MAVZU. MOLIYaVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIDA UMUMIY MASALALAR
Ma’ruza rejasi
BHXS №1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” standartining mazmuni va qo’llanilishi
BHXS (IAS) 7 “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” standartining mazmuni va qo’llanilishi
BHXS (IAS) 8 “Hisob siyosatlari, hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar va xatolar”
BHXS (IAS) 10 “Hisobot davridan keyingi hodisalar”. BHXS (IAS) 21 “Valyuta kurslaridagi o’zgarishlarning ta’sirlari”
Mavzu bo’yicha tayanch so’zlar va iboralar
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXSlar) – bu Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari Kengashi (MHXSK) tomonidan chiqarilgan Standartlar va Sharhlardir. Ular quyidagilarni qamrab oladi:
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari;
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari;
(v) MHXSlarni Sharhlash bo’yicha Qo’mita (MHXSShQ) tomonidan chiqarilgan Sharhlar; va
(g) Sharhlash bo’yicha Doimiy Qo’mita (ShDQ) tomonidan chiqarilgan Sharhlar .
MHXSlar bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlar - Tadbirkorlik sub’ekti MHXSlarga muvofiqlik to’g’risida aniq va shartsiz bildirib Moliyaviy Hisobotlarning Xalqaro Standartlari (MHXSlar)ni qo’llagan birinchi yillik moliyaviy hisobotlar.
Oldingi BHUT - MHXSlarni birinchi marta qo’llaydigan tadbirkorlik sub’ekti MHXSlarni qabul qilishidan bevosita oldin qo’llagan buxgalteriya hisobining asosi.
MHXS bo’yicha birinchi hisobot davri - Tadbirkorlik sub’ektining MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab olgan eng oxirgi hisobot davri.
MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobot - Tadbirkorlik sub’ektining MHXSlarga o’tish sanasiga bo’lgan moliyaviy holat to’g’risidagi hisoboti.
Shartli tannarx - berilgan sanaga tannarxning yoki amortizatsiyalangan qiymatning o’rnini bosuvchi summa. Keyinchalik eskirish yoki amortizatsiya hisoblanganida tadbirkorlik sub’ekti aktivni yoki majburiyatni ushbu berilgan sanada dastlabki marta tan olgan va ushbu aktivning yoki majburiyatning tannarxi shartli tannarxga teng bo’lgan deb faraz qilinadi.
Umumiy foydalanish uchun mo’ljallangan moliyaviy hisobotlar (“moliyaviy hisobotlar” deb ataladi) – bu shunday foydalanuvchilarning axborotga bo’lgan talablarini qondirishga qaratilgan moliyaviy hisobotlarki, bu foydalanuvchilar ularning axborotga bo’lgan maxsus talablariga moslashtirilgan hisobotlarni xo’jalik sub’ektidan talab qila olmaydi.
Ahamiyatli tushirib qoldirishlar yoki buzilishlar – bunda moddalarning tushirib qoldirilishi yoki buzilishi ahamiyatli bo’lib hisoblanadiki, agarda ular foydalanuvchilarning moliyaviy hisobotlar asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga, alohida yoki birgalikda, ta’sir eta olganda. Ahamiyatlilik tushirib qoldirishning yoki buzilishning ular sodir bo’lgan sharoitlarni hisobga olgan holda aniqlanadigan hajmi va xususiyatiga bog’liq bo’ladi. Moddaning hajmi yoki xususiyati, yoki ikkalasining birikmasi, hal qiluvchi omil bo’lishi mumkin.
Foyda yoki zarar – buboshqa umumlashgan daromadning tarkibiy qismlaridan tashqari jami daromaddan xarajatlar chegirilganidan keyin qolgan natija.
Boshqa umumlashgan daromad boshqa MHXSlarda talab etilganidek yoki ruxsat etilganidek foyda yoki zarar sifatida tan olinmaydigan daromad va xarajat moddalarini (jumladan qayta tasniflash bo’yicha tuzatishlarini) qamrab oladi.
Mulk egalari – bu ulushli instrumentlar sifatida tasniflangan instrumentlarning egalari.
Foyda yoki zarar – buboshqa umumlashgan daromadning tarkibiy qismlaridan tashqari jami daromaddan xarajatlar chegirilganidan keyin qolgan natija.
Qayta tasniflash bo’yicha tuzatishlar – bu joriy yoki oldingi davrlardagi boshqa umumlashgan daromadda tan olingan, lekin joriy davrda foyda yoki zarar sifatida qayta tasniflangan summalar.
Jami umumlashgan daromad – bu kapitaldagi davr mobaynida operatsiyalar va boshqa hodisalar natijasida yuzaga keladigan o’zgarish bo’lib, mulk egalari bilan ularning mulk egalari sifatida amal qilishidagi operatsiyalardan yuzaga keladigan o’zgarishlar bundan mustasnodir.
Pul mablag’lari - naqd pul va talab qilib olguncha depozitlarni o’z ichiga oladi.
Pul mablag’larining ekvivalentlari - belgilangan summadagi pul mablag’lariga oson aylantiriladigan va qiymatining o’zgarishi jihatidan sezilarsiz darajadagi hatarga ega bo’lgan, qisqa muddatli va yuqori likvidli investitsiyalardir. Pul mablag’larining ekvivalentlari investitsiya yoki boshqa maqsadlari uchun emas, balki qisqa muddatli majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi. Investitsiyani pul ekvivalenti deb hisoblash uchun, u belgilangan summadagi pul mablag’iga oson aylantiriladigan va qiymatidagi o’zgarishlar hatari sezilarsiz darajada bo’lishi lozim. Shu sababli, investitsiya odatda uning so’ndirish muddati qisqa bo’lsagina, ya’ni xarid qilingan paytdan boshlab taxminan uch oy yoki undan kam muddat ichida to’lanadigan bo’lsa, pul mablag’larining ekvivalenti deb hisoblanishi mumkin. Ulushli investitsiyalar pul ekvivalentlariga kirmaydi, bundan ular, aslini olganda, pul mablag’larining ekvivalentlari bo’lgan holatlari istisno, masalan so’ndirilishiga qisqa muddat qolganda sotib olingan va so’ndirilish muddati aniq belgilangan imtiyozli aktsiyalar misolida kabi. Oshiqcha pul mablag’larini ularning ekvivalentlariga investitsiya qilish pul mablag’larini boshqarish bo’lib hisoblanadi.
Pul oqimlari - pul mablag’lari va pul ekvivalentlarining kirimi va chiqimi.
Operatsion faoliyat - xo’jalik sub’ektining asosiy daromad keltiruvchi faoliyati hamda investitsion va moliyaviy faoliyat hisoblanmagan boshqa faoliyat turlari.
Investitsion faoliyat - uzoq muddatli aktivlarning hamda pul ekvivalentlariga kirmaydigan boshqa investitsiyalarning sotib olinishi va chiqib ketishi.
Moliyaviy faoliyat - xo’jalik sub’ektining qo’yilgan kapitali va qarz mablag’larining miqdori va tarkibidagi o’zgarishlarni keltirib chiqaruvchi faoliyat.
Hisob ciyosati – bu xo’jalik sub’ekti tomonidan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda va taqdim etishda qo’llaniladigan muayyan tamoyillar, usullar, odatlar, qoidalar va amaliyotlardir.
Buxgalteriya hisobi maqsadida baholashdagi o’zgarish - aktivlar va majburiyatlarning joriy holatini hamda ular bilan bog’liq bo’lgan, kelgusida kutilayotgan manfaat va majburiyatlarni baholash natijasida, aktiv yoki majburiyatning balans qiymatini, yoki aktivdan davriy foydalanish summasini tuzatishdir. Buxgalteriya hisobi maqsadida baholashdagi o’zgarishlar yangi ma’lumotlar olinishi yoki yangi hodisalar ro’y berishi natijasida yuzaga keladi, va, shu sababdan, xatolarni tuzatish bo’lib hisoblanmaydi.
Oldingi davr xatolari xo’jalik sub’ektining bir yoki undan ortiq oldingi davrlari uchun moliyaviy hisobotlaridagi buzilishlar va tushirib qoldirishlardir; ular ishonchli axborotdan foydalanmaslik yoki noto’g’ri foydalanish natijasida yuzaga keladi va ushbu axborot:
mazkur davrlar uchun moliyaviy hisobotlar chiqarilishi ruxsat etilganida mavjud bo’lgan; va
mazkur moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish chog’ida olinishi va hisobga olinishi oqilona ravishda kutilishi mumkin bo’lgan axborotdir.Bunday xatolar matematik yanglishishlar, hisob siyosatini qo’llashda yo’l qo’yilgan xatolar, e’tiborsizlik yoki faktlarni noto’g’ri talqin etish oqibatlarini hamda firibgarlikni o’z ichiga oladi.
Restrospektiv qo’llash - yangi hisob siyosatini operatsiyalar, boshqa hodisalar va vaziyatlarga nisbatan ushbu siyosat oldin ham har doim qo’llanilganidek tarzda qo’llash.
Retrospektiv qayta hisoblash - moliyaviy hisobotlardagi elementlar summalarinining tan olinishi, baholanishi va oshkor qilinishini oldingi davrda xatoga hech qachon yo’l qo’yilmaganidek tarzda tuzatish.
Hisobot davridan keyingi hodisalar - hisobot davri tugagan sana bilan moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish uchun tasdiqlash sanasi o’rtasidagi oraliqda yuzaga kelgan, ijobiy va salbiy, hodisalardir. Hodisalar ikki xil bo’la oladi:
hisobot davrining oxirida mavjud bo’lgan shart-sharoitlarni tasdiqlaydigan hodisalar (tuzatishlar kiritilishini talab etadigan hisobot davridan keyingi hodisalar); va
hisobot davridan keyin yuzaga kelgan shart-sharoitlarni ko’rsatadigan hodisalar (tuzatishlar kiritilishini talab etmaydigan hisobot davridan keyingi hodisalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |