2-boshlovchi
Ya’nikim, buning ma’nosi (Haq yo’lida bizga ming ranju qiyinchilik bilan saboq bergan muallimlarning mashaqqatli mehnatlari haqqini hech bir boylik yoki ganjina bilan o’lchab bo’lmaydi. Ularning mehnatlari beqiyos benazirdir).
1-boshlovchi
Dunyo har kimga ham nassib etmagan,
Nogohoniy, idrok sohibi sizsiz,
Marvarid limmolim ummon desam kam
Siz chizgan qalamdan qolgan har bir iz.
2-boshlovchi
Aziz tadbir ishtirokchilari bundan 50 yil muqaddam shu zalda o’tirgan nuroniy ustozlarimizga ta’lim bergan va ularni o’qitgan ularning ustozlari mana shu zalda mehmon bo’lib o’tiribdilar. Hozirgi so’z yubileylarimizga ta’lim bergan Filologiya fanlari nomzodi, dotsent, olim, shoir, ustoz Bolta Yoriyevga.
1-boshlovchi
Ustozlar nomingiz azaldan aziz,
Qalblar ziyokori bo’lganingiz chun,
Ortingizdan qolar doim nurli iz,
Siz bor onggimizda yorishgaydur tun!
2-boshlovchi
Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go’yo u nur kabi bizni chorlaydi,
Siz mening tundagi yorug’ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim!
1-boshlovchi
Sizning qo’lingizda bugun shu soat,
Ko’kning mehvariyu, yerning nuqtasi,
Fazokor lochinlar, parvozida siz,
Olam sizlar bilan gapning puxtasi!
Endigi so’z navbati hurmatli yubileylarimizga ta’lim bergan yana bir aziz ustozimiz To’raxon Toshmurodovga. Marhamat ustoz.
2-boshlovchi
Afsonalarga ko’ra, mashhur sarkarda , Iskandar Rumiydan “ Nechun Arastuni otanggizdan ortiq izzat qilasiz?” , deb so’radilar. Iskandar Rumiy javob berdi: “Otam go’yoki, meni osmondan yerga tushurdi. Ammo ustozim Arastu meni yerdan osmonga ko’tardi. Ya’ni, otam meni dunyoga kelmog’imga sabab bo’ldi.Ustozim ilm va odob o’rgatib, martaba va izzatimning ortmog’iga sabab bo’ldi” .
1-boshlovchi
Azizlar, afsonada ko’rinib turibdiki, dunyoni o’z ilmu ma’rifati bilan lol qilgan insonlar ham doim ustozini yuksak qadrlagan, izzat hurmatini joyiga qo’ygan.
2-boshlovchi
Endigi navbat, yubileylar nomidan tabriklash bitiruvchilaridan so’z O’zbekiston Xalq ta’limi a’lochisi, Mehnat shuhrati ordeni sohibi ustoz Do’stqobil hoji Qodirovga. Marhamat ustoz!
1-boshlovchi
Esimizda ellik yil burun,
Topar edik, o’qish huzurin,
Biz Ter Du da talaba edik,
Qalbda niyat g’alaba edik!
Kursdosh edik ellik uch kishi,
Qadrdonlar yurish turishi,
Bir mayizni bo’lib yeganmiz,
Do’stligimiz abad deganmiz!
2-boshlovchi
So’ng bitirdik, oliy dargohni
Hayot sari burdik nigohni,
Yana g’ayrat bizlarga hamdam
El nafini ko’zladik mudom.
Tomirlarda oqdi matonat
Niyat berdi parvozga qanot,
Chaqqon bo’ldik ishda, mehnatda
O’z o’rnimiz topdik hayotda!
1-boshlovchi
Hojilardir Do’stqobil, Abrash
Yana Husan qalblari otash,
Olim bo’ldi Sharif-u Qudrat
Balli dedik, aytdik hasanot.
“ Odobnoma” yaratdi, Qodir
Kitobiga hikmatlar jodir
Jovli bo’ldi pahlovon, nomdor
To’ra mohir toshga xat bitar!
2-boshlovchi
Sa’dullayev, Jumagul, Salim
Viloyatda nomlari ma’lum
Malohat-u, Hamida ham zo’r
Direktorlik yarashganin ko’r.
Oshpaz bo’ldi Qodirjon aka
Jurnalistlar Annaqul yakka
Qalamiga kuchin aylab jam,
Obro’ topdi Abduraim ham!
1-boshlovchi
Do’stlar nomlarini aylagaymiz yod,
Oxirati bo’lsin deb obod
Qolganlarga tilaymiz umr,
Tugamasin qalblarida nur.
2-boshlovchi
Ko’rib umr nasibasini,
Ham ellik yil hosilasini,
Zavqlarimiz beadoq bo’lsin
Diydorlashuv muborak bo’lsin!
1-boshlovchi
Endigi so’z navbati bitiruvchilardan O’zbekiston Xalq ta’limi a’lochisi, uzoq yillar maktab direktori bo’lib ishlagan ustoz Jumagul Boltayevaga. Marhamat ustoz!
2-boshlovchi
Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrapni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni- Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
1-boshlovchi
Lekin bu hayot nish-sanchiqlaridan,
Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogirdin o’ylab yotgan kim?...
Oddiy muallim-da oddiy muallim!
2-boshlovchi
Endigi navbat “Ilk qaldirg’ochlar kitobining taqdimoti” ni o’tkazamiz. Buning uchun so’z kitob mualliflaridan biri yubilyar bitiruvchi O’zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi a’zosi Annaqul Shoymardonov ustozga. Marhamat.
1-boshlovchi
Dunyoda muallim bo’lmasa agar
Hayot ham bo’lmasdi go’zal bu qadar.
2-boshlovchi
Kimki, bu hayotda olmasa ta’lim
Unga o’rgata olmas hech bir muallim.
1-boshlovchi
Endigi navbat bitiruvchilar o’z ustozlariga tabriklari va esdalik sovgalarini topshirish marosimini o’tkazamiz. Buning uchun so’z Filologiya fanlari nomzodi, dotsent, ustozimiz Sharif Yoqubovga. Marhamat.
2-boshlovchi
Endi esa navbat san’atkorlarga.
1-boshlovchi
Ustozlik maqomi- oliy saodat. Kamol yo’lida bizga saboq, hayotda o’z o’rnimizni topishga ko’mak bergan muhtaram ustoz-u muallimlarimiz oldida bir umr qarzdormiz.
2-boshlovchi
Alloh sharafli va mas’uliyatli kasbda sobitqadam bo’lgan aziz uztoz-muallimlarimizga tuganmas kuch-quvvat, mehr-muhabbat bersin, ilmu-bilimlarini yanada ziyoda qilsin, ikki dunyo saodatiga musharraf etsin!
1-boshlovchi
Aziz ustozlar bugungi diydor uchrashuvinggiz yana bir muborak bo’lsin. Bundan keying ishlaringgizga ulkan muvafaqqiyatlar va zafarlar tilab qolamiz. Farzandlaringgiz va biz shogirdlaringgiz baxtiga sog’-omon bo’lingiz.
2-boshlovchi
Aziz davra qatnashchilari e’tiborlaringgiz uchun rahmat!!!!!!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |