Sport va harakatli 0‘yinlar



Download 1,28 Mb.
bet8/174
Sana31.08.2021
Hajmi1,28 Mb.
#160626
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   174
Bog'liq
SPORT VA HARAKATLI

2 Yusuf xos Xojib. Qutadg‘u bilig. — T., Yulduzcha, 1990. 59 b.


25





«tepdi», «u uni chalib yiqitdi», «yutdi», «ular ikkovi bir-birlari bilan bo‘yin qayirishda bahslashdilar», «yengilmas, kurashchi, botir», «kurashchi, belbog4, kamar», «qaytardi», «ko‘tardi», «qayirdi», «tepishdi», «silkishdi», «sakrashdi», «u uning oyog£ini kurashda chaldi, qayirdi» va hokazolar.

Tibbiyot olamining sultoni, mashhur hakim Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» kitobida kurashning ikki turini tavsiflab, ulaming mohiyati va qoilanish qoidalarini mufassal yozib qoldirgan. Uning ta’rificha, kurashning bir turida belidan ushlashga ruxsat berilib, oyoq ishlatmasdan kurashish bo'lsa, ikkinchisi esa qaysi joyidan ushlagan boTsa, shuni mahkam tutish va oyoqlar yordamida harakat qilishdir. Ammo kurashning ikkala turida ham qo‘llar bilan oyoqdan olish qat’iyan man qilingan.

Hozirgi paytda bu xil musobaqalami o‘zbeklar kurash, tojiklar gushtingari, turkmanlar guresh, qozoq va qirg‘izlar kures deb ataydilar. Navoiy, Bobur, Vosifiy davrlarida kushtigir iboralari bilan bir vaqtda «kurash» so‘zi ham faol qo'llangan. Shuningdek, miyongir, miyongirlik (kurash, kurashish, olishish) va buqa (kurashchi, polvon) so‘zlari ham o‘z davrining mahsuli hisob- langan. «XVI asr Xorazm yodnomalari»da bir pahlavon uch yuz oltmish turh kurash ilmini bilur, deyiladi.

Xalqimizning sevimh dostoni «Alpomish»da kurash ko£p va manzatalar orqali tasvirlangan, shunday holatlardan bin Barchi- noyning to£rtinchi sharti alplarni kurashda yengish shartini bajarayotgan Alpomishga qarata Barchin shunday deydi:



Yiqolmasang bizga bergin navbatni,

Juda keldi Barchin eming g'ayrati,

Ushlaganda ko'kka otmay ne bo‘pti?

Yiqolmasang, turn, navbat tilayin!

Xusayn Voiz Koshifiy ham kurashning ikki turi haqida to£x- taladi: «...ikki xil turi bor, deb aytgil, birinchisi — qabz, ya’ni bilak ushlash, ikkinchisi — istiror, ya’ni ixtiyorsiz holda olishish. Agar bulaming har biri qaysi yurtlarda qo£llanadi, deb so£rasalar, aytgil, qo£l ushlab kurash tushish (qabz usuli) Xuroson va Iroq aholisiga xos, uni shahriyor ham deb ataydilar. Iztiror usulida

/


26





kurash tushish (erkin kurash) Gilon, Shirvon va Ozarbayjonning ba’zi joylarida tarqalgan va uni daylamor ham deydilai». U kurash tushish san’at ekanligini e’tirof etib «...kurash tushish san’atning ilmiki, bu ilmning mashhur usullari juda ko‘p, ular uch yuz tugun va bandlar (usul va tadbirlardan iboratdir va ularning har biri tag‘in bir necha usulga ajraladi. Yana ushbu usullami daf etish (ya’ni, qarshi usullar) yo‘llari ham bor. Agar bularning barchasi yig‘ilsa, bir ming sakkiz yuz usul kelib chiqadi...»1.

Respublikamiz pahlavonlari azaldan qo‘shni davlat pahlavonlari bilan bellashib, xalqimizning sharafmi himoya qilganlar.

«Bundan ancha ilgari, 1895-yili mashhur nemis polvoni Rippel Toshkentga kelib, sirkda o‘z kuchi, mahorati bilan hamma tomo- shabinlami qoyil qoldirgan. Og‘irligi sakkiz yarim pud (136 kg) bo‘lgan cho‘yanni ikki qo‘li bilan, 16 pudli cho‘yanni kifti bilan ko‘tarib, tomosha ko‘rsatgan edi.

0‘sha vaqtlari Toshkentning Beshyog'och daha, Chaqar ma- hallasida yashagan Ahmad polvon Tolibboy o‘g‘hning 0‘rta Osiyo- da kurashib, yiqitmagan polvoni qolmagan edi. Mehmon Ahmad polvonning dovrug‘ini eshitib qolib, u bilan kurashmoqqa jazm qilibdi... 0‘sha kuni, ya’ni 1895-yil 25-iyunda sirkka odam sig‘- may ketgan ekan. 28 yoshli Ahmad polvon egnida oq yaxtak, beliga belbog“ bog‘lab o‘rtaga chiqadi... Bir ozdan so‘ng ichkaridan ihushaklarini o‘ynatib, savlat to‘kib, Rippel chiqib keladi. Uning belida tasma belbog£ yarqirab turardi.

Ikki zabardast polvon o'rtada bel tutib aylana boshlaydi. Tomo- shabinlarning dami ichida, yuragini hovuchlab, jim bo‘lib qolishgan. Sirkda shunday sukunat hukm surardiki, pashsha uchsa bilinardi. Faqat onda-sonda polvonlaming «ih-ih» deb qo‘ygan tovushlari eshitilib qolar edi. Oradan bir necha daqiqa o‘tar-o‘tmas Ahmad polvonning «Yorab» degan nidosi eshitilib qoladi. Shu dam yer larzaga kelib ketgandek bo‘lib tuyuladi. Qarsak ustiga qarsak, Rippel yerda uzala tushib yotardi»1 2.


1 Husayn Voiz Koshifly. Futuvvatnomayi sultoniy yoxud javonmardlik tariqati. — T., A. Qodiriy nomidagi «Xalq merosi» nashriyoti, 1994, 84-b.


2 H.X. Азизов. «Belbog'li Turkiston kurashi». — T., O'qituvchi, 1998, 7—8 betlar.



Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish