2.1. Ko’p ishlatiladigan komponentlar bilan tanishish.
Quyida ko’rib chiqiladigan komponentlar orqali umumiy holatda Windows va OSX operatsion tizimlari hamda iOS va Android Paltformalari uchun dasturiy mahsulotlar yaratish uchun ishlatiladi.
- TrackBar komponenti yordamida butun tipli o’zgaruvchilar qiymatlarini asta-sekinlik bilan surish orqali o’zgartirish mumkin. Bu turdagi elementdan asosan multimedia mahsulotlarida ko’p foydalaniladi. Jumladan, AudioPlayerlarda ovozni ko’tarish va pasaytirish hamda yangrayotgan kuyni orqaga qaytarish va oldinga siljitish va boshqalar.
— - ProgressBar komponenti vaqtga bo’glangan holda jarayonlarni
bajarilishini tasvirlovchi element hisoblanadi. ProgressBar va TrackBar komponentlarini qysidir ma’noda bir xil vazifada ishlatsa bo’ladi, faqatgina TrackBar komponentining Slider (Surgich)ini o’chirib qo’yish kerak bo’ladi.
J - UpDown komponenti yordamida o’zgaruvchilar va ayrim komponentlar qiymatlarini ortirish va kamaytirish mumkin. Bu component asosan butun tipli qiymatlar bilan ishlaydi lekin, haqiqiy sonli, sana va vaqt tipidagi ma’lumotlar bilan ishlashga qobiliyati mavjud.
J - RichEdit komponenti ishlash prinsipi va foydalanilishi bo’yicha Standart komponentlar palitrasidagi Memo komponentiga teng kuchli element hisoblanadi. Biroq, uning yordamida bajariladigan vazifalar va imkoniyatlar bo’yicha esa RichEdit komponentining afzalliklari ko’proqdir.
- ImageList komponenti rasmlar ro’yxati hisoblanadi. Undan asosan ilova menyulari uchun bir xil hajmdagi rasmlarni yuklash va saqlash uchun foydalaniladi.
-A - DateTimePicker komponenti ilovalarga turli formatdagi sana va vaqtlarni visual rejimda kiritish imkoniyati yaratadi.
J - MonthCalendar komponenti esa kalendar bilan bog’liq har qanday operatsiyalarni bajarish uchun xizmat qiluvchi element hisoblanadi.
15
—1 - StatusBar komponenti yordamida har qanday dastur uchun holat satrini yaratish mumkin. Odatda, holat satri ilova oynasining quyi qismiga o’rnashadi.
-=Lz - ToolBar komponenti yordamida piktogrammali uskunalar panelini yaratish mumkin. Uskunalar paneli elementlarini yaratish uchun odatda ActionList komponentidan foydalaniladi.
J? - CoolBar komponenti yordamida turli uskunalar panellari yaratish va uning elementlarini boshqarish mumkin bo’lgan imkoniyat yaratiladi.
I
- MainMenu o’z dasturingizga bosh menyu qo’shish imkonini beradi.
TmainMenuni formaga qo’ygan vaqtda u kichkina belgi ko’rinishini oladi. Bunday
belgilarni "ko’rinmas komponent" deb atash qabul qilingan. Chunki, dastur
bajarilash vaqtida ular ekranda ko’rinmaydi. Menyuni yaratish uch qadamdan
iborat: 1-TMainMenuni formaga o’rnatish, 2-ob’ektlar inspektorining Items
xususiyati yordamida Menyu dizaynerini chaqirish, 3-Menyu Dizaynerida menyu
qismlarini kiritish.
PopupMenu - asosiy menyuga analog holdagi menyu bo’lib, u bog’langan sohalar uchun ishlaydi. Mazkur menyu bir ustunda joylashgan bo’ladi hamda faqat kontekst menyu ko’rinishidagina ishlaydi.
Label matnlarni ekranda namoyish qilish uchun qo’llanadi. Agar ob’ektlar inspektorining Font xususiyatiga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosilsa Labelning shrifti, rangi, harflar rangi va o’lchamlarini o’zgartishingiz mumkin.
Edit - Satr tipidagi ma’lumotlarni kiritish imkonini beruvchi maydon bo’lib, har qanday interaktiv ilovalarni yaratish juda foydali komponent hisoblanadi.
Button - dastur bajarilash vaqtida tugma bosilishi bilan biror amal
bajarilishini ko’zda tutadi. Delphida hamma narsa oddiy. Buttonni formga ko’yib,
16
unga ikki marta sichqoncha tugmasini bosilsa, dastur matni muharririda tugma bosilish holatiga dastur tuzish mumkin bo’lgan oyna ochiladi.
Я ComboBox - Ushbu component ListBox bilan bir hil ishlaydi. Lekin, uning farqi shundaki, bu component sichqoncha bilan bosilganda buyruqlar ro’yhati keyin oqib tushuvchi menyu ko’rinishida tasvirlanadi.
I—i Panel - formani turli maqsadlarda bo’lish va dizayn berish imkonini beruvchi component hisoblanadi.
17
Komponentlar xususiyatlari va hodisalari bilan tanishish.
- TrackBar komponentidan yuqorida aytganimizdek, multimediali dasturiy mahsulotlar uchun ishlatiladi. TrackBar quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: Max - TrackBar ning maksimal qabul qiluvchi qiymati;
Min - TrackBar ning minimal qabul qiluvchi qiymati;
Position - TrackBarning mazkur vaqtdagi qiymati;
Orientation - xususiyati orqali TrackBar qanday holatda aks etilishini belgilanadi. trHorizontal va trVertical.
ThumbLength - xususiyatiga sonli qiymat berish orqali TrackBarning sliderini eni o’zgartirish mumkin.
TickMarks- xususiyati TrackBar qiymatlarini ko’rsatish uchun xizmat qiladi va u quyidagi qiymatlarga ega: tmBoth, tmBootomRight va tmTopLeft.
TickStyle - xususiyati orqali esa TrackBarda aks etuvchi belgilarni aks etishida foydalaniladigan tsNone, tsAuto va tsManual usullaridan foydalaniladi.
PositionToolTip- sichqancha bilan harakatlantirilganda faol qiymati qalqib chiquvchi pozitsiya tanlanadi va ular quyidagicha: ptNone, ptLeft, ptRight, ptTop va ptBottom.
Mazkur komponentdan foydalanishda onChange va onContextPopup ko’p qo’llaniladigan hodisalar hisoblanadi.
— - ProgressBar jarayonni bajarilishini ko’rsatib turuvchi bo’lganligi uchun
ham uning holatini to’g’ridan-to’g’ri o’zgartirib bo’lmaydi. ProgressBar komponentining o’ziga xos xususiyatlar quyidagicha: Max - ProgressBar ning maksimal qabul qiluvchi qiymati;
Min - ProgressBar ning minimal qabul qiluvchi qiymati;
Position - ProgressBar mazkur vaqtdagi qiymati;
Orientation - xususiyati orqali ProgressBar qanday holatda aks etilishini belgilanadi. pbHorizontal va pbVertical.