SQL (Structured Query Language) tili strukturalashgan so'rov tili deyilib, u ma'lumotlar bazasi bilan aloqa o'rnatish uchun xizmat qiladi. SQL tili 70-yillar oxirida IBM firmasi tomonidan Sytem R nomli MB boshqarish tizimining tajribaviy loyihasini ish-lab chiqish doirasida yaratildi. Keyinchalik IBM firmasi tomonidan SytemR ga yaqin bo’lgan yana ikkita tizim — SQL/DS va DB2 tizimlari ishlab chiqildi. Bu tilning xalqaro standard 1986-yili ishlab chiqildi va u 1989-yilga kelib yanada kengaytirildi, uning xalqaro standaiti 1992-yil qabul qilindi. 1995-yilga kelib SQL92 standard yangi komponentlar bilan toidirildi. Birinchi bo'lib SQL dan foydalanish Oracle MBBT da ishlatildi.
DDL (Data Definition Language) ma'Iumotlarni aniqlash operatorlari;
DML (Data Manipulation Language) ma'lumotlar ustida manipulyatsiya qilish (murakkab harakatlar bajarish) operatorlari;
DQL (Data Query Language) ma'lumotlar bazasiga so'rovlar.
Adminstrativ ma'Iumotlar — ma'Iumotlar bazasini yaratish, unga kirishga ruxsat berish va parollarni o'zgartirishda kerak bo'ladi.
Tranzaksiya — bu ma'Iumotlar bilan manipulyatsiya qilib ketma-ket operatsiyalar yordamida MBBTga ta'sir etishdir. Tranzaksiya to’iliq bajariladi va ma'Iumotlar bazasini bir butun holatdan ikkinchi bir butun holatga o'tkazadi, biror xatolik yuz bersa, ma'Iumotlar bazasi boshlang'ich holatiga qaytadi.
Ma'lumotlarni aniqlash operatorlari — ma'Iumotlar bazasi jadvalini tuzish, o’zgartirish yoki o'chirish, indeks tashkil qilish (ma'lumotlarni tez izlab topish vositasi), har xil foydalanuvchi-lar bilan ishni tashkil qilish va boshqalarni amalga oshiradi.
Ma'lumotlarni aniqlash operatorlari — ma'Iumotlar bazasi jadvalini tuzish, o’zgartirish yoki o'chirish, indeks tashkil qilish (ma'lumotlarni tez izlab topish vositasi), har xil foydalanuvchi-lar bilan ishni tashkil qilish va boshqalarni amalga oshiradi.
Ma'lumotlar ustida manipulyatsiya qilish operatorlari — ma'Iumotlar bazasiga yozuvni qo'shish, o'chirish yoki yangilash imkonini beradi.