Sportchilarni tayyorlashda yuklamaga umumiy tavsif


Tayyorgarlik mikrotsikli tuzilmasi



Download 25,76 Kb.
bet3/7
Sana23.09.2022
Hajmi25,76 Kb.
#849893
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sportchilarni tayyorlashda yuklamag

Tayyorgarlik mikrotsikli tuzilmasi
Mikrotsikl – tayyorgarlik jarayonining yaxlit tarkibi ekanligi. Tayyorgarlik mikrotsikli – bu mashqlar, mashg’ulotlar seriyasidan iborat bo’lib, bir necha kun mobaynida o’tkaziladi hamda tayyorgarlikning mazkur muayyan bosqichi uchun mo’ljallangan masalalarni majmua tarzida hal etishini ta’minlaydi. Mikrotsikllar 3-4 kundan 10-14 kungacha davom etadi. Eng ko’p tarqalgan usul – bu yetti kunlik mikrotsikllar bo’lib, u taqvim xaftasiga to’g’ri keladi hamda shug’ullanuvchilarning umumiy hayot tartibiga ham yaxshiroq mos keladi. yetti kunlik mikrotsikllar ko’pincha xaftalik sikllar deb aytiladi. Boshqacha tarzda davom etadigan mikrotsikllar turli xil ko’rinishlarda foydalanilishi mumkin, shu jumladan ulardan musobaqalashish davrining ayrim xolatlaridan bo’lajak musobaqada tuzilmasi va davomiyligini aks ettiruvchi model sifatida foydalanish mumkin.
Basharti gimnastika va qilichbozlik musobaqalari, aytaylik, quyidagi sxema bo’yicha o’tsa:
Sport gimnastikasi – 1 kun majburiy dastur
2 kun erkin dastur
3 kun ko’p kurash bo’yicha final
4 kun ko’p kurashning ayrim turlari bo’yicha final
Qilichbozlik - 1 kun shaxsiy musobaqalar

  1. kun jamoa musobaqalari

  2. kun final musobaqalari

o’tkazilsa, bu holda mikrotsikllar ham xuddi mana shu sxema asosida takrorlanishi kerak. Mikrotsikllar kamida 2 kun davom etadi. 1 kun yuklamalar va 2 kun kuch-quvvatni tiklab olish mumkin bo’ladi. Odatda, bu bosqichlar mikrotsikllarda takrorlanadi, lekin har bir mikrotsikl tiklanish fazasi bilan yakunlanadi.
Mana shu misoldan ko’rinib turibdiki, tiklanish fazasi har doim mikrotsiklni yakunlamay, ba’zan uning ichki tarkibida ham bo’lishi mumkin ekan. Mashg’ulotning izchilligi, uning mazmuni tayyorgarlik davriga, mikrotsikl vazifasiga yoki biror bosqich va mikrotsiklning boshqa vazifalariga bog’liq bo’ladi. Uncha katta bo’lmagan shiddatdagi ish hajmining tez-tez tiklanishini talab qilmaydi va ayniqsa, yuksak darajadagi shiddat bilan bajarilgan katta ish hajmi, tiklanish yo’nalishidagi tayyorgarlik mashg’ulotlarini tez-tez o’tkazib turish zaruriyatini taqozo etadi. Mikrotsiklni tuzib tayyorlash vaqtida shuningdek, bundan oldin bajarilgan katta ish hajmi tiklanish yo’lidagi tayyorgarlik mashg’ulotlarini tez-tez o’tkazib turish zarurligini talab etadi.
Mikrotsiklni tayyorlash vaqtida shuningdek, bundan oldin bajarilgan va bundan keyin bajariladigan tayyorgarlik ishlarining yo’nalishi ham hisobga olinadi. M: sportchining tezlik xususiyatlarini rivojlantirishga ko’proq mo’ljallangan mashg’ulotlarni katta-katta yuklamalardan keyin emas, balki ular oldindan o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Mikrotsikllar tuzilmasini belgilovchi sharoitlar.
Tayyorgarlik mikrotsikllari tuzilmasi ta’sir ko’rsatadigan juda ko’p omillar va sharoitlar ichida quyidagilar ayniqsa ahamiyatli hisoblanadi:
1. Sportchi hayotiy faoliyati (uning o’quv, mehnat faoliyati tartibini ham o’z ichiga olgan) hamda ish qobiliyatini taqozo etadigan muayyan harakat dinamikasi.
SHuning uchun amalda, ayniqsa, ommaviy sport mikrotsikllarini taqvim xafta doirasida tuzib chiqishi tasodif emas.
2. Mashg’ulotlarning mazmuni, miqdori, mikrotsikllar yuklamalarining jamlangan hajmi. Ushbu omillarning ta’sir qilishiga, o’z navbatida, sport sohasidagi ixtisoslashish xususiyatlari hamda sportchilar tayyorgarlik darajasi sabab bo’ladi. M: tayyorgarlik mashg’ulotlarining mazmuni, ularning mikrotsikldagi miqdori, yuklamaning kattaligi aftidan gimnastikachilar bilan suzuvchilarda, velosipedchilar bilan uloqtiruvchilarda, sprinterlar va ko’p kurashchilarda bir-biridan farq qiladigan darajada turlicha bo’ladi. Bunday va bunga o’xshash farqlarni biz boshlovchi hamda katta darajali sportchilar o’rtasidagi mashg’ulotlarda yaqqol kuzatishimiz mumkin.
3. Tayyorgarlik yuklamalariga ko’rsatiladigan reaksiyaning individual xususiyatlari va bioritmik omillar.
Odamlar bu xildagi yuklamalarga turlicha munosabatda bo’ladilar. Aftidan ular organizmning xususiyatlari bilan bog’liq bo’lsa kerak. Binobarin sportchilar organizmining tayyorgarlik yuklamalariga moslashishi ham individual tarzda olinganda bir xil bo’lmaydi.
SHu jihatdan olganda mikrotsikl fazalarini bioritmning bir xaftalik fazalariga muvofiqlashtirish to’g’risida (K.Siku-cherov va boshqalar) tavsiya etilayotgan ilmiy-tadqiqot natijalaridan olingan ma’lumotlar diqqatga sazovordir.



Download 25,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish