“Hisobot davridan keyingi
hodisalar”
ga muvofiq ma’lumotlar ochib berilishi kerak, agar restrukturizatsiya
ahamiyatli bo’lsa va bunday ma’lumotlarni ochib bermaslik foydalanuvchilar
moliyaviy hisobotlar asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga ta’sir etishi mumkin
bo’lsa.
Konstruktiv majburiyat yolg’iz rahbariyatning qarori bilan paydo bo’lmasligiga
qaramasdan, majburiyat ushbu qaror bilan birga boshqa oldingi hodisalar natijasida
kelib chiqishi mumkin. Masalan, ishdan bo’shatish bilan bog’liq bo’ladigan to’lovlar
bo’yicha xodimlarning vakillari bilan muzoqaralar yoki biznesni sotish bo’yicha
xaridolar bilan muzoqaralar natijalari faqat kengash tomonidan tasdiqlanganidan so’ng
qabul qilinishi mumkin. Bunday tasdiqlash olinganidan keyin yoki boshqa tomonlarga
ma’lum qilinganidan keyin, tadbirkorlik sub’ekti konstruktiv majburiyatga ega
bo’ladi.
Ba’zi mamlakatlarda, qaror qabul qilish bo’yicha eng yuqori vakolat kuzatuv
kengashiga berilgan bo’lishi, bunda kengash a’zolariga rahbariyatdan tashqari
manfaatdor tomonlarning (masalan xodimlarning) vakillari kiradi, yoki kengash qaror
qabul qilishidan oldin bunday vakillarga xabar qilishi talab etilishi mumkin. Bu
kengash tomonidan qabul qilinadigan qaror bunday vakillarga ma’lum qilinishi tufayli
u restrukturizatsiya bo’yicha konstruktiv majburiyat paydo bo’lishiga olib kelishi
mumkin.
Biznesni sotish bo’yicha majburiyat tadbirkorlik sub’ekti bunday sotuv bo’yicha
majburiyat olmagunicha, ya’ni sotuv bo’yicha majburiy kuchga ega kelishuv mavjud
bo’lmaguncha, majburiyat paydo bo’lmaydi.
Hattoki tadbirkorlik sub’ekti biznesni sotish to’g’risida qaror qabul qilgan
bo’lsa va bu to’g’risida ochiq e’lon qilgan bo’lsa, u sotish bo’yicha majburiyat olgan
deb hisoblanmaydi, toki xaridor aniqlanmaguncha va sotuv bo’yicha majburiy kuchga
ega kelishuv mavjud bo’lmaguncha. Sotuv bo’yicha majburiy kuchga ega kelishuv
mavjud bo’lmasa, tadbirkorlik sub’ekti o’z qarorini o’zgartirishi mumkin va haqiqatda
ham, maqbul shartlarda xaridor topilmasa, boshqacha yo’nalishdagi xatti-harakatlarni
amalga oshirishga majbur bo’lishi mumkin. Biznesni sotish restrukturizatsiyaning bitta
173
qismi sifatida ko’zlanganida, biznesning aktivlari qadrsizlanishga BHXS 36 ga
muvofiq tekshirilishi kerak. Sotish restrukturizatsiyaning faqatgina bir qismi
bo’lganida, sotuv bo’yicha majburiy kuchga ega kelishuv kelishilgan bo’lmagunicha
restrukturizatsiyaning boshqa qismlari bo’yicha konstruktiv majburiyat paydo bo’lishi
mumkin.
Restrukturizatsiya bo’yicha rezerv restrukturizatsiya bo’yicha yuzaga keladigan
faqatgina bevosita xarajatlarni qamrab olishi kerak. Bu bevosita xarajatlar bo’lib
quyidagi ikkita xususiyatga ham ega bo’lgan xarajatlar hisoblanadi:
(a)
restrukturizatsiya natijasida muqarrar paydo bo’ladigan xarajatlar; va
(b)
tadbirkorlik sub’ektining davom etadigan faoliyati bilan bog’liq
xarajatlar.
Restrukturizatsiya bo’yicha rezerv quyidagilar kabi xarajatlarni qamrab
olmaydi:
(a)
qolgan xodimlarni qayta tayyorlash yoki boshqa joyga ko’chirish;
(b)
marketing; yoki
(c)
yangi tizimlarga va sotish tarmoqlariga mablag’larni sarf qilish.
Ushbu xarajatlar biznesni kelgusida yuritishga taaluqli bo’ladi va hisobot
davrining oxirida restrukturizatsiya bo’yicha majburiyatlarni ifoda etmaydi. Bunday
xarajatlar ular restrukturizatsiyaga bog’liq bo’lmagan holda paydo bo’lganidek bir xil
asosda tan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |