Ma'lumotlar tipi. Relyatsion MB da har bir ma'lumot tipiga muvofiq saqlanadi. ANSI/ISO SQL1 va SQL2 standartlarida berilgan tiplar ro'yxati quyida keltirilgan
SQL1 da quyidagi tiplar ishlatiladi:
• O'zgarmas uzunlikdagi belgili satrlar - bu ma'lumotlar tipiga mansub bo'lgan ustunlarda odatda, insonlar, kompaniyalar nomlari, manzillar va boshqalar saqlanadi.
• Butun sonlar. Bunday tipdagi ustunlarda sonlar saqlanadi. Butun sonlar bundan tashqari identifikatorlarni saqlash vazifasini ham bajaradi.
• Kasrli butun sonlar. Bunday ma'lumotlar tipidagi ustunlarda kasr qism aniq hisoblanishi kerak bo'lgan kasr sonlar saqlanadi. Bundan tashqari bu ustunlarda pulli qiymatlar ham saqlanadi.
• Haqiqiy sonlar. Bunday tipdagi ustunlarda taxminiy sonlarni saqlash mumkin. Bunday tiplar orqali juda katta diapazondagi satrlar saqlanadi, lekin hisoblashlarda xatolik kelib chiqishi mumkin.
Qo'shimcha ma'lumotlar tiplari. Ko'pgirta MBBTlarida SQL1 standartida aniqlangan tiplardan tashqari ko'pgina boshqa tiplar ham mavjud. Quyida ulardan asosiylari ko'rsatilgan:
• O'zgaruvchi uzunlikdagi belgili simvollar uchun ko'pgina MBBTlarda VARCHAR tipi aniqlangan. Bu tipli ma'lumotlarda berilgan diapazonda uzunligi o'zgaruvchi belgili satrlar saqlanadi. SQL1 standartida esa o'zgarmas uzunlikdagi satrlar aniqlangan edi. Ular o'ng tomondan bo'sh joy bilan to'ldiriladi.
• Pul kattaliklari. Ko'pgina MBBTlarda MONEY yoki CURRENCY tipida pul kattaliklari mavjud. Pul kattaliklarini qo'llanishini asosiy sababi ma'lumotlarni ekranga belgilangan formatda chiqarishdir.
• Kun va vaqt. Kun va vaqt kattaligidagi qiymatlarni qo'llab —quvvatlash turli MBBTlarda keng tarqalgan. Bu ma'lumotlar tipidagi qiymatlar ustida turli operatsiyalarni bajarish mumkin. SQL2 standartida DATE, TIME, TIME STAMP, INTERVAL kabi ma'lumotlar tiplari aniqlangan. Ular orqali vaqt sekundning o'ndan bir qismigacha aniqlikda ifodalanadi.
• Mantiqiy berilganlar tipi. Ayrim MBBTlari mantiqiy tiplami qo'llab — quvvatlaydi (TRUE yoki FALSE )
Ma'lumotlar tiplarini turlicha aniqlash. SQL qo'llaniladigan turli MBBTlarda ma'lumotlar tiplarini turlicha berilishi, dasturlarning bir MBBTidan ikkinchisiga ko'chirilishiga xalaqit beradi. Ma'lumotlar tiplarini turlicha berilishiga misol qilib, kun va vaqtni olish mumkin. Masalan, DB 2 MBBTda quyidagi 3 ta ma'lumotlar tiplari mavjud:
• DATE - bu tip oy kunni ifodalaydi.
•TIME - bu tipda sutka vaqtlari ifodalanadi.masalan, "12:30 p m ";
• TIME STAMP - bu tipda vaqtning aniq holati nanosekundgacha aniqlikda ifodalanadi.
Aniq vaqt va holatlarni satrli o'zgarmaslar orqali ham ifodalash mumkin. Bundan tashqari vaqt qiymatlari ustida arifmetik operatsiyalarni ham bajarish mumkin.
MYSQL tilida jadval maydonlarining quyidagi tiplari mavjud :