Sportda bashorat qilish va modellashtirish



Download 4,24 Mb.
bet20/95
Sana21.06.2022
Hajmi4,24 Mb.
#688252
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   95
Bog'liq
Sporda Pragnozlashtiris MAGISTR majmua

Oyoq va qo‘l uzunligi. J. Tanner (1964) tomonidan olingan ma’lumotlar, Olimpiada o‘yinlari qatnashchilarining oyoq uzunligi ko‘rsatkichlari Ukraina va Polsha jamoalari sportchilarinikidan biroz kattaligini ko‘rsatadi.
Oyoq uzunlining eng kam ko‘rsatkichi (engil atletikaning deyarli barcha turlari bo‘yicha) Polsha sportchilariga tegishli. Ukrainalik sportchilari Olimpiada o‘yinlari qatnashchilarining ko‘rsatkichlari bir-biriga yaqin.
400 va 110 m ga barerlar bilan yuguruvchilar, balandlikka sakrovchilar, disk va bolg‘a uloqtiruvchilarning oyoqlari uzunligi e’tiborni tortadi.
Qo‘llar uzunligi bo‘yicha alohida guruhlarni ajratib bo‘lmaydi; yagona istisno – Olimpiada o‘yinlari qatnashchilari disk uloqtiruvchilarga tegishli, ularning bu belgi ko‘rsatkichlari katta.
Elka va toz diametri. Tahlillarningg ko‘rsatishicha bu ko‘rsatkich Ukraina terma jamoasi sportchilarida katta, Olimpiada o‘yinlari qatnashchilarida o‘rtacha, Polshaliklarda kichik.
Eng katta diametr baland bo‘yli sportchilar – katta og‘irlikli uloqtiruvchilarga tegishli. Uzoq masofaga yuguruvchilarda bu ko‘rsatkich past.
Toz ko‘rsatkichlarining o‘rtachasi bo‘yicha turli sport guruhidagi sportchilarning belgilari yuqoridagilarga o‘xshash.
Elka va toz aylanasi. Elka aylanasi ko‘rsatkichlariga muvofiq, engil atletikaning deyarli barcha yo‘nalishlari bo‘yicha eng katta ko‘rsatkichlar Ukraina terma jamoasining sportchilariga tegishli, eng pasti – Polshalik sportchilarda. Mazkur belgilar uloqtiruvchilarda engil atletika turlarining boshqa vakiilariga nisbatan ancha farq qiladi.
Toz aylanasi bo‘yicha aralash guruh - olimpiadachilar va Ukraina, hamda Polshalik sportchilar orasida katta farq kuzatilmadi.
Eng katta ko‘rsatkichlar uloqtiruvchilarda, eng kichik - qisqa masofaga yuguruvchilarda.
Turli milliy jamoalar sportchilarning gavda tuzilishini o‘rganish va taqqoslashda bo‘ylama ko‘rsatkichlar bo‘yicha farq kuzatilmadi, yonlama bo‘yicha ahamiyatli bo‘lmagan farq mavjud.
O‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, sportchiga engil atletikaning turli yo‘nalishlarida yuqori natijalarga erishish uchun ma’lum antropometrik ko‘rsatkichlarga va organizmning boshqa tizimlari bilan bir qatorda sport natijalariga ta’sir ko‘rsata oladigan mos ravishdagi somatik rivojlanish darajasiga ega bo‘lish kerak.
Suzish - engil atletikaning ba’zi yo‘nalishlari kabi davriy sport turi bo‘lib har xil quvvatlarda ish bajarilishini talab etsada, shartlari bo‘yicha boshqa sport ixtisosliklaridan keskin farq qiladi. Bu erda, tananing tuzilishi va shakli katta ahamiyatga ega. Morfologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ideal sportchi deb, baland bo‘yli, tana uzunligi va ko‘ndalang ko‘rsatkichlarning yaxshi nisbatiga, gorizontal holda turg‘unlikka va yuqori suzuvchanlik sifatiga ega hamda teri osti yog‘ qatlami teng taqsimlangan sportchilarni atash mumkin.
Amerikalik olim T.Kyureton (1978), SHeldon klassifikatsiyasidan foydalangan holda, xalqaro toifadagi suzuvchilar orasida sprinterlar mezomorf, 400 va 1500 m ga suzuvchilar endomorf turga mansubligini aniqlagan.
Agar suzuvchilar boshqa sport turlari vakillari bilan taqqoslansa, ularning tana, oyoq va qo‘l uzunligi bo‘yicha ko‘rsatkichlari eng kattaligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
A.Strokinaning (1964) ma’lumotlariga ko‘ra, suzuvchilar nisbatan kalta gavda, uzun oyoq va boldirlarga egalar, proporsiyalari bo‘yicha mezomorf va braximorf turlarga kiradilar, suzuvchi ayollar esa baland va o‘rta bo‘y, to‘g‘ri hamda bir tekis taqsimlangan teri osti yog‘i, yaxshi rivojlangan qo‘l mushaklari sohibalari.
Ambruster (1956), suzish bo‘yicha eng yirik mutaxassislardan birining fikricha, suzuvchi uchun anatomik ko‘rsatkichlar eng muhim hisoblanadi. Demak, uzun qo‘llar – bu yaxshi richag, lekin u faqat qo‘l va elka oldini baquvvat mushaklar bilan ta’minlangan holdagini foydali bo‘ladi. Ingichka, lekkin kuchli toz. Sprinter-suzuvchining oyoqlari tekis va kuchli payli, uzun va xushbichim. Oyoq kafti uzun, ingichka va egiluvchan, xaraklari erkinligi bo‘yicha baliq dumining xarakatlariga yaqinlashishi kerak.
N.Bulgakovaning (1986) ta’kidlashicha, ba’zi suzuvchilarning tozi shakli bo‘yicha oquvchanlikning tabiiy chiziqlariga mos keladi. Bunday suzuvchilar tor toz va katta bo‘lmagan yassi qoringa ega. Ular, katta toz va qoringa ega bo‘lgan suzuvchilar oldida ma’lum ustunlikka egalar. Keng tozli suzuvchilarga suvning katta qarshiligini engishga to‘g‘ri keladi, chunki suv oqimi keng toz va qorin atrofidan o‘tib, aylanma xarakatlari hisobiga qarshilikni kuchaytiradi.


Sport va badiiy gitmkastika - Ukrainalik mashxur sport antropologi O.Nedrigaylova (1964) gimnastikachilarning uzun gavdasiga va kuchli rivojlangan elka aylanasiga e’tibor qaratdi. Mazkur sport ixtisosligi vakillarining tana tuzilishi xususiyatlarining ko‘rsatkichlariga bag‘ishlangan to‘la ma’lumotlarni boshqa antropologlarning ishlarida ko‘ramiz.
N.Lutovinova va M.Utkinalarning (1965) ma’lumotlariga ko‘ra, gimnastlar o‘rta bo‘yli bo‘lishadi, tananing yuqori qismi, asosan elka aylanasi keng va kuchli bo‘rtib turadigan mushaklarga ega. Tananing pastki qismi xudi biroz engillashtirilganday; ingichka bel, tor toz, ingichka va biroz bo‘rtib turadigan mushakli xushbichim oyoqlar. Gavda nisbatan qisqa, tananing yuqori qismi elka aylanasining nuqtalari pastligi hisobiga cho‘zilganligi uchun bo‘yin uzunday ko‘rinadi. Qorin yassi, bel to‘lqinsimon. Elka aylanasi va bel mushaklari juda yaxshi rivojlanganligidan, gimnastlar biroz bukriday ko‘rinadilar. Sportning ushbu ixtisosligi vakillari mezomorf turga mansub, biroz dolixomorfiya mayli bor.
Gimnastikachi ayollarning elka aylanasi nuqtalari biroz pastga qaraganligidan bo‘yinlari uzun ko‘rinadi. Gavdalari uzun, toz va bel pastroq joylashgan. Elkalar nisbatan keng. Ko‘krak bezlari sust rivojlangan, lekin ko‘rkak aylanasi nisbatan keng. Mushaklar butun tana bo‘yicha bir maromda rivojlangan. Odatda, qorinlari yassi, nozik bel sohibalari. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini ko‘rsatishicha badiiy gimnastikachi ayollar ham o‘z xususiyatlariga ega. Taqqoslash uchun, sport va badiiy gimnastika bo‘yicha ixtisoslashgan sportchi ayollar va MDU antropologiya institutining dasturida qatnashgan nazorat guruhining ko‘rsatkichlari olingan.
Tana tuzilishining tur xususiyatlarini birinchi mashg‘ulotlarda aniqlash mumkin. E.Rogozin (1973), 10 ballik baholash tizimidan foydalanib quyidagilarni hisobga olgan: o‘rtacha bo‘y, xushbichimlik, to‘lalik, qaddi, qo‘l va oyoqlarning gavdaga nisbatan o‘lchamlari. Tirsak bo‘g‘inlari ortiqcha bukilgan bolalarga u sportning boshqa turlari bilan shug‘ullanishni tavsiya qilinadi, chunki gimnastikaning katta razryadlarida bunday bo‘g‘inlar yuklamalarga chidamaydi va ko‘pincha jarohatlanadi.
Qo‘llarning kaltaligi (pastga tushirilgan qo‘lning o‘rta barmog‘i tozning yarmigacha bormagan holda) ham salbiy omil hisoblanadi. Kalta qo‘l va panjalar bilan sport anjomlarini mahkam ushlash xususiyati kamayadi, mashqlarni bajarishda noqulaylik va qiyinchiliklar tug‘iladi.
Qizlarni saralashda tizza bo‘g‘inlarining shakliga e’tibor beriladi: bo‘g‘inlarning ortiqcha bukilganligi salbiy omildir. CHo‘zilgan bo‘yin ideal (10 ball) hisoblanadi. Keng va to‘la gavdali 10-11 yoshdagi bolalar hamda qizlar, odatda yillar o‘tishi bilan bunday ko‘rinishlarini yo‘qotmaydilar. Bo‘yin, oyoqlar, qo‘llarning gavdaga nisbatan uzunligi, tozning shakli, bo‘g‘inlarning shakli odatda o‘zgarmaydi. Juda kam hollarda, gimnastika nuqtai nazaridan, ular yaxshi tomonga o‘zgaradi.
Og‘ir atletika - O‘ta engil va yarim engil vazndagi og‘ir atletikachilar kam uzunlikdagi gavdaga, tor diametrli toz, kalta oyoqlarga ega bo‘lib – stifroid turiga mos. Engil va yarim o‘rta vazndagi atletlar o‘rta uzunlikdagi gavda, keng toz, o‘rta uzunlikdagi oyoqlarga egalar – paragarmonoid turiga mos. Qolgan vazndagi sportchilarning ko‘pchiligi uzun gavda, keng toz, uzun oyoqlarga ega – gigantoid turiga mos.
Barcha vazndagi og‘ir atletikachilar yaxshi rivojlangan, keng elka aylanasiga, kalta qo‘llarga ega, bu saralov va sport turining o‘ziga xos xususiyatlari natijasidir; ular mezo - va braximorf turlarga mansub (dolixomorf shaklli gavda tuzilishi umuman uchramaydi).
Og‘ir atletikachilarni guruhlararo nuqtai nazardan ko‘rib chiqib, tadqiqotchilar quyidagilarni qayd etadilar: engil vazndagi sportchilarning tana uzunligi «o‘rtachadan past», o‘rtacha vazndagilarniki – «o‘rtacha» va og‘ir vazndagilar – «o‘rtachadan yuqori» toifalarga mos. Ularning bo‘y uzunligi va vaznining ortib borishi bilan ko‘krak aylanasi ham ortib boradi. O‘rta va ayniqsa og‘ir vazndagi sportchilarning qukrak aylanasi juda katta. Umuman olganda og‘ir atletikachilar mezomorf turga mansub bo‘lib braximorfiyaga biroz moyilligi bor.
Og‘ir atletikachilarning samototiplarini baholash uchun SHeldon klassifikatsiyasi qo‘llangan tadqiqotlar natijalari (J.Tanner, 1964) turli vazndagi sportchilarning ma’lum somatik xususiyatlarga ega ekanligini tasdiqladi.
Kurash - Kurashchilar og‘ir atletikachilar kabi kuchli odamlar qatoriga kiradilar, somatik xususiyatlari ham shunga mos. Kurashchilar turli vaznlarda qatnashishlari munosabati bilan, tabiiyki, ularni nafaqat boshqa sport turlari vakillari, balki bir-birlaridan ham ajratib turadigan somatik xususiyatlari mavjud.
Lutovinaning (1972) ma’lumotlariga ko‘ra, engil vazndagi kurashchilarning bo‘ylari sport bilan shug‘ullanmaydiganlarnikiga (nazorat guruhi) qaraganda birmuncha past. Guruhlararo nuqtai nazardan ular «o‘rtachadan past» toifaga mansub. Ko‘krak aylanasi nazorat guruhidagilarnikiga o‘xshash. Tana yuzasi ko‘rsatkichlari engil vazndagi og‘ir atletikachilarnikiday, lekin boshqa boshqa guruhdagilarga qaraganda ancha kichik. Tana proporsiyasi bo‘yicha shu toifadagi og‘ir atletikachilarga o‘xshash; ularning elka va toz kengligi, tananing yuqori qismi deyarli bir xil, faqat qo‘l va oyoqlari biroz uzun, gavdasi esa kaltaroq. Engil toifadagi kurashchini ba’zi belgilari bo‘yicha dolixomorf (nisbatan tor toz, kalta gavda) va braximorf (nisbatan kalta qo‘llar va oyoqlar, keng elkalar) turlarga qiyoslasa bo‘ladi.
V. Bunak klassifikatsiyasi bo‘yicha, engil vazndagi kurashchilarning ko‘pchiligi proporsiyalari bo‘yicha stifroid va paragarmonoid turlarga mansub. Bo‘yin aylanasi ancha katta, bu ko‘rsatkichi basketbolchilar, gimnastlar va engil vazndagi og‘ir atletikachilarnikidan katta. Gavda, bel, son, boldir va elka aylanasi engil vazndagi og‘ir atletikachilarnikidan biroz kam va boshqa guruhdagilarnikiga nisbatan ancha kam.
Og‘ir vazndagi kurashchilar bo‘y uzunligi bo‘yicha faqat basketbolchilardan past, guruhlararo nuqtai nazardan ular «o‘rtachadan yuqori». Ko‘krak aylanasi, tana vazni va yuzasi, shu toifadagi og‘ir atletikachilarnikidan biroz kam. Og‘ir atletikachilar o‘rganilgan sportchilar guruhi ichida eng kattalari hisoblanadi.
Og‘ir vazndagi kurashchilar nazorat va barcha guruhlardagi sportchilarga nisbatan, oyoq va qo‘llari uzun, keng elkalar, o‘rta hamjmdagi gavda, nisbatan keng toz kengligiga egalar, basketbolchilar bundan istisno. Bu guruhni proporsiyalarning faqat bir turiga kiritib bo‘lmaydi. Sportchilarda dolixomorf, mezomorf va xatto braximorf belgilar kuzatiladi. V.Bunak klassifikatsiyasiga muvofiq og‘ir vazndagi kurashchilar asosan gigantoid turiga mansub. Og‘ir vazndagi kurashchilar uchun butun tana mushaklarina bir tekis rivojlanganligi, tananing biror qismida bo‘rtib chiquvchi paylarning yo‘qligi, masalan gimnastlarda elka aylanasi, basketbolchi va kurashchilarda bel-toz paylari bo‘rtib turadi.
O‘rta vazndagi kurashchilar tana aylanalarining absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha engil va og‘ir vazndagi kurashchilarning o‘rtasida joylashgan.
Kurashchining somatipi haqida so‘z ketganda, uning eng ko‘zga tashlanadigan belgilari keng elkalar, tor toz, kalta qo‘llardir. Oyoq uzunligi turlicha: o‘qa engil, engil, yarim engil va engil vazndagi sportchilarniki - kalta, yarim o‘rta, o‘rta vazndagilarniki - o‘rtacha, og‘ir vazndagilarniki – uzun. Ta’kidlab o‘tish kerakki, har bir guruhda umumiy belgilarga to‘la to‘g‘ri kelmaydigan sportchilar ham uchraydi, ularning ba’azilari yirik musobaqalarning g‘oliblari hamdir. Bu holni, sportchining kurash turining texnikasini juda yaxshi o‘zlashtirgani bilan tushuntirsa bo‘ladi.
Sport o‘yinlari - Agar, sport ixtisosliklarining ko‘pi qandaydir jihatdan bir jinsli somatik guruhlarga mansub bo‘lsa, sport o‘yinlarida oliy razryadli sportchilarning tana tuzilishi tipologik xususiyatlarida chetlashuvlarni kuzatishimiz mumkin. Bu, sport o‘yinlarida (voleybol, futbol, qo‘l to‘pi) sportchilar turli funksiyalarni bajarishlari bilan belgilangan - hujumchilar, himoyachilar, darbozabonlar (jadval). SHunga qaramasdan tadqiqotchilar sport o‘yinlari vakillarining tana tuzilishida, ularning qaysi sport faoliyati bilan shug‘ullanayotganiga qaramasdan, umumiy belgilarni kuzatganlar.
Futbolchilarning somatik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha L.Klochkovaning (1931) tadqiqotlarini natijalariga ko‘ra, ular boshqa ixtisoslikdagi sportchilarga qaraganda past bo‘yga (velosipedchilar istisno), vazn ko‘rsatkichlari bo‘yicha hammadan kam (basketbolchilar va velosipedchilar istisno): ularda toz (27,1 sm), bel (52,2 sm) va boldir (35,9 sm) juda yaxshi rivojlangan. Mazkur ma’lumotlar, qandaydir ma’noda norvegiyalik olimlar X.Tenna, X.Sannee, K.Andersenlarning (1958) tadqoqotlari natijalari bilan tasdiqlanadi. Ular futbolchilarni alohida atropometrik ko‘rsatkichlarini sportning boshqa turi vakillari va sportchi bo‘lmaganlar bilan taqqoslagan. Turli sport ixtisosligi sakillarining somatik ko‘rsatkichlari, sportda somatik rivojlanishning ko‘pgina turlariga mansub sportchilarni uchratish mumkinligini ko‘rsatadi. Bolalar, o‘smirlar, yoshlar tanalarining shakli turlicha bo‘lishiga qaramasadan yuqori natijalarga erishishlari mumkin va erishmoqdalar ham.
Boks, kurash, qilichbozlik, sport o‘yinlari kabi sport turlari musobaqalarida har xir bo‘yli va oyoq-qo‘lli sportchilar g‘olib bo‘lishlari mumkin. Sportchi o‘z tanasining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bellashuvlarning taktikasini ishlab chiqadi va yuqori natijalarga erishadi.
Sportning stereotip - o‘zgarmas turlari esa nafaqat somatik ko‘rsatkichlarga, balki sportchilarning gavda tuzilishlariga ham aniq talablar qo‘yadi.
Demak, shaxsiy somatik ko‘rsatkichlarning tanlanayotgan sport ixtisosligiga mos kelishini aniqlash uchun tana tuzilishini o‘lchamlarini o‘lchash, ularni yuqori natijaga erishgan sportchilarning ko‘rsatkichlari bilan taqoslash zarur.

Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish