Standartlari



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/301
Sana01.01.2022
Hajmi5,36 Mb.
#302171
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   301
Bog'liq
Kurr

5-misol. 

Avtobus  kompaniyasi  beshta  alohida  yo’nalishlarning  har  biri 

bo’yicha  minimum  xizmat  ko’rsatishni  talab  etadigan  va  tegishli  hokimiyat  bilan 

tuzilgan  shartnoma  asosida  xizmatlarni  ko’rsatadi.  Har  bir  yo’nalishga  ajratilgan 

aktivlar  va  har  bir  yo’nalish  bo’yicha  pul  oqimlari  alohida  aniqlanishi  mumkin. 

Yo’nalishlardan  biri  sezilarli  zarar  bilan  faoliyat  ko’rsatadi.  Tadbirkorlik  sub’ekti 

biror  avtobus  yo’nalishini  qisqartirish  imkoniga  ega  bo’lmaganligi  sababli,  boshqa 

aktivlardan  yoki  aktivlar  guruhlaridan  keladigan  pul  kirimlaridan  katta  darajad 

mustaqil bo’lgan holda aniqlanadigan pul kirimlarining eng quyi darajasi bo’lib butun 

beshta  yo’nalish  tomonidan  yuzaga  keltiriladigan  pul  kirimlari  hisoblanadi.  Har  bir 

yo’nalish  uchun  pul  mablag’larini  hosil  qiladigan  birlik  bo’lib  butun  avtobus 

kompaniyasi hisoblanadi.  

Pul kirimlari bu tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan tashqi tomonlardan olinadigan 

pul  mablag’i va pul  mablag’i ekvivalentlarining kirimlaridir. Aktivdan (yoki aktivlar 

guruhidan)  keladigan  pul  kirimlari  boshqa  aktivlardan  (yoki  aktivlar  guruhlaridan) 

keladigan  pul  kirimlaridan  ko’proq  mustaqil  bo’lishi  yoki  bo’lmasligini  aniqlashda, 

tadbirkorlik  sub’ekti  turli  omillarni,  jumladan  rahbariyat  tadbirkorlik  sub’ektining 

operatsiyalarini  (masalan,  mahsulot  turlari,  bizneslar,  alohida  joylashuvlar,  tumanlar 

yoki  hududiy  joylar  bo’yicha)  qanday  nazorat  qilishini  yoki  rahbariyat  tadbirkorlik 

sub’ekti  aktivlarining  va  operatsiyalarining  davom  etishi  yoki  chiqib  ketishi 

to’g’risida qanday qarorlar qabul qilishini, ko’rib chiqadi.  



 

 

151 



 

Pul  mablag’larini  hosil  qiladigan  birlikning  qoplanadigan  qiymati  –  pul 

mablag’larini  hosil  qiladigan  birlikning  chiqib  ketish  xarajatlari  chegirilgandagi 

haqqoniy  qiymati  bilan  uning  foydalanishdagi  qiymati  o’rtasidagi  ko’prog’i 

hisoblanadi.  Pul  mablag’larini  hosil  qiladigan  birlikning  qoplanadigan  qiymatini 

aniqlash  maqsadida,  “aktiv”ga  har  qanday  havola  “pul  mablag’larini  hosil  qiladigan 

birlik”ka havola sifatida o’qiladi. 

Pul  mablag’larini  hosil  qiladigan  birlikning  balans  qiymati  pul  mablag’larini 

hosil  qiladigan  birlikning  qoplanadigan  qiymatini  aniqlash  usuliga  muvofiq  bo’lgan 

asosda aniqlanishi lozim. 

Pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning balans qiymati:  

(a) 


faqatgina  pul  mablag’larini  hosil  qiladigan  birlikka  nisbatan  o’rinli  va 

mos ravishda bevosita aks ettirilishi, yoki taqsimlanishi mumkin bo’lgan aktivlarning 

balans  qiymatini  o’z  ichiga  oladi  va  pul  mablag’larini  hosil  qiladigan  birlikning 

foydalanishdagi qiymatini aniqlashda foydalaniladigan kelgusi pul kirimlarini yuzaga 

keltiradi; va 

(b) 


har  qanday  tan  olingan  majburiyatning  balans  qiymatini  o’z  ichiga 

olmaydi,  bunda  pul  mablag’larini  hosil  qiladigan  birlikning  qoplanadigan  qiymat 

ushbu majburiyatni inobatga olmagan holda aniqlanishi mumkin bo’lmaguncha. 

Bunga  sabab  shuki,  pul  mablag’larini  hosil  qiladigan  birlikning  chiqib  ketish 

xarajatlari  chegirilgandagi  haqqoniy  qiymati  va  foydalanishdagi  qiymati  pul 

mablag’larini  hosil  qiladigan  birlikning  qismi  bo’lmagan  aktivlarga  va  tan  olingan 

majburiyatlarga tegishli pul oqimlarini inobatga olmagan holda aniqlanadi. 

Pul mablag’larini hosil qiladigan birliklarda gudvillni taqsimlash 

Qadrsizlanishga tekshirish maqsadida, biznes birlashuvida sotib olingan gudvill 

xarid  sanasidan  boshlab  sotib  oluvchining,  birlashuv  faoliyatidan  manfaat  olishi 

kutilgan,  pul  mablag’larini  hosil  qiladigan  birliklarining  har  biriga,  yoki  pul 

mablag’larini  hosil  qiladigan  birliklar  guruhlariga,  taqsimlanishi  lozim,  bunda  sotib 

olinuvchining  boshqa  aktivlari  yoki  majburiyatlari  ushbu  birliklarga  yoki  birliklar 

guruhlariga  biriktirilgan  bo’lishi  yoki  bo’lmasligidan  qat’iy  nazar.  Gudvill  bunday 

taqsimlangan har bir birlik yoki birliklar guruhi:  

(a)  tadbirkorlik sub’ekti ichidagi gudvill ichki boshqaruv maqsadlarida nazorat 

qilinadigan eng quyi darajani aks ettirishi lozim; va 

(b)  umumlashtirishdan  oldin  MHXS  8  “Operatsion  segmentlar”da  ta’riflangan 

operatsion segmentdan kattaroq bo’lmasligi lozim. 


Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish