Monetar moddalar
- bu egalik qilinayotgan valyuta birliklari hamda valyuta
birliklarining o’zgarmas yoki aniqlanadigan summasida olinadigan yoki to’lanadigan
aktivlar va majburiyatlardir.
Muddati kechiktirilgan moliyaviy daromad
– bu quyidagilar orasidagi farq:
ijaraga yalpi investitsiya va ijaraga sof investitsiya.
Operativ ijara
– moliyaviy ijaradan tashqari boshqa hamma ijara kelishuvlari.
Oxirgi kurs
- bu hisobot davri oxiridagi spot valyuta kursidir.
Shartli ijara
– bu ijara to’lovlarining qat’iy belgilanmagan qismi bo’lib, u vaqt
o’tishi bilan emas, balki boshqa sabablarga ko’ra o’zgaradigan omilning kelgusi
summasiga bog’liq bo’ladi (masalan, kelgusi sotuvlarning foizi, kelgusi foydalanish
summasi, kelgusi narxlar indeksi, kelgusidagi bozor foiz stavkalari).
Do'stlaringiz bilan baham: |