Mavzu bo’yicha tayanch so’zlar va iboralar
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXSlar) – bu Buxgalteriya
hisobining xalqaro standartlari Kengashi (MHXSK) tomonidan chiqarilgan
Standartlar va Sharhlardir. Ular quyidagilarni qamrab oladi:
(a)
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari;
(b)
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari;
(v)
MHXSlarni Sharhlash bo’yicha Qo’mita (MHXSShQ) tomonidan
chiqarilgan Sharhlar; va
(g)
Sharhlash bo’yicha Doimiy Qo’mita (ShDQ) tomonidan chiqarilgan
Sharhlar .
MHXSlar bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlar - Tadbirkorlik sub’ekti
MHXSlarga muvofiqlik to’g’risida aniq va shartsiz bildirib Moliyaviy
Hisobotlarning Xalqaro Standartlari (MHXSlar)ni qo’llagan birinchi yillik moliyaviy
hisobotlar.
Oldingi BHUT - MHXSlarni birinchi marta qo’llaydigan tadbirkorlik sub’ekti
MHXSlarni qabul qilishidan bevosita oldin qo’llagan buxgalteriya hisobining asosi.
MHXS bo’yicha birinchi hisobot davri - Tadbirkorlik sub’ektining MHXS
bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab olgan eng oxirgi hisobot davri.
MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobot -
Tadbirkorlik sub’ektining MHXSlarga o’tish sanasiga bo’lgan moliyaviy holat
to’g’risidagi hisoboti.
Shartli tannarx - berilgan sanaga tannarxning yoki amortizatsiyalangan
qiymatning o’rnini bosuvchi summa. Keyinchalik eskirish yoki amortizatsiya
hisoblanganida tadbirkorlik sub’ekti aktivni yoki majburiyatni ushbu berilgan sanada
dastlabki marta tan olgan va ushbu aktivning yoki majburiyatning tannarxi shartli
tannarxga teng bo’lgan deb faraz qilinadi.
Umumiy foydalanish uchun mo’ljallangan moliyaviy hisobotlar (“moliyaviy
hisobotlar” deb ataladi) – bu shunday foydalanuvchilarning axborotga bo’lgan
talablarini qondirishga qaratilgan moliyaviy hisobotlarki, bu foydalanuvchilar
ularning axborotga bo’lgan maxsus talablariga moslashtirilgan hisobotlarni xo’jalik
sub’ektidan talab qila olmaydi.
27
Ahamiyatli tushirib qoldirishlar yoki buzilishlar – bunda moddalarning tushirib
qoldirilishi
yoki
buzilishi
ahamiyatli
bo’lib hisoblanadiki, agarda ular
foydalanuvchilarning moliyaviy hisobotlar asosida qabul qiladigan iqtisodiy
qarorlariga, alohida yoki birgalikda, ta’sir eta olganda. Ahamiyatlilik tushirib
qoldirishning yoki buzilishning ular sodir bo’lgan sharoitlarni hisobga olgan holda
aniqlanadigan hajmi va xususiyatiga bog’liq bo’ladi. Moddaning hajmi yoki
xususiyati, yoki ikkalasining birikmasi, hal qiluvchi omil bo’lishi mumkin.
Foyda yoki zarar – buboshqa umumlashgan daromadning tarkibiy qismlaridan
tashqari jami daromaddan xarajatlar chegirilganidan keyin qolgan natija.
Boshqa umumlashgan daromad boshqa MHXSlarda talab etilganidek yoki
ruxsat etilganidek foyda yoki zarar sifatida tan olinmaydigan daromad va xarajat
moddalarini (jumladan qayta tasniflash bo’yicha tuzatishlarini) qamrab oladi.
Mulk egalari – bu ulushli instrumentlar sifatida tasniflangan instrumentlarning
egalari.
Foyda yoki zarar – buboshqa umumlashgan daromadning tarkibiy qismlaridan
tashqari jami daromaddan xarajatlar chegirilganidan keyin qolgan natija.
Qayta tasniflash bo’yicha tuzatishlar – bu joriy yoki oldingi davrlardagi boshqa
umumlashgan daromadda tan olingan, lekin joriy davrda foyda yoki zarar sifatida
qayta tasniflangan summalar.
Jami umumlashgan daromad – bu kapitaldagi davr mobaynida operatsiyalar va
boshqa hodisalar natijasida yuzaga keladigan o’zgarish bo’lib, mulk egalari bilan
ularning mulk egalari sifatida amal qilishidagi operatsiyalardan yuzaga keladigan
o’zgarishlar bundan mustasnodir.
Pul mablag’lari - naqd pul va talab qilib olguncha depozitlarni o’z ichiga oladi.
Pul mablag’larining ekvivalentlari - belgilangan summadagi pul mablag’lariga
oson aylantiriladigan va qiymatining o’zgarishi jihatidan sezilarsiz darajadagi hatarga
ega bo’lgan, qisqa muddatli va yuqori likvidli investitsiyalardir. Pul mablag’larining
ekvivalentlari investitsiya yoki boshqa maqsadlari uchun emas, balki qisqa muddatli
majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi. Investitsiyani
pul ekvivalenti deb hisoblash uchun, u belgilangan summadagi pul mablag’iga oson
aylantiriladigan va qiymatidagi o’zgarishlar hatari sezilarsiz darajada bo’lishi lozim.
Shu sababli, investitsiya odatda uning so’ndirish muddati qisqa bo’lsagina, ya’ni
xarid qilingan paytdan boshlab taxminan uch oy yoki undan kam muddat ichida
to’lanadigan bo’lsa, pul mablag’larining ekvivalenti deb hisoblanishi mumkin.
Ulushli investitsiyalar pul ekvivalentlariga kirmaydi, bundan ular, aslini olganda, pul
mablag’larining ekvivalentlari bo’lgan holatlari istisno, masalan so’ndirilishiga qisqa
muddat qolganda sotib olingan va so’ndirilish muddati aniq belgilangan imtiyozli
aktsiyalar misolida kabi. Oshiqcha pul mablag’larini ularning ekvivalentlariga
investitsiya qilish pul mablag’larini boshqarish bo’lib hisoblanadi.
Pul oqimlari - pul mablag’lari va pul ekvivalentlarining kirimi va chiqimi.
Operatsion faoliyat - xo’jalik sub’ektining asosiy daromad keltiruvchi faoliyati
hamda investitsion va moliyaviy faoliyat hisoblanmagan boshqa faoliyat turlari.
Investitsion faoliyat - uzoq muddatli aktivlarning hamda pul ekvivalentlariga
kirmaydigan boshqa investitsiyalarning sotib olinishi va chiqib ketishi.
28
Moliyaviy faoliyat - xo’jalik sub’ektining qo’yilgan kapitali va qarz
mablag’larining miqdori va tarkibidagi o’zgarishlarni keltirib chiqaruvchi faoliyat.
Hisob ciyosati – bu xo’jalik sub’ekti tomonidan moliyaviy hisobotlarni
tayyorlashda va taqdim etishda qo’llaniladigan muayyan tamoyillar, usullar, odatlar,
qoidalar va amaliyotlardir.
Buxgalteriya hisobi maqsadida baholashdagi o’zgarish - aktivlar va
majburiyatlarning joriy holatini hamda ular bilan bog’liq bo’lgan, kelgusida
kutilayotgan manfaat va majburiyatlarni baholash natijasida, aktiv yoki
majburiyatning balans qiymatini, yoki aktivdan davriy foydalanish summasini
tuzatishdir. Buxgalteriya hisobi maqsadida baholashdagi o’zgarishlar yangi
ma’lumotlar olinishi yoki yangi hodisalar ro’y berishi natijasida yuzaga keladi, va,
shu sababdan, xatolarni tuzatish bo’lib hisoblanmaydi.
Oldingi davr xatolari xo’jalik sub’ektining bir yoki undan ortiq oldingi davrlari
uchun moliyaviy hisobotlaridagi buzilishlar va tushirib qoldirishlardir; ular ishonchli
axborotdan foydalanmaslik yoki noto’g’ri foydalanish natijasida yuzaga keladi va
ushbu axborot:
(a)mazkur davrlar uchun moliyaviy hisobotlar chiqarilishi ruxsat etilganida
mavjud bo’lgan; va
(b)mazkur moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish chog’ida olinishi
va hisobga olinishi oqilona ravishda kutilishi mumkin bo’lgan axborotdir.Bunday
xatolar matematik yanglishishlar, hisob siyosatini qo’llashda yo’l qo’yilgan xatolar,
e’tiborsizlik yoki faktlarni noto’g’ri talqin etish oqibatlarini hamda firibgarlikni o’z
ichiga oladi.
Restrospektiv qo’llash - yangi hisob siyosatini operatsiyalar, boshqa hodisalar
va vaziyatlarga nisbatan ushbu siyosat oldin ham har doim qo’llanilganidek tarzda
qo’llash.
Retrospektiv qayta hisoblash - moliyaviy hisobotlardagi elementlar
summalarinining tan olinishi, baholanishi va oshkor qilinishini oldingi davrda xatoga
hech qachon yo’l qo’yilmaganidek tarzda tuzatish.
Hisobot davridan keyingi hodisalar - hisobot davri tugagan sana bilan
moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish uchun tasdiqlash sanasi o’rtasidagi oraliqda
yuzaga kelgan, ijobiy va salbiy, hodisalardir. Hodisalar ikki xil bo’la oladi:
(a)
hisobot
davrining
oxirida
mavjud
bo’lgan
shart-sharoitlarni
tasdiqlaydigan hodisalar (tuzatishlar kiritilishini talab etadigan hisobot davridan
keyingi hodisalar); va
(b) hisobot davridan keyin yuzaga kelgan shart-sharoitlarni ko’rsatadigan
hodisalar (tuzatishlar kiritilishini talab etmaydigan hisobot davridan keyingi
hodisalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |