Standartlari



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/301
Sana01.01.2022
Hajmi5,36 Mb.
#302171
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   301
Bog'liq
Kurr

o’zining moliyaviy hisobotlaridagi moddalarni qayta tasniflasa

6

.

     


Xo’jalik sub’ekti mazkur Standartda foydalanilgan hisobot nomlaridan tashqari 

nomlardan  foydalanishi  mumkin.  Masalan,  xo’jalik  sub’ekti  “foyda  yoki  zarar  va 

boshqa  umumlashgan  daromad  to’g’risidagi  hisobot”  o’rniga  “umumlashgan 

daromad to’g’risidagi hisobot” nomidan foydalanishi mumkin.  

Moliyaviy  hisobotlar  xo’jalik  sub’ektining  moliyaviy  holatini,  moliyaviy 

natijalarini  va  pul  oqimlarini  haqqoniy  tarzda  taqdim  etishi  lozim.  Haqqoniy  taqdim 

etish  operatsiyalarning,  boshqa  hodisalarning  va  sharoitlarning  oqibatlarini

 

Kontseptual  asos

da  keltirilgan  aktivlar,  majburiyatlar,  daromadlar  va  xarajatlarning 

ta’riflariga  va  tan  olish  mezonlariga  muvofiq  haqqoniy  taqdim  etishni  talab  etadi. 

MHXSlarni,  zarur  bo’lganda  qo’shimcha  ma’lumotlarni  oshkor  etish  bilan  birga, 

qo’llash  haqqoniy  taqdim  etishni  ta’minlaydigan  moliyaviy  hisobotlarga  olib  keladi 

deb ko’zda tutiladi. 

Moliyaviy hisobotlari MHXSlarga muvofiq bo’lgan xo’jalik sub’ekti izohlarda 

bunday  muvofiqlikni  aniq  va  shartsiz  ta’kidlashi  lozim.  Moliyaviy  hisobotlar 

MHXSlarning  barcha  talablariga  muvofiq  bo’lmaguncha,  xo’jalik  sub’ekti  ularni 

MHXSlarga muvofiq deb ta’kidlamasligi lozim. 

Moliyaviy  hisobotlarni  tayyorlash  paytida,  rahbariyat  xo’jalik  sub’ekti 

faoliyatini  uzluksiz  davom  etishi  qobiliyatini  baholashi  lozim.  Qachonki  rahbariyat 

xo’jalik  sub’ektining  faoliyatini  tugatishni  yoki  savdoni  to’xtatishni  mo’ljallayotgan 

bo’lmasa yoki bunday choralarni amalga oshirishdan boshqa amaliy muqobil choralar 

mavjud  bo’lmagan  holat  yuzaga  kelmasa,  xo’jalik  sub’ekti  moliyaviy  hisobotlarni 

faoliyatning  uzluksizligi  asosida  tayyorlashi  lozim.  Agar  rahbariyat,  baholashni 

amalga  oshirayotganda,  xo’jalik  sub’ekti  faoliyatini  uzluksiz  davom  etishi  qobiliyati 

to’g’risida    ahamiyatli  shubha  to’g’dirishi  mumkin  bo’lgan  hodisalar  yoki 

sharoitlarga  tegishli  ahamiyatli  noaniqliklardan  xabardor  bo’lsa,  xo’jalik  sub’ekti 

ushbu  noaniqliklarni  oshkor  etishi  lozim.  Agar  xo’jalik  sub’ekti  moliyaviy 

hisobotlarni faoliyatning uzluksizligi asosida tayyorlamasa, u ushbu faktni, moliyaviy 

hisobotlar  qaysi  asosda  tayyorlanganligini  hamda  xo’jalik  sub’ekti  faoliyatning 

uzluksizligini  ta’minlay  olmaydi  deb  hisoblanishining  sababi  bilan  birga,  oshkor 

etishi lozim.         

Xo’jalik sub’ekti o’zining, pul oqimlari to’g’risidagi ma’lumotlaridan tashqari, 

moliyaviy  hisobotlarini  buxgalteriya  hisobining  hisoblash  usuli  asosida  tayyorlashi 

lozim.    

Buxgalteriya  hisobining  hisoblash  usuli  qo’llanilganda,  xo’jalik  sub’ekti 

moddalarni  aktivlar,  majburiyatlar,  kapital,  daromadlar  va  xarajatlar  (moliyaviy 

hisobotlar  elementlarini)  sifatida  tan  oladi,  qachonki  ular  Kontseptual  asosda 

keltirilgan ushbu elementlarning ta’riflariga va tan olish mezonlariga to’g’ri kelsa.     

Xo’jalik sub’ekti o’xshash  moddalarning  har bir ahamiyatli turkumini alohida 

taqdim  etishi  lozim.  Bir  biridan  farq  qiladiganli  xususiyatga  yoki  vazifaga  ega 

bo’lgan  moddalarni,  ular  ahamiyatsiz  bo’lmasa,  xo’jalik  sub’ekti  alohida  taqdim 

etishi lozim. 

                                            

6

 

M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 1. 



p.167-168.

 



 

 

31 



 

Moliyaviy  hisobotlar  o’z  xususiyatiga  yoki  funktsiyasiga  ko’ra  turkumlarga 

birlashtiriladigan  katta  hajmdagi  operatsiyalar  yoki  boshqa  hodisalarni  qayta  ishlash 

natijasida  yuzaga  keladi.  Birlashtirish  va  tasniflash  jarayonining  oxirgi  bosqichi 

yig’ilgan  va  tasniflangan  ma’lumotlarni  taqdim  etish  hisoblanib,  u  moliyaviy 

hisobotlarning  satrlarida  aks  ettiriladigan  moddalarini  shakllantiradi.  Agar  satrdagi 

modda  alohida  olinganda  ahamiyatli  bo’lmasa,  u  ushbu  hisobotlarda  yoki  izohlarda 

boshqa  moddalar  bilan  birlashtiriladi.  Ushbu  hisobotlarda  alohida  satrda  aks  ettirish 

uchun  yetarli  darajada  ahamiyatli  bo’lmagan  modda,  izohlarda  alohida  aks  ettirilishi 

muhim bo’lishi mumkin. 

MHXS  da  talab  etilmaguncha  yoki  ruxsat  etilmaguncha,  xo’jalik  sub’ekti 

aktivlar  bilan  majburiyatlarni  yoki  daromadlar  bilan  xarajatlarni  o’zaro  hisob-kitob 

qilmasligi lozim. 

Xo’jalik  sub’ekti  aktivlar  bilan  majburiyatlarni  ham  daromadlar  bilan 

xarajatlarni  ham  alohida  aks  ettiradi.  O’zaro  hisob-kitob  qilish  operatsiyaning  yoki 

boshqa  hodisaning  mohiyatini  aks  ettiradigan  holatdan  tashqari,  foyda  yoki  zarar  va 

boshqa 

umumlashtirilgan 

daromadlar 

yoki 


moliyaviy 

holat 


to’g’risidagi 

hisobot(lar)da  o’zaro  hisob-kitob  qilish  foydalanuvchilarning  sodir  bo’lgan 

operatsiyalar, boshqa hodisalar va sharoitlarni tushunish hamda xo’jalik sub’ektining 

kelgusi pul oqimlarini baholash qobiliyatini susaytiradi.    

Xo’jalik  sub’ekti  moliyaviy  hisobotlarning  (jumladan  qiyosiy  ma’lumotni) 

to’liq to’plamini  kamida yillik asosda taqdim etishi lozim. 

Odatda,  xo’jalik  sub’ekti  bir  me’yorda  bir  yillik  davr  uchun  moliyaviy 

hisobotlarni  tayyorlaydi.  Biroq,  amaliy  sabablar  tufayli,  ayrim  xo’jalik  sub’ektlari, 

masalan,  52-haftalik  davr  uchun  moliyaviy  hisobotlarni  taqdim  etishni  afzal 

ko’radilar. Mazkur Standart ushbu amaliyotni taqiqlamaydi. 

Xo’jalik  sub’ekti  bir  davrdan  keyingi  davrga  moliyaviy  hisobotlardagi 

moddalarni aks ettirishni yoki tasniflashni o’zgartirmasdan qoldirishi lozim, bunda: 

(a) 

xo’jalik  sub’ekti  faoliyati  xususiyatining  ahamiyatli  o’zgarishi  yoki 



uning  moliyaviy  hisobotlarini  qayta  ko’rib  chiqish  natijasida,  MHXS  8  dagi  hisob 

siyosatlarini  tanlash  va  qo’llash  uchun  mezonlarni  inobatga  olgan  holda  boshqa 

taqdimot  yoki  tasniflash  o’rinliroq  bo’lishi  mumkinligi  ochiq  namoyon 

bo’lmaguncha; yoki 

(b) 

MHXS taqdimotda o’zgarishni talab etmaguncha. 



Xo’jalik  sub’ekti  moliyaviy  hisobotlarni  aniq  belgilashi  va  aynan  bir  xil  chop 

etilgan hujjatdagi boshqa ma’lumotlardan farqlashi lozim. 

MHXSlar  faqatgina  moliyaviy  hisobotlarga  nisbatan  qo’llanilib,  yillik 

hisobotda  taqdim  etilgan  boshqa  ma’lumotlarga,  me’yoriy  ma’lumotlarga,  yoki 

boshqa hujjatga nisbatan zaruriy tarzda qo’llanilmaydi. Shu tufayli, foydalanuvchilar 

MHXSlarga  asosan  tayyorlanadigan  ma’lumotlarni  foydalanuvchilar  uchun  foydali 

bo’lishi  mumkin  bo’lgan  ammo  ushbu  talablar  ostida  bo’lmagan  boshqa 

ma’lumotlardan farqlay olishi muhimdir. 

Xo’jalik sub’ekti har bir moliyaviy hisobotni va izohlarni aniq belgilashi lozim. 

Shu  bilan  birga,  xo’jalik  sub’ekti  quyidagi  ma’lumotlarni  aniq  ajratib  ko’rsatishi  va 

ularni  taqdim  etilgan  ma’lumotlar  tushunarli  bo’lishi  uchun  zarur  bo’lganda 



 

 

32 



 

takrorlashi lozim: 

(a)  Hisobot  beradigan  xo’jalik  sub’ektining  nomi  yoki  aniqlashning  boshqa 

usullari  va  oldin  keladigan  hisobot  davri  oxiridan  boshlab  ushbu  ma’lumotdagi  har 

qanday o’zgarish; 

(b)  moliyaviy  hisobotlar  alohida  xo’jalik  sub’ektiga  yoki  xo’jalik  sub’ektlari 

guruhiga tegishliligi; 

(v)  hisobot  davri  oxirining  sanasi  yoki  moliyaviy  hisobotlar  to’plami  yoki 

izohlar qamrab olgan davr; 

(g)  MHXS 21 da ta’riflanganidek taqdimot valyutasi;  

(d)  moliyaviy  hisobotlarda  miqdorlarni  taqdim  etishda  foydalanilgan 

yaxlitlash darajasi. 




Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish