Sportda bashorat qilish va modellashtirish


Ko‘p yillik tayyorlovning ikkinchi bosqichida birlamchi saralov va yo‘naltirish



Download 4,24 Mb.
bet16/95
Sana21.06.2022
Hajmi4,24 Mb.
#688252
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   95
Bog'liq
Sporda Pragnozlashtiris MAGISTR majmua

3.3.Ko‘p yillik tayyorlovning ikkinchi bosqichida birlamchi saralov va yo‘naltirish.
Yosh sportchining istiqbolli ekanligini baholashning asosiy mezoni unda sportda takomillashish uchun qobiliyatining mavjudligidir. Boshlang‘ich tayyorlovning dastlabki 2-3yilidan keyin, hamda qandaydir sport turidagi oqilona yosh chegarasiga ancha etmasdan oldin, yosh sportchining kelajakda xalqaro saviyadagi natijalarga erisha olish to‘g‘risida xulosa chiqarish qiyin. Lekin, jismoniy takomillashtirishni maqsadga muvofiqligini va uning yo‘naltirishini aniqlash, sportchini yanada rivojlanishi uchun yo‘naltirish zarur. Bu vazifalarni majmuaviy tahlil asosida hal etish mumkin, bunda, yosh sportchilarning morfologik, funksional, psixologik xususiyatlari, ularning ko‘nikish imkoniyatlari, mashg‘ulot va bellashuvlar yuklamalariga ta’sirchanligi, yangi xarakatlarni o‘zlashtirish va takomillashtirish kabi sifatlarini e’tiborga olish kerak.
Saralovning mazkur bosqichida erishilgan sport natijasi, istiqbollikning mezoni bo‘la olmaydi. Tajribaning ko‘rsatishicha, birlamchi tayyorgarlik bosqichida nisbatan past natijarlarga erishgan sportchilar, joy oladi. SHu bilan birgalikda, aytib o‘tish joizki, bolalar va o‘smirlar orasidagi musobaqalarning g‘oliblari kam hollarda (turli sport yo‘nalishlari bo‘yicha 5% dan kam), yakuniy bosqichlarda sport yutuqlariga erishadilar. Turli mamlakatlardagi yuqori malakali sportchilarni tayyorlash tajribasi bunga guvoh bo‘lmoqda.
Ko‘p yillik tayyorlovning ikkinchi bosqichdayoq yosh sportchilarni gavda tuzilishini oliy malakali sport ustalarining morfologik xususiyatlariga qay darajada mos kelishini aniqlash zaruriyati to‘g‘iladi. Mazkur bosqichda, sportchini istiqbolliligini baholashda marfologik xususiyatlar eng muhim sifatlar qatorida bo‘ladi. Turli sport yo‘nalishi vakillarining marfalogik farqlanishiga shunday saralov sababdir, chunki sportchi gavdasining tuzilishiturli sport yo‘nalishlarida mexanik yoki beomexanik ustunlik keltiradi. Inson tuzilishi ma’lum yosh oraliklarida o‘zgarsada, umuman organda uning ko‘p jixatlari deyarli uzgarmaydi va asosan nasliy omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Ta’kidlab o‘tish keraki, inson tuzilishini aniqlashning yagona yondashuvi yo‘q. Inson tuzilishini morfologik mezonlar asosida aniqlash keng tarqalgan-mushaklarning rivojlanish darajasi, bo‘yi va og‘irligi, skelet xususiyatlari. Bunday yondashuvda ko‘pchilik mutaxassislar gavda tuzilishini xarakterlash uchun “somatik” terminini qo‘llaydilar.
Inson gavdasining normal tuzilishining ko‘plab sxemalaridan, eng ko‘p qo‘llanilganini ko‘rib chiqamiz, unga ko‘ra tuzilish uch turga ajraladi:
1) CHo‘qqisifat endomorf tur-ko‘krak qafasi bo‘rtirib chiqqan, kichik dumaloq shakllar, nisbatan kalta oyoq va qo‘llar, kalta va keng suyaklar va oyoq kafti, katta jigar, katta hajmdagi teri osti yog‘i;
2) Atletik mezomorf tur gavda shaklli,tor tos, keng elkalar, yaxshi rivojlangan mushaklar, suyaklarning qo‘pol tuzilishi;
3) Astenik eksomorf tur-yassi va uzun ko‘krak qafasi, ozg‘in gavda, uzun va nozik oyoq qo‘llar, tor oyoq kafti va kanjalar, kam hajmda teri osti yog‘i.
Tabiiyki, ko‘pchilik shaxslarning gavda tuzilishini ushbu uch turga keltirib bo‘lmaydi. Bunday ajratish inson tuzilishining naqadar turliligi to‘g‘risida umumiy tasavvurlar hosil qilishga yordam beradi. SHuning uchun, sport saralovi amaliyotida gavdining uzluksiz taqsimlangan qismlariga e’tibor berish maqsadga muvofik, qismlarni uchga ajratish mumkin: endomorf, mezomorf, ektamorf. Qismlarning ajralib turish darajasi turli shaxslarda xar xil bo‘ladi va 7-ballik tizim bo‘yicha baholashi mumkin. Eng yuqori bahoga (7) qismlarning maksimal darajasidagi imkoniyatlari mos keladi.Somatik turni uch raqam bilan ta’riflash mumkin. Masalan: 7-1-1 raqamlariga ega samotoikcha dumaloq shakllar, kuchli rivojlangan teri osti asosi, zaif mushaklar, yirik ichki a’zolar, mezomorflar va ektomorf qismlar kam. 1-7-1, 2-1-7 kabi turlar juda kam uchraydi, 3-5-2, 4-3-3, 3-4-4 samototipllarning tarqalgan. Uchala qismlarning o‘zaro bog‘liqligiki ta’kidlab o‘tish kerak: bir turning ko‘payishi boshqa turning kamayishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun bir qismning yuqori qiymatga bo‘lmasligiga olib keladi. Samotipni baholashda uchala bahoning yig‘indisi 12 dan oshmasligi va 9 dan kam bo‘lmasligi lozim (CHtetsov, 1979).
Samatotiplar bo‘yicha ajratish jarayoni fotosuratlarni bilan solishtirish vaqtida tadqiqot natijalarini diagramma ko‘rinishida keltirish kaqsadga muvofiqdir.
Olimpiadagi-sportchilar samototiklarini oddiy odamlar, hamda maxsus ta’lim muassasalarining talabalari samototiklarni D.M.Tenner (1964)o‘tkazilgan. Ushbu sohadagi boshqa tadqiqotlar (Volkov, 1973, 1974; Martirosov, Tumanyan, 1976, 1977, 1991, 1992 va boshqalar) D.MTenner tomonidan ilgari surilgan g‘oya va qoidalarni kengaytirish va aniqlashtirish imkonichtini berdi xolos. Sport bilan shug‘ullanmaydigan talabalar orasida ko‘p xollarda oraliq turlar uchraydi, ularda endomorf, mezomorf va ektomomorf turlarning nisbati kam qismlari mavjud bo‘ladi. Sport kollejlarining talabalarida ko‘proq mezomorf turi uchraydi. Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan - engil atletikachilar orasida deyarli endomorf turi uchramaydi.



Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish