirishdir
(masalan,
optimal
konstruksiyaga).
Uning afzalligi yana shundaki, uning natijalarini yana qayta standartlashtirish
zarurati bo`lmaydi. Ammo buyumni standartlashtirishda albatta detallarning
unifikatsiyalashtiril-ganligiga asoslanadi.
GOST 23945.0-80 me’yoriy hujjatga muvofiq unifikatsiyalashtirishning asosiy
maqsadi quyidagilardan iborat:
–standartlarni ishlab chiqish, buyumlarni ishlab chiqishga, tayyorlashga, ularga
texnik xizmat ko`rsatish va ta’mirlashga sarflanadigan vaqtni kamaytirish hisobiga
ilmiy-texnik taraqqiyot (ITT) ni jadallashtirish;
–loyixalash bosqichida va ishlab chiqarish jarayonlarida buyum yuqori sifati va
uning elementlari o`zaro almashinuvchanligini taminlash;
–loyixalash va tayyorlashga sarf-harajatni kamaytirish;
–mamlakatni qo`riqlash talablarini ta’minlash(harbiy sohada).
Unifikatsiyalashtirishning yo`nalishlar bo`yicha asosiy vazifalari quyidagicha:
99
–yangidan yaratilayotgan buyumlar guruhi yoki bir-biriga bir xil avval
loyixalangan, bir xil tarkibiy elementlardan foydalanish:
–yangi yaratilayotgan yoki takomillashtirilayotgan obyektga unifikatsiyalashgan
tarkibiy elementlarni ishlab chiqish;
–konstruktiv unifikatsiyalashgan buyumlar qatorini ishlab chiqish;
–material, tarkibiy qism va buyumlarga nisbatan maqsadga muvofiq minimal
nomenklaturnasini aniqlash.
Unifikatsiyalashtirish obyektlari quyidagilardan iborat:
–bir-xil faoliy vazifani bajarib, o`zaro almashinuvchi detallar;
–faoliy vazifasi bo`yicha yaqin gabarit o`lchamlari va ekspluatatsiya
ko`rsatkichlari (unumdorlik, quvvat va sh.k.) bo`yicha kam farq qiladigan agregatlar
(qismlar, yig`ma birikmalar), texnologik jarayon yoki xizmat ko`rsatish doirasida
qo`llanadigan modullar avtomatik tizmlar;
–faoliy vazifasi bo`yicha o`ziga yaqin, bir xil operatsiyalarni bajaradigan,
konstruktiv tuzilishi bir xil yoki o`zaro yaqin, ishchi parametrlari, gabarit o`lchamlari
kam farq qiladigan mashina va mexanizmlar.
–texnologik jarayon va xizmat ko`rsatish sohalarining muayyan maqsadni
ko`zlagan unifikatsiyasi.
Unifikatsiyalashtirish soha hamda korxona bo`yicha toifalanadi.
Mashinasozlikning rivojlanishi uning toboro takomillashib va murakkablashib
borishini taqozo etadi. Shu bilan birga mashinasozlik, asbobsozlik, texnologik uskuna
va jixozlarning yangi avlodlarini yaratishda, uni tashkil etuvchi-butlovchi qismlari
detallari standartlashtiriladi, Ya’ni unifikatsiyalashtiriladi, bir xil faliy xususiyatga ega
bo`lib takrorlanuvchi detallar va ularning o`lchamlari mumkin qadar bir xillashtiriladi.
Natijada yig`ma birikma ixchamlanadi.
Mashinani (texnik tizim)ni bir butun buyum sifatida qarasak uni mayda
bo`laklarga ajratib, bir-biriga bog`liq bo`lmagan va o`xshash vazifalarni bajaradigan
agregatlarga ega bo`lamiz.
100
Mashina, uskuna, jixoz, Ya’ni buyumning tarkibiy qism bo`lmish agregatlarni
faoliy vazifasi, gabarit o`lchamlari va ekspluatatsiya ko`rsatkichlarini imkoni boricha
bir-xillashtirib agregatlashtirish imkonini yaratamiz.
Agregatlashtirish usuli-mashina (buyum)larni takroriy va ko`plab qo`llaniladigan,
unifikatsiyalashtirilgan detal va yig`ma birikmalardan ratsional foydalanish imkonini
beradi. Agregatlashtirish har qanday yangi mashina (buyum)ni alohida yagona-original
na’munasini emas, balki mavjud ishlab chiqilayotgan agregat va detallarni mashina
konstruksiyasiga moslab yig`ish va shu tariqa mashina, jixoz (buyumlarning) yangi
avlodini
minimal
sarf-harajatlar
bilan amalga oshirishni ta’minlaydigan,
standartlashtirishning samarali usullaridan hisoblanadi.
Agregatlov – bu har xil buyumlarni, mashina, uskuna va jixozlarni yaratishda
geometrik va faoliy o`zaroalmashuvchan, ko`p qayta foydalanadigan alohida standart
unifikatsiyalangan uzellar yaratish va ishlatish metodidir.
Demak agregatlashtiruvning rivojlanish negizida standartlashtirish yotadi.
Agregatlashtiruvni keng joriy etish parametrik standartlashtirish jarayonlarini qaytarib
o`tirmay, har xil o`lcham va xususiyatlarni yuqori sifat ko`rsatkich asosida ta’minlash
imkonida foydalaniladi.
Mashinasozlikda agregatlov metodini joriy etish:
-ishlab chiqarish darajasi va avtomatlashtirish imkoni oshishi hisobiga ish usulini
oshirish va tannarxni kamaytirishga olib keladi;
-ishlab chiqarish jarayonlarini yangi buyumga moslashda yuqori darajali
egiluvchanlik va mobillik imkonlarini nomoyon etadi;
-yangi buyum ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishda ishlab chiqarishni rostlash va
moslash jarayonlarini tezlashtiradi, arzonlashtiradi, qulaylik tug`diradi.
Agregatlov metodi moxiyatiga ko`ra nafaqat mashinasozlik, asbobsozlik
texnologik jarayonlari va tamirlash ishlarida balki xalq xo`jaligining boshqa jabhalari
qurilish, qishloq xo`jaligi hamda har xil xizmat turlarini modulli tashkil etishda o`ziga
xos prototip usul sifatida nomoyon bo`ladi.
101
Unifikatsiyalashtirish va agregatlashtirishni qo`llashda texnik-iqtisodiy samaradorlik
Standartlashtirishning bosh maqsadi-tartiblashtirishdan umumfoyda olish
bo`lganidek,
uning
asosiy
metodlari
bo`lmish
unifikatsiyalashtirish
va
agregatlashtirishda ham samaradorlik muhim hisoblanadi.
Ishlab chiqarish turiga bog`liq holda samaradorlik har –xil miqdor va
qonuniyatga ega bo`ladi(3.7-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |