Srfgsrfgfd



Download 188,19 Kb.
bet2/10
Sana08.01.2022
Hajmi188,19 Kb.
#334891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
NAZARIY QISM

  1. Zamonaviy dasturlash tillari.

Hozirgi kunda respublikamizdagi texnika oliy o‘quv yurtlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” yo‘nalishi va mutaxassisliklariga turli xil dasturlash tillarini o‘rgatish mo‘ljallangan. Bizga ma’lumki, dasturlash tillarining yuzdan ortiq ko‘rinishlari mavjud, lekin qo‘llanilishi ko‘lamiga qarab Delphi, Java, C++ va C# dasturlash tillari yuqori dasturlash sinfiga mansubdir.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra C++ dasturlash tili Assembler dasturlash tiliga eng yaqin bo‘lib, tezlik jihatidan 10 % ortda qolar ekan.

Keyingi yillarda amaliy dasturchilarga juda ko‘p integratsion dastur tuzish muhitlari taklif etilmoqda. Bu muhitlar u yoki bu imkoniyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Aksariyat dasturlashtirish muhitlarining fundamental asosi C++ tiliga borib taqaladi.

Ushbu kurs ishida hozirgi kunda kompyuterda berilgan funksiyalarni grafigini va har xil ko‘rinishdagi shakllarni chizish va ularni aniq koordinatalarini aniqlash, ekranni grafik rejimga o‘tkazish va undagi mavjud piksel va ranglardan foydalanish kabi vazifalarni o‘rganishga olib keladi.

Hozirgi vaqtda dasturlashga bo‘lgan qarash birmuncha o‘zgargan, ya’ni dasturlar yozilishidan tashqari ilovalar loyihalanadi ham. Visual Basic yuqori darajadagi ilovalar yaratish vositasi bo‘lib odatdagi Basic dan keskin farq qiladi. Faqatgina odatdagi Basic ning operatorlari va dasturlash sintaksisiga tayanadi. Visual Basic o‘rganish uchun nisbatan sodda bo‘lishiga qaramasdan uning yordamida murakkab komppyuter dasturlarini yaratish mumkin.

Basic so‘zi Beginner’s (boshlang’ich) All-purpose (universal) Symbolic (belgili) Instruction Code (buyruqlar tizimi) dan hosil bo‘lgan. Vizual so‘zi bu tilning mazkur dastur versiyasidagi dastur tuzish jarayonida ko‘plab operatsiyalar vositalar yordamida, ya’ni bevosita kodlarni yozmasdan bajarilishini anglatadi. Dasturlar tuzish sermashaqqat jarayondir, lekin Visual Basic bu ishni sezilarli darajada soddalashtiradi. Visual Basicning yana bir yutug‘i shundaki, u Microsoft


6





Office paketi dasturi va Internet resurslari bilan ishlaydi. Visual Basic bir necha versiyada ishlab chiqariladi.

  1. Learning Edition (O‘quv taxriri). Bu versiya tajribasi kam (boshlovchi) dasturchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Windows da ishlovchi dasturlar tuzish uchun zarur bo‘lgan faqat asosiy imkoniyatlar va elementlarni o‘zida jamlagan.

  2. Professional Edition - (Professional kasbiy tahriri). Kompilyator dasturlari ishini tezlashtiruvchi - ActiveX qo‘shimcha komponentlarini va ma’lumotlar bazalarini boshqarishning kengaytirilgan vositalarini o‘z ichiga oladi. Bu versiya jiddiy ilovalarni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan

  3. Enterprise Edition (Korxonalar uchun tahriri) ko‘pchilik foydalanuvchili ma’lumotlar bazalariga ega ilovalarni ishlab chiqishga imkon beradi va ilovalarni dasturchilar guruhlari hamkorlikda ishlab chiqish vositalarini o‘z ichiga oladi.

  4. Visual Basic for Applications (Ilovalar uchun Visual Basic). Visual Basic ning mazkur versiyasi Microsoft Office dasturi tarkibiga kiradi. Agar sizda Office ning to‘liq versiyasi yoki bu paketning istalgan komponenti bo‘lsa, u holda sizda Visual Basic ning ilovalar uchun versiyasi ham bor bo‘ladi.

Java dasturlash tili birinchi bo‘lib 1991 yili Sun Microsystems tomonidan ishlab tadqiq etilgan. O‘sha yillarda Java faqat elektron qurilmalar - televizor, video magnitafon, non isitish qurilmasi va shu kabilarga dasturlar yozish uchun foydalanilgan. O‘sha vaqtlarda Java ning maqsadlari uning ixcham, tezkor, samarali, oson va keng miqyosdagi elektron qurilmalarga moslashuvchan dasturlash tili etib yaratish bo‘lgan. Xuddi shu maqsadlar Javani World Wide Web da ishlay oladigan, umumiy maqsadlarga yo‘naltirilgan xamda barcha platformalarda ishlay oladigan ideal dasturlash tili bo‘lib shakllanishiga asos bo‘lgan.

Java tilidan Sun (Oak nomi ostida) tomonidan ko‘pgina loyixalar yaratishda foydalanilgan, lekin u ko‘pchilikning nazariga 1994 yilda Hot-Java bilan birlashmaguniga qadar tushmadi. Oradan bir qancha vaqt o‘tib Netscape o‘zining brauzeriga Hot-Java ning barcha imkoniyatlarini qo‘shib olganidan so‘ng Java ga bo‘lgan qiziqish anchagina ortdi.


7





Java Applet larini ishlatish va ularni ko‘rish uchun sizga biror bir Java- enabled brauzer kerak bo‘ladi. Shuni xam aytish joizki Netscape 2.0 va undan yuqori versiyalari Internet Explorer 3.0 yoki undan yuqori versiyalari orqali siz bemalol Java Applet larni ishlatib ko‘rishingiz mumkin. Siz yana Sun ning o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan Hot-Java brauzerini xam Appletlarni ko‘rishda ishlatishingiz mumkin. Lekin Java ning yuqoriroq versiyalarida yozilgan Applet larni o‘zidan oldingi versiyadagi Hot-Java brauzerlar orqali ko‘rish imkoniyati mavjud emas.


8



  1. Delphi dasturlash tili va uning tarixi.

Delphi tili 1969 yili N.Virt tomonidan yaratilib mashhur olim Blez Delphi nomi bilan ataldi. Bu til N.Virtning o’ylashi bo’yicha programmalashning zamonaviy texnologiyasiga va uslubiga, strukturali programmalash nazariyasiga asoslangan va boshqa programmalash tillaridan muayyan yutuqqa ega til bo’lishi lozim edi. Mazkur til:

  • Programmalashtirish konstepstiyasini va strukturasini sistemali va aniq ifodalaydi;

  • Programma tuzishni sistemali olib borish imkonini beradi;

  • Programma tuzish uchun boy termin va struktura sxemalariga ega;

  • Yo’l qo’yilgan xatoliklarni tahlil qilishning yuqori darajadagi sistemasiga ega.

1981 yili Delphi tilining halqaro standarti taklif etildi va IBM PC tipidagi shaxsiy kompyuterlarda Delphi tilining Borland firmasi tomonidan ishlab chiqilgan Turbo-Delphi oiladosh tili keng qo’llanila boshlandi. Hozirda Turbo-Delphining bir qancha versiyalari yaratilib, yuqori darajadagi programmalar yaratish imkoniyatlari borgan sari kengaytirilib borilmoqda:

S 4.0 versiyasidan boshlab programma yozishni, taxrirlashni va natijalar olishni osonlashtirish uchun yangi integrallashgan muhit hosil qilindi;

S 5.5 versiyasining paydo bo’lishi bilan Turbo-Delphida ob’ektli

programmalash imkoniyati paydo bo’ldi;

S 6.0 versiyasidan boshlab esa Delphi programmasi ichiga quyi programmalash tili bo’lmish Assembler tilida yozilgan programmalarni qo’shish holati hosil qilindi. Shu bilan bir qatorda tilning integrallashgan muhiti ham bir qator o’zgarishlarga ega bo’ldi;

S 7.0 versiyasidan boshlab esa Delphi dasturlash tili VCL ilovalari bilan ishlash imkoniyati paydo bo’ldi hamda ilovalarga ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash tili deb tan olindi;

Delphi dasturlash tili Borland firmasidan Embaracadero Rad Studio loyihasiga aylantirilganidan so’ng, yangi FireMonkey texnologiyasi yaratildi. Shu


9





kunga qadar Embaracadero Rad Studio ning XE-XE8 versiyalari ishlab chiqarildi. Bu versiyalarning ishlab chiqarilishi bilan dasturlashda Delphining mavqei ancha ko’tarildi. Hozirda Delphi dasturlash tili yordamida Windows x32, Windows x64, iOS, iOSX, Android platformalari uchun hamda Windows 8 interfeysiga ega bo’lgan murakkab darajali dasturiy mahsulotlar yaratilmoqda.


10



  1. Delphi dasturlash muhitining ishchi interfeysi.

Delphi dasturlash muhitining tashqi ko’rinishi Windowsda ko’rish mumkin bo’lgan boshqa dasturlash muhitlari ko’rinishidan farq qiladi. Masalan, Borland Pascal for Windows 7.0, Borland C++ 4.0, Word for Windows, Program Manager - bularning barchasi MDI dasturlari hisoblanadi va Delphiga o’xshamaydi. MDI (Multiple Document Interface) - bitta asosiy oynaning ichida bir nechta quyi tipdagi oynalarni boshqarishni bildiradi. Delphi muhiti esa, Single Document Interface (SDI) deb nomlanuvchi boshqa xususiyatga amal qiladi va alohida joylashgan bir nechta oynadan iborat. Agar siz Delphiga o’xshash SDI dasturlardan foydalansangaz, boshqa dasturlar oynalari uni yopib qo’ymasligi uchun ularni pastga tushirib qo’yish kerak. Agar boshqa dasturga o’tish zaruriyati tug’ilib qoladigan bo’lsa, Delphi dasturi bosh oynasidagi kichraytirish tugmasini bosish kifoya.

Delphi dasturlash muhiti oddiy usul bilan ishga tushiriladi, ya’ni, Windows da Пуск menyusidan Программы bo’limidagi Borland Delphi? satridan Delphi 7






Download 188,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish