Ijara muddatining boshlanishi
– ijarachi ijaraga olingan aktivdan foydalanish
huquqini amalga oshirib boshlashi mumkin bo’lgan sana.
Ijarachi uchun qarz kapitalning o’sib boruvchi foiz stavkasi
– xuddi shunday
ijara kelishuvi bo’yicha ijarachi tomonidan to’lanishi talab etilgan bo’lishi mumkin
bo’lgan foiz stavkasi.
Ijarada ko’zda tutilgan foiz stavkasi
- minimal ijara to’lovlari va
kafolatlanmagan qoldiq qiymati yig’indisining keltirilgan qiymati, ijaraga olingan
aktivning haqqoniy qiymati va ijaraga beruvchining dastlabki bevosita xarajatlari
yig’indisiga ijara boshlanishi paytiga teng bo’lishini ta’minlaydigan diskont
stavkasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |