2.1.O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi qarori
Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholi, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar hamda infratuzilmani yaratish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi, imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik, vatanparvarlik va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkil etish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash va jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, respublikamizning chekka hududlarida bolalar va o‘smirlar sport maktablarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy standartlarga asosan tashkil etilmaganligi, umumta’lim maktablarida sport infratuzilmasi to‘liq shakllantirilmaganligi, faoliyat yuritayotgan sport ta’lim muassasalarida tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolayotganligi mazkur jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini samarali olib borish va mavjud sport komplekslari salohiyatidan to‘liq foydalanish imkoniyatini bermayapti. Xususan:
-birinchidan, mavjud bolalar va o‘smirlar sport maktablarining soni o‘tgan davrlarda maqbullashtirilishi respublikamizda, ayniqsa, chekka hududlarda bolalar va aholini ommaviy sport bilan qamrab olishga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda;
-ikkinchidan, sport inshootlari mavjud talabdan va aholining real joylashishidan kelib chiqib joylashtirilmaganligi, aksariyat sport inshootlari infratuzilmasining jismonan va ma’nan eskirganligi, sport jihozlari bilan to‘liq ta’minlanmaganligi ularda amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini to‘liq ta’minlamayapti;
-uchinchidan, xalqaro standartlarga javob beradigan loyihalash tizimi hamda sifatli mahalliy sport jihozlari va anjomlarini imkoniyatlardan kelib chiqib ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmaganligi mazkur yo‘nalishdagi harakatlarni qo‘llab-quvvatlashning ta’sirchan mexanizmini joriy etish imkonini bermayapti;
-to‘rtinchidan, barpo etilayotgan sport inshootlarining loyihalari zamonaviy standartlarga muvofiq hamda mamlakat iqlim sharoiti inobatga olinmagan holda ishlab chiqilganligi, qurilish-montaj ishlarida mehnat sarfi va materiallar ortiqcha sarflanishiga, foydalanish davrida saqlash xarajatlari oshib ketishiga va qisqa muddatlarda ta’mirtalab ahvolga tushib qolishiga sabab bo‘lmoqda;
-beshinchidan, umumta’lim maktablari sport zallari bilan to‘liq ta’minlanmaganligi jismoniy tarbiya o‘quv darslarini malakali o‘tkazishga, sport seksiyalari va to‘garaklari faoliyatini muntazam ravishda tashkil etishga, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga imkoniyatni chegaralamoqda;
-oltinchidan, sport inshootlarining xalqaro standartlarga javob beradigan sifatli hamda zamonaviy sport jihozlari va anjomlari bilan ta’minlanmaganligi milliy terma jamoalar tarkibini yuqori malakali sportchilar bilan to‘ldirish hamda sport zaxirasini shakllantirish ishlarini ortga surmoqda.
2017 ― 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirilishiga oid Davlat dasturida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020 — 2024-yillarda respublikada bolalar va o‘smirlar sport maktablari, umumta’lim maktablarida sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash davlat dasturining (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi):
a) 2020 ― 2022-yillar mobaynida amalga oshiriladigan:
-bolalar va o‘smirlar sport maktablarida quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va kapital ta’mirlanadigan sport obyektlarining asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
-umumta’lim maktablarining zamonaviy sport zallarini qurish va rekonstruksiya qilishning asosiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
b) 2023-2024-yillar mobaynida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni tasdiqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarori loyihasi 2022-yil 1-oktabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritilsin.
2. Quyidagilar Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
aholining barcha qatlamlarini sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishga jalb etish, yoshlar sport ta’limi sifatini oshirish, barcha hududlarda, ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda bolalar sporti obyektlari tarmog‘ini kengaytirish orqali jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish;
-yuksak ma’naviyatli, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan fidoyi, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yashash hududidan qat’i nazar barcha o‘quvchi-yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash;
-jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslari qurish, ularni zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish;
-xalqaro ilg‘or tajribadan foydalanib xorijiy mutaxassislar va tashkilotlarni jalb etgan holda yuqori tejamkorlik, innovatsion texnologiyalarga asoslangan loyihalash va qurilish-montaj ishlari tizimini joriy qilish;
-mavjud o‘quv-metodik, moddiy-texnik bazani har tomonlama mustahkamlash va takomillashtirish, ta’lim jarayoniga sportchilar tayyorlashning sifat jihatidan yangi darajasini ta’minlaydigan zamonaviy jihozlar va texnik vositalarni joriy etish.
3. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
a) bolalar va o‘smirlar sport maktablarini:
qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash qismi bo‘yicha ― O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida nazarda tutiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
jihozlash (qayta jihozlash) qismi bo‘yicha ― O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
b) umumta’lim maktablarida zamonaviy sport zallarini qurish, rekonstruksiya qilish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash qismi bo‘yicha ― O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy budjetlari mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
xorijiy kreditlar va grantlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(3-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Quyidagilar:
a) bolalar va o‘smirlar sport maktablarini:
Oldingi tahrirga qarang.
qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari bo‘yicha buyurtmachi etib ― O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi;
(4-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 481-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)
jihozlash (qo‘shimcha jihozlash) bo‘yicha buyurtmachi etib ― O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi;
b) umumta’lim maktablarida sport zallarini:
qurish va rekonstruksiya qilish ishlari bo‘yicha buyurtmachi etib — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifati monitoringini olib borish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha filiallari;
jihozlash (qo‘shimcha jihozlash) ishlari bo‘yicha buyurtmachi etib ― O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi belgilansin.
Bunda, jismoniy tarbiya va sport obyektlarini hamda umumta’lim maktablarining sport zallari bo‘yicha texnik topshiriqlarni ishlab chiqish, qurilish obyektlari monitoringini olib borish uchun tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi mas’ul hisoblanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qaror bilan quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va kapital ta’mirlanadigan bolalar va o‘smirlar sport maktablari va umumta’lim maktablarining sport zallarini jihozlash ishlari har yili bolalar va o‘smirlar sport maktablari va umumta’lim maktablarini jihozlash (qo‘shimcha jihozlash) manzilli dasturlarini shakllantirishda inobatga olinishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasinlar.
Belgilab qo‘yilsinki, har yili bolalar va o‘smirlar sport maktablari va umumta’lim muassasalarini jihozlash (qo‘shimcha jihozlash) manzilli dasturlarini shakllantirishda har bir ta’lim muassasasining moddiy-texnika jihatidan amalda ta’minlanganligi holati hisobga olinadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yilda va kelgusi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda mazkur qaror bilan budjetdan ajratilishi nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar yo‘naltirilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda 2020 ― 2022-yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlari loyihalarini shakllantirishda mazkur qarorga muvofiq sport obyektlarini belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin;
Qurilish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-oktabrga qadar xalqaro tajriba va mamlakatning tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olib, turli xil sport o‘yinlariga moslashuvchan (transformer), ekologik toza materiallar va energiyaning muqobil manbalaridan foydalanib hamda ilg‘or texnologiyalar va muhandislik yechimlarini qo‘llagan holda bolalar va o‘smirlar sport maktablari namunaviy loyihalarini qayta ko‘rib chiqsin va joriy etsin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
mazkur qarorga muvofiq obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ishlab chiqilishini hamda vakolatli ekspertiza organlari tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlariga Dastur doirasida o‘z vaqtida, sifatli, zamonaviy talablar hamda mablag‘lar tejamkorligi tamoyillari asosida qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishi, sport obyektlaridan samarali foydalanish, ularning yil davomida uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida shaxsiy javobgarlik yuklatiladi.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduhakimov, jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev va xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |