Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish va xakamlik qilish o‘tkazish



Download 496,5 Kb.
bet3/5
Sana23.02.2020
Hajmi496,5 Kb.
#40609
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sport turlaridan hakamlik 01

MUSOBAQA QATNASHCHILARINING VAZIFALARI

VA HUQUQLARI


  1. qatnashuvchi o’zi qatnashayotgan musobaqa to’rini o’tkazish qoidalari,
    nizomi va barcha shartlarini bilishi lozim.

  2. qatnashuvchi nizomni buzsa va adabsizlikka yo’l qo’ysa
    ogohlantiriladi. Agar bunday hol qaytarilsa, qatnashuvchi musobaqadan
    chiqarilib yuborilishi mumkin. qatnashuvchi qo’pol va noo’rin
    harakatlar qilganda ogohlantirilmasdan musobaqadan chiqarilib
    yuboriladi.

  3. Musobaqa qatnashuvchisining yengil atletikaning biror turidan
    texnik jihatdan tayyorgarlik ko’rmagani ayon bo’lsa, shu sport to’rining
    bosh hay`ati yoki katta hay`at qarori bilan u musobaqadan chiqarilib
    yuboriladi.

  4. Musobaqalar bo’ladigan joy qatnashuvchilar hay`at rahbarligida
    gruppa-gruppa bo’lib, uyushgan holda keladilar. Musobaqalar
    tugagandan keyin ham shu yo’sinda chiqib ketadilar. Agar dastlabki
    musobaqa va final musobaqalari ketma-ket o’tsa, dastlabki musobaqalardan tushib qolgan qatnashuvchilar darhol (final boshlangunicha) maydondan chiqib ketishlari kerak.

  1. Musobaqa qatnashchilari hay`atlar chaqirilgan chog’ida qatnashishga
    tayyor turishlari lozim. qatnashuvchi sakrash va uloqtirish
    musobaqalarida tayyor bo’lib turmasa, navbatdagi chiqishda mahrum
    qilinishi mumkin.

  2. qatnashuvchi yugurish va sakrash yo yugurish va uloqtirish
    musobaqalarida qatnashishga talabnoma bergan bo’lsa va bu musobaqalar
    programmaga muvofiq aynan bir vaqtda o’tkazilayotgan bir vaqtda
    o’tkazilayotgan bo’lsa, qatnashuvchi dastavval yugurish musobaqasida
    jadvalda berilgan muddatda ishtirok etishi lozim. Sakrash yoki
    uloqtirish musobaqalarida qatnashish uchun hakamlar kollegiyasi
    qatnashuvchining oldindan bergan arizasiga muvofiq unga shu turning
    grafigi asosida boshqa vaqtni belgilaydi.

ESLATMA: Balandlikka sakrash va shest bilan sakrash musobaqalarida, qatnashuvchi shu musobaqalarga kelgan vaqtida, boshqa qatnashuvchilar qaysi balandlikdan sakrayotgan bo’lsa, u ham o’sha erdan boshlaydi.

Ayrim musobaqa turlari final bilan o’tkazilayotgan hamma hollarda finalga chiqqan qatnashuvchi shu sport turi bo’yicha o’ziga muvofiq o’rinni egallash uchun finalda qatnashishi lozim.

Ba`zi hollarda bosh hakam sakrash va uloqtirish musobaqalarida shaxsiy o’rinni olish uchun finalda qatnashmaslikka sportchiga ruxsat etadi. Sportchi kasal bo’lib (masalan, shikastlanib) qolib finalga qatnasha olmasa unga yo’l qo’yiladi. Bunday ruxsat faqat shu musobaqa vrachining yozma xulosasiga. asoslanib beriladi. Finalda bo’shab qolgan o’rinni qatnashuvchilardan birortasi band qilishi mumkin emas.

8. Musobaqaning ma`lum nomerini o’tkazishga oid masalani hal qilib berish uchun qatnashuvchisi shu nomerni o’tkazayotgan katta hakamga murojaat qilishi mumkin. Bu holda masalani katta hakamning o’zi hal qiladi yo musobaqa qatnashuvchisiga bosh hakam yoki uning o’rinbosarlariga murojaat qilishga ruxsat etiladi. Musobaqa o’tayotgan vaqtda faqat vakil yoki komanda kapitaniga e`tiroz berishi mumkin.


QATNASHUVCHILARNING KOSTYUMI VA NOMERI
1. qatnashuvchilarning kiyimi mayka, trusik (trikotajdan bo’lmasligi kerak) va tuflidan iborat bo’ladi.

ESLATMA: Sakrash va uloqtirish musobaqalarida trenirovkaga shimlarda qatnashish ruxsat etiladi.

2. Musobaqa qatnashuvchisining sport kostyumi ozoda va o’ziga kelishgan


bo’lishi kerak. To’siqlar osha 3000 metr masofaga chopadigan
qatnashuvchilarning trusiklari yupqa materialdan bo’lmasligi kerak.
Komanda musobaqalari o’tkazilayotgan bo’lsa, musobaqa qatnashuvchilari shu tashkilotga berilgan yagona maxsus emblemali sport formasida bo’lishlari kerak.

3. SHaxsiy nomerlar qatnashuvchilarga (raqamlari aniq, ravshan yozilgan bo’lishi va kattaligi kamida 20 sm bo’lishi lozim) musobaqa o’tkazayotgan tashkilot tomonidan beriladi. Nomer maykani ko’krak va orqa tomoniga puxta qilib tikib qo’yiladi. Katta musobaqalarning ishtirokchilari trenirovka kostyumlariga ham nomer tikib olishlari kerak.


KOMANDA VAKILI VA KAPITANI


  1. Agar nizomda musobaqada qatnashayotgan har bir tashkilotning vakili
    bo’lishi nazarda tutilgan bo’lsa, o’sha tashkilot o’z vakilini ajratishi
    kerak.

  2. Vakil komanda rahbari hisoblanadi U qatnashuvchilarning intizomi
    uchun javobgar. Ularning musobaqa o’tadigan joylariga o’z vaqtida etib
    kelishlarini ta`minlashi lozim.

  3. Agar hakamlar kollegiyasining majlisi vakillari bilan birgalikda
    o’tkaziladigan bo’lsa vakil bunday majlislarda qatnashishi kerak.

  4. Vakillarning hakamlar va musobaqalar o’tkazayotgan shaxslar buyrug’iga
    aralashishi man etiladi.

  5. Vakilning musobaqa o’tkaziladigan joylarda bo’lishiga haqqi yo’q.

  6. Agar komandada maxsus vakil bo’lmasa, shu komandaga qatnashuvchilari
    orasidan belgilangan kapitan uning vazifalarini bajaradi.


HAKAMLAR KOLLEGIYASI
hakamlar kollegiyasining sostavi.

1. Musobaqalar uchun hakamlar kollegiyasi tashkil etiladi. Bu kollegiyani musobalarni o’tkazayotgan tashkilot uyushtiradi. Musobaqani bosh hakamini tegishli sport jamiyatlari va tashkilotlari musobaqani o’tkazayotgan tashkilot tasdiqlaydi.

2. hakmlar kollegiyasining qarorini tegishli sport jamiyatlari yoki hakamlar kollegiyasini tasdiqlagan tashkilot qaytadan ko’rib chiqishi va o’zgartirishi, faqat hakamlar kollegiyasi musobaqa qoidalarini buzgan taqdirdagina mumkin.


  1. hakamlar kollegiyasi quyidagicha tuziladi. (jadvalga qarang)

  2. Musobaqaning muayyan bir to’rini o’tkazish uchun hakamlardan brigada
    tuziladi va bunday brigadaga katta rahbar hakamlik qiladi.

  3. Bosh hakam, uning o’rinbosari va bosh sekretar oldinroq belgilanishi
    lozim, toki ular musobaqa tayyorgarligiga oldindan hozirlik
    ko’rsinlar.

ESLATMA: 1. Boshqarmalar musobaqalari tegishli teritoriya musobaqalariga tenglashtiriladi.

2. Bunday musobaqalarda brigada va hakamlar soni programma hajmiga, o’tkazish grafigiga va musobaqaning ayrim turlarida qatnashuvchilar soniga qarab belgilanadi.

3. Programmada maydondan tashqarida yugurish bo’lsa, hakamlar kollegiyasiga qo’shimcha ravishda distantsiyalardagi va ovqatlanish punktlaridagi hakamlar kiritiladi. Bu hakamlarni distantsiya boshliqlari va ularning yordamchilari boshqaradi. hakamlar soni distantsiyalarning uzun va qisqaligiga va xususiyatiga bog’liq bo’ladi.

14. Musobaqalarda elektromexanik apparatlar (fotofinish, avtoxronometraj, elektor ko’rsatgichlar va q. k) ishlatilsa tegishli brigadalar zarur miqdorda hakamlar va texnik xodimlar bilan tugatilish kerak.








hakamlar lavozimlari





Musobaqa masshtabiga muvofiq hakamlar soni

Butun ittifoq Respublika musobaqasi

o’lka, oblast’ musobaqa

SHahar, rayon musobaqasi

Fizkul kollekt. musobaqa

1

Bosh hakam

1

1

1

1

2

Bosh hakam o’rinbosarlari

4-7

2-4

1-3

1

3

Bosh sekretar’

1

1

1

1

4

Bosh sekretar yordamchilari

6-10

3-5

2-4

1

5

Startyorlar

2-3

1-2

1-2

-

6

Startyorlar yordamchilari

1-2

1-2

5-6

3-4

7

Marradagi hakamlar

6-9

5-7

8-10

3-5

8

Distantsiyalar estafeta etaplari va to’siqdagi hakamlar

12-18

8-12







9

Sekundametrist hakamlar

6-9

5-7

4-6

3-4

10

YUrish musobaqasi hakamlari

10-12

8-10

6-8

2-4

11

YUrish musobaqasi sekretari

1-2

1-2

1

1

12

Sakrash bo’yicha hakamlarning bitta brigadasi

5-7

4-5

3-4

3-4

13

Uloqtirish bo’yicha hakamlarning bitta brigadasi

5-8

4-6

3-5

3-4

14

qatnashuvchilar qoshidagi hakamlar

3-5

2-3

1-2

=

15

Informatsiya hakamlari

4-6

3-5

1-2

1

16

Jihozlar va inventar bo’yicha hakamlar

2-3

1-2

2-3

-

17

Musobaqalar vrachi

2-3

1-2

1

1


BOSH HAKAMI


  1. Bosh hakam musobaqa rahbari hisoblanib, hakamlar kollegiyasi ishini
    boshqaradi

  2. Bosh hakam:

a) musobaqa joyinig to’g’ri tayyorlanganligiga javob beradi.
Musobaqa joyini tayyorlash va uning sifatli bo’lishi stadion
direktsiyasi va shu musobaqani o’tkazayotgan tashkilot tomonidan
ta`minlanishi lozim.

b) musobaqa boshlanguncha musobaqa o’tkazish uchun ajratilgan
joylarning hammasini, stadiondagi yugurish yo’llarini qay ahvolda
ekanligini va stadiondagi tashqaridagi yugurish distantsiyalarni,
yugurish yo’li va distantsiyalarini o’lchanganlik haqidagi aktni tekshirib
chiqadi, musobaqa o’tkazish uchun zarur inventar’ va asbob-uskunalarning
saranjomligini (ularning yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini va musobaqa
qoidalariga muvofiq yoki muvofiqligini) tekshiradi, qatnashuvchilar va
hakamlar uchun ajratilgan binolar qay ahvolda ekanligini ko’rib chiqadi:

s) hakamlarni musobaqa programmasining ayrim turlari bo’yicha taqsimlab chiqadi:



d) musobaqalarning to’g’ri va uzluksiz borishiga qarab turadi,
musobaqa davomida vujudga keladigan masalalarni va
tushunmovchiliklarni hal qiladi:

e) agar birorta qatnashuvchining qoidani buzishi boshqa
qatnashuvchilarning natijalariga ta`sir qilgan bo’lsa va bosh hakamning
fikricha ular qaytadan musobaqalashishga haqli bo’lsalar, bunday qatnashuvchilar uchun yangidan musobaqa tayinlaydi:

e) barcha rekord natijalarni to’g’riligini tekshiradi va tasdiqlab
beradi;

j) musobaqa boshlanishi oldidan shuningdek tugaganidan so’ng (yoki
ayrim musobaqa turi uchun) musobaqani va natijalarini tasdiqlash
hamda muhokama qilish uchun hakamlar kollegiyasi kengashi o’tkaziladi;

z) musobaqa tugaganidan so’ng 3 kun ichida shu musobaqani o’tkazgan
tashkilotga va hakamlar kollegiyasiga prezidiumiga musobaqa haqida yozma
hisobot beradi.

ESLATMA: hisobotda quyidagilar yoritilishi lozim:



  1. Musobaqaning aniq nomi:

  2. Musobaqani o’tkazayotgan tashkilotning nomi:

  3. Musobaqa o’tkazish vaqti va joyi:

  4. qatnashgan komandalar (tashkilotlar) soni:

  5. qatnashgan sportchilar soni (hammasi, shu jumladan ayollar, erkaklar,
    qizlar, yigitlar):

  6. Sport masteri birinchi, ikkinchi, uchinchi va yoshlar razryadi
    nomerlarini bajargan qatnashuvchilar soni (hammasi, shu jumladan
    ayollar, erkaklar, qizlar, yigitlar):

  7. Musobaqalar o’tkaziladigan joyning qanday tayyorgarligi va holati:

  8. Ob-havo (temperatura, yog’ingarchilik, shamol yorug’ligi):

  9. Ariza va shikoyatlar (ariza va shikoyatlar tushdimi, ular qanday hal
    qilinadi):

  10. Oldingi olti o’rinni egallagan komandalar:

  11. Programmaning shaxsiy birinchiligi uchun har bir nomerda
    oldingi olti o’rinni egallagan sportchilar:

  12. Rekordlar va eng oliy yutuqlar (kim tomonidan qo’yildi?, qanday
    natijaga erishdi?, akt tuzildimi?):

  13. Jarohatlanish (shikastlanishlar yuz berdimi?, qanday choralar
    ko’rildi?):

  14. Eng yaxshi va eng yomon komandalar qatnashuvchilarining texnik
    tayyorgarligi:

  15. Musobaqalarni a`lo darajada o’tishiga xizmat qilgan eng yaxshi
    vakillar, hakamlar va boshqa shaxslar:

  16. Bosh hakamlar kollegiyasining tarkibi (familiyalari bilan):

  17. Musobaqalarga kelgan tomoshabinlar soni ularga xizmat ko’rsatish
    (informatsiya, savdo-sotiq, qo’shimcha binolar va boshqalar):

  18. Xulosa va takliflar:

hisobotga musobaqalarda qatnashgan hakamlarning to’liq ruyxati albatta ilova qilib berilishi kerak, unda hakamning lavozimi ko’rsatilishi va uning har bir bajargan ishi baholanishi kerak. Bosh hakam:

a) musobaqani qoldirishi uning boshlanishi, kechiktirishi,
musobaqa tugamasidan uni tuxtatishi va ko’zda tutilgan holatlarda
vaqtincha tanaffus e`lon qilishi;

b) juda zarur bo’lib qolsa, musobaqa programmasi va jadvaliga
o’zgartirishlar kiritish mumkin;

ESLATMA: Bosh xakam nizomda berilgan musobaqa shartlarini o’zgartira olmaydi.

v) bosh hakam shu musobaqa nizomiga yoki qoidalariga o’z yoshi,
razryadi, kostyumi va boshqalar jihatidan to’g’ri kelmaydigan
sportchilarni musobaqaga qo’ymasligi mumkin;

g) qo’pollik qilgan yoki sportchi nomiga nomunosib harakatlar
qilgan qatnashuvchilarni musobaqadan chiqarib yuborishga haqli;

d) qo’pol holatlarga yo’l qo’ygan yoki unga bklatilgan vazifalarni
bajara olmagan hakamlarni ishdan chetlatishi mumkin;

e) agar biror hakamning qarori noto’g’ri ekanligiga ishonch ishonsa,
u qarorni o’zgartirish huquqiga ega;

ESLATMA: Agar bosh hakam start berilgan joy yaqinida turgan bo’lsa startyor qarorini ham o’zgartira oladi. Bosh hakam shu zahotiyoq muayyan bir qarorga kelishi kerak.


BOSHHAKAM O’RINBOSARLARI

1. Bosh hakam o’rinbosarlari bevosita bosh hakamga bo’ysunadi va uning ko’rsatmasi bilan ishlaydi, bosh hakam bo’lmagan chog’da o’rinbosarlaridan birortasi bosh hakam huquklaridan foydalanib, uning vazifalarini bajarib turadi.



  1. Bosh hakam o’rinbosarlariga ayrim ishlar chunonchi yugurish, sakrash,
    uloqtirish, maydon tashqarida yugurish musobaqalarini o’tkazish;
    hakamlar brigadasiga ishlarini taqsimlash va ularni hisoblab borish,
    asbob-uskuna, informatsiya va radio eshittirish ishlari topshiriladi.

  2. YUgurish, sakrash, uloqtirish, yurish, maydondan tashqarida yugurish va
    yurish bo’yicha tayinlangan bosh hakam o’rinbosarining har biri o’z ish
    uchastkasida nazarda tutilgan vazifalarni bajaradi.

  3. hakamlar brigadalariga ish taqsimlari va uni hisobga olish bo’yicha
    tayinlangan bosh hakam o’rinbosarlari:

a) hakamlar brigadalariga topshiriladigan ishlar jadvalini
tuzadi;

b) hakamlarning brigadalarga taqsimlaydi;

v) hakamlarni ishga kelish va ishlash tabelini yozib boradi;

g) hakamlar brigadalarini ishini kuzatib boradi va musobaqalar
davomida zarur bo’lsa, ularning o’rnini almashtiradi;

d) bosh hakam hisobotiga kiritish uchun hakamlar ishiga
xarakteristika (baho) beradi;

5. Asbob-uskuna va inventar bo’yicha tayinlangan bosh hakam


o’rinbosarlari musobaqalar bo’ladigan joyini o’z vaqtida va to’g’ri
tayyorlashni kontrol qiladi, zarur asbob-uskuna va sport
inventarlarining saramjonligini va (qoidalarga muvofiq) yaroqli
yoki yaroqsizligini tekshiradi. Inventarni musobaqalar bo’ladigan
joyga o’z vaqtida etkazishni kuzatib turadi.

ESLATMA: Stadion direktsiyasi yoki musobaqa o’tkazayotgan tashkilot asbob-uskuna va inventar bo’yicha tayinlangan bosh hakam ixtiyoriga musobaqa komendantini va zarur miqdorda ishchilarni ajratib beradi. Ular hakamlar kollegiyasi tarkibiga kirmaydi.

  1. Informatsiya va radio bo’yicha tayinlangan bosh hakam o’rinbosarlari
    informatsiya hakamlari (diktorlar, aloqachilar va boshqalar) bilan
    hamkorlikda qatnashuvchilar va tomoshabinlar uchun informatsiya
    tashkil etish va o’tkazadi. Bunda radio, telefon, e`lonlar taxtasi va
    shu kabi boshqa vositalardan keng foydalaniladi.

  2. Bosh hakam o’rinbosarlarining soni musobaqa hajmiga qarb
    belgilanadi.


BOSH KOTIB VA UNING YORDAMCHILARI
1. Musobaqa bosh kotibi:

a) nomma-nom talabnomalarni qabul qiladi;

b) chek tashlanishi tashkil etadi va yugurish navbatini ishlab
chiqadi;

v) musobaqa protokolini tayyorlaydi, ayrim turlar bo’yicha
hakamlarga qaydnomalarni tarqatadi va qatnashuvchilar hamda vakillar
axboroti uchun qaydnoma nusxalarini osib quyadi;

g) musobaqaning ayrim turlari bo’yicha kotiblar ishini tekshiradi;

d) musobaqa turlari bo’yicha qaydnomalarni o’rganadi,
ko’pkurashlarda ochkolarni sonini hisoblaydi va shaxsiy hamda jamoalar
(komandalar) musobaqalari natijalarini hisoblab chiqaradi;

e) musobaqa natijalari yuzasidan umumiy texnik hisobot tuzadi;

j) hakamlar kollegiyasida, bosh hakamning hakamlar brigadalari
ishini hisobga olish bo’yicha o’rinbosarlari bo’lmagan chog’da hakamlar
tabelini yozib boradi:

z) musobaqaning hamda materiallarni (texnik hisobot bosh hakam
tasdiqlagan shaxsiy va komandalar birinchiligini natija) lari,
qaydnomalarining asl nusxalari, talabnomalar va hokozo) musoboqa
o’tkazgan tashkilotga topshiradi

  1. Bosh kotib qaydnomalarni to’g’ri ishlab chiqish, ochkolarni hisoblash va
    ayrim qatnashuvchilar hamda komandalar o’rnini tug’ri belgilash uchun
    jovobgardir.

  2. Musobaqa hajmiga qarab bosh kotib turli texnik ishlar bajarish uchun
    zarur miqdorda yordamchilar (xakamlar)ga, shuningdek bosh kotibning
    ko’rsatmasi bilan ishlaydigan texnik xizmatchilar (mashinistkalar,
    chizmachilar, aloqachilar va boshqalar)ga, ega bo’lish kerak.

STARTYOR VA UNING YORDAMCHILARI

  1. Startda turadigan hakamlar birigadasi startyor va uning
    yordamchilaridan iborat bo’ladi. Startyor yordamchilarning soni musobaqa
    hajmiga qarab belgilanadi.

  2. Startyorning asosiy vazifasi start berishdir. U startni sho’nday
    berishi kerakki, qatnashuvchilardan birontasi ham start signalini
    berilguncha yugurishni boshlamasin.

  3. Startyor;

a) har bir start oldidan marradagi hakamlarning tayor ekanligiga ishonch hosil qilish kerak.

b) qatnashuvchilar start joyini tayyorlash uchun haddan tashqari ko’p vaqt
sarf qilmasliklari va startga chaqirish vaqtida ular tayyor bo’lib
turishlarini kuzatadi;

v) qatnashuvchilarning startdagi holatini to’g’riligini kuzatadi:

g) yugurish uchun start kamandasi to’pponchadan o’q uzib yoki ayni bir
vaqtda oz chiqarib va bayroqchani silkitish yo’li bilan bo’ladi. Ovoz
chiqarib signal berish va bayroqchani silkitish ayni bir vaqtning
o’zida bo’lishi kerak;

Yirik musobaqalarda bir-biridan uzoqroq ayrim yo’lkalar bo’yicha aralash yugurish starti o’tkazilganda startyor radio orqali komanda berishi kerak. Bunday vaqtda startyor oldida mikrofon turishi va har bir startda esa rekoproduktor bo’liish lozim. Bunday imkoniyat bo’lmasa, startyor imkoni boricha har bir start oluvchiga nisbatan bir xil masofada turishi lozim.

  1. Startning to’g’ri ekanligi haqidagi masalani shaxsan startyorning o’zi
    hal qiladi. Startyorning qarorini faqat bosh hakam o’zgartirishi
    mumkin.

  2. Startyor o’zining kiyimi (uniig rangi) bilan boshqa hakamlardan
    yaqqol ajralib turishi va start beriladigan vaqtda hammaga ko’rinarli
    joyda turish kerak.

  3. Vaqt o’lchovli hakamlarga yaxshi ko’rinishi uchun startyor kuchirib
    yuboriladigan kichkina vishka ustida turishi maqsadga muvofiqdir.
    Zarur hollarda ko’chma ekrandan ham foydalansa bo’ladi. (bunday ekran
    vishkadagi statyorning orqa tomonida o’rnatilishi yoki ushlab
    turiladigan bo’lishi mumkin):

  4. Startyor yordamchisi:

a) navbatdagi yugurish qatnashuvchilarining kelgan-kelmaganligini
tekshiradi (familiyasini, tashkilotini, ko’krakdagi raqamini
solishtirib chiqadi, kiyimining musobaqa qoidalariga muvofiq yoki
nomuvofiqligini tekshiradi) va bo’lar haqida start qaydnomasiga yozib
qo’yadi;

b) yo’lkacha tanlash cheki ilgari tanlanmagan bo’lsa, qatnashuvchilar
o’rtasida yo’lkachalar uchun chek tashlaydi;

v) start qaydnomasiga startyorning qatnashuvchilar qoidalarini
buzganligini haqidagi barcha tanbeh va xulosalarni kiratadi;

g) yuguruvchilarning startda to’g’ri turish holatini kuzatadi;

d) qatnashuvchilarni «yig’ilish chizig’i» ga chaqirib birini startdagi
tegishli yo’lkachaga yoki joyiga qo’yadi;

e) startda oyoq tayanchlari va estafeta tayoqchalari bo’lishini
ta`minlaydi;

8. Startyor yordamchilari bo’lmagan chog’da ularning barcha vazifalarini


startyorning o’zi bajaradi.

MARRADAGI HAKAMLAR
1. Marradagi hakamlar qatnashuvchilarning marraga kelishini «kim-
kimdan keyin kelayotganligini» belgilaydi, shuningdek har bir
yugurish qatnashuvchisi bosib o’tgan davrani hisoblaydi hamda
qatnashuvchilarga qancha davra qolganligini aytib turadi.

YUgurishda birinchi kelayotgan qatnashuvchi so’nggi davrani boshlayotganda qo’ng’iroq chalinib signal beriladi. qisqa distantsiyalarga yugurish o’tkazilganida hakamlar yugurish qatnashuvchilarining har biri o’rtasidagi marragacha qolgan masofani sinchiklab aniqlash lozim.



2. Marra hakamlari marra chizig’i davomidagi hakamlar vishkasida
o’tiradi. Bu vishkalar yugurish yo’lkasining ichkarisidagi eng yaqin
marra ustinchasidan 4 m va undan ko’proq narida o’rnatilgan bo’ladi.

  1. Marra hakamlari o’rtasidagi janjalli masalalar marradagi katta
    hakam tomonidan hal qilinadi.

  2. Marradagi katta hakam marradagi hakamlar ishiga, shuningdek
    distantsiyadagi hakamlar ishiga, maydonda o’tkaziladigan
    musobaqalarning to’siqlari va etaplari oldidagi hakamlar ishiga
    rahbarlik qiladi. U shuningdek yo’lkachadagi bar`er va to’siqlarning
    qanday qo’yilganligini ham tekshiradi.

  3. Marradagi katta hakam qatnashuvchilarining marradagi kelish tartibi
    haqidagi talabnomani yozib boradi, u bunda distantsiyani tamomlayotgan
    ayrim qatnashuvchilar orasidagi masofani (metrni ham) ko’rsatadi va
    yugurish tomon bo’lgandan so’ng talabnomani yugurish bo’yicha tayinlagan
    sekretariga topshiradi.

  4. qatnashuvchilar juda ko’p bo’lgan yirik masshtabdagi musobqalarda
    bosh hakamning yugurish bo’yicha o’rinbosari tayinlanishi mumkin. Bu
    o’rinbosarga yugurish va yurish musobqalarida xizmat qiladigan barcha
    hakamlar brigadalari ishi ustidan rahbarlik qilish topshiriladi.

  5. 3000 m va undan ko’proq metrga yugurish va yurish musobqalari
    o’tkazilganda marradagi katta hakam navbatdagi qatnashuvchilarni
    hakamlarga bo’lib beradi (har bir hakamga uchtadan ko’p bo’lmasligi
    kerak). hakamlar har bir qatnashuvchi bosib o’tgan davrani kuzatib
    yozib boradi, hamda qatnashuvchilarga nechta davra qolganini aytib
    turadi.

  6. Soatli yugurish (yurishda) marradagi qilayotgan qatnashuvchilarga ular bosib
    turadilar.

hakamlar yugurish (yurish) bo’lishidan 1 minut oldin beriladigan nazorat qilinadigan qatnashuvchilarning (yurishi) taxminan tugaydigan joyga yugurish tamom bo’lmaganligi haqida beriladigan signalgacha qatnashuvchini kuzatib boradilar va signal berilishi bilanoq shu payt yuguruvchi etib kelgan joyni belgilaydilar.


DISTANTSIYALAR, TUSIQLAR VA ESTAFETA ETAPLARIDA TURADIGAN HAKAMLAR
1. Distantsiya va tusiqlardagi hakamlar:

a) qatnashuvchilarning yugurish qoidalariga rioya qilishlarini
(distantsiyani to’g’ri bosib o’tishlarini) tekshirib turadilar va bu qoida
buzilsa, darhol katta hakamga habar qiladilar. qoidani buzganlik
haqida faktni talabnomada ko’rsatadilar;

b) bar’erlar osha va to’siqlar osha (stipel-chez) yugurishda ular
ustida qay yo’sinda oshib o’tayotganligini kuzata borib, yiqilib tushgan
bar’erlarni o’z vaqtida va to’g’ri o’z o’rniga qo’yilishini tekshirib
turadilar;

2. Ayrim yo’lkachalardan yugurish musobqasi o’tkazilayotganda har bir


qayrilishda kamida ikkita hakam turishi lozim.
3. estafeta etaplaridagi hakamlar:

a) o’z etaplarida komanda qatnashuvchilarini registratsiya qiladilar;

b) shu etapda tartibni yo’lga soladilar;

v) estafetaning qo’ldan-qo’lga berilishini tekshirib turadilar va
qoida buzilgan tartibda tezlik bilan katta hakamga xabar qiladilar.
qoida buzilganligini aniqlagan taqdirda bu faktni talabnomada
ko’rsatadilar.

  1. Etaplardagi xakamlar soni yugurishda qatnashayotgan komandalar soniga
    qarab belgilanadi, biroq har bir etapda hakamlar ikkitadan kam
    bo’lmasligi kerak.

  2. Stadionda o’tkaziladigan musobqalardagi distantsiyalar, to’siqlar va
    etap hakamlari marradagi katta hakamga bo’ysunadi. Katta hakam ish
    taqsimlab beradi.

  3. Stadiondan tashqari o’tkaziladigan musobqalarda (poygalarda,
    krosslarda, yurishda) distantsiya boshlig’i tayinlanib, u:

a) distantsiyani tanlaydi va ulchaydi. Bu hakda akt tuzadi;

b) nazorat qilish va ovqatlanish joylarini belgilaydi;

v) distaniiyalarga xakamlarni qo’yib chiqadi, distantsiya ishiga va
uni belgilab chiqishga rahbarlik qiladi;

g) musobqalar boshlanishi oldidan bosh hakamlarga distantsiyalarning tayyor ekanligini haqida doklad qiladi;

d) musobqalar tamom bo’lishi bilan distantsiyalardagi hakamlarni
olib ular bilan birgalikda taqqoslab chiqish varaqlarga qarab
qatnashuvchilarning distantsiyaga to’g’ri bosib o’tganliklarini tekshiradi;

e) bosh hakamga (yozma shaklda) qatnashuvchilarning distantsiyani
bosib o’tganliklari va qoidani buzilganligi haqida xabar beradi.

7. Distantsiyadagi hakamlar qatnashuvchilarning to’g’ri bosib o’tishlarini


nazorat qiladi, qatnashuvchilar qoidani buzganliklari haqida shu
zahotiyoq talabnomaga yozib qo’yadi (musobqa tugashi bilan bunday
talabnoma distantsiya boshlig’iga topshiradi) lar, o’z oldidan yugurib
o’tgan musobqa qatnashuvchilarining shaxsiy nomerlarini yozib
boradilar, qatnashuvchining (ommaviy krosslarda) kartochkasini
talonni yirtib topshirayotganligini nazorat qiladilar. Distantsiyadan
chiqib ketgan qatnashuvchining shaxsiy nomerlarini yozib boradilar.
VAQT O’LCHOVCHI HAKAMLAR


  1. Vaqt o’lchovchi hakamlar va yugurish (yurish) musobqalarida
    qatnashuvchilar distantsiyalarni qancha vaqtda bosib o’tganliklarini
    aniqlaydilar. har bir vaqt o’lchovi hakam ( 1 yo 2 ta vaqt o’lchagich bilan
    ishlab) bitta yoki ikkita qatnashuvchining sarflagan vaqtini aniqlay
    oladi.

  2. Vaqt o’lchovi hakamlar marra chizig’i davomida joylashgan hakamlar
    vishkasida turadilar. Bu vishkaning old qirrasi eng yaqin marra
    ustunchasidan 4 metr va undan ko’proq uzoqlikda bo’lishi kerak. Vaqt o’lchovchi hakamlar o’zlari marrada qabul qiladigan qatnashuvchilarning qilish tartibiga qarab joylashadilar. CHunonki, birinchi bo’lib kelgan yuguruvchilarni qabul qiladigan vaqt o’lchovi hakamlar vishkasining yuqori qismiga joylashadilar.

3. Vaqt o’lchovchilar startyorning to’pponchasidan o’t yoki tutun chiqqan yoki uni bayroqchasi harakatga kelgan zahotiyoq bosiladi va qatnashuvchi o’zining gavdasi bilan faraz qilingan marra sarfiga tegishi bilanoq vaqt o’lchagich to’xtatiladi.

4. Vaqt o’lchovini o’z vaqt o’lchagichlarining ko’rsatgan natijalrini (bu natijani boshqa vaqt o’lchovi bilan muhokama qilmasdan) katta hakamlarga aytadilar, u talab qilsa vaqt o’lchagichni ko’rsatadilar. Agar erishilgan nitajalarni hisoblashda fikrlar to’g’ri kelmay qolsa, katta vaqt o’lchovchi hakamning so’zi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi.

5. Vaqt o’lchovi hakam vaqtni yozib olgandan so’ng faqat katta vaqt o’lchovchi hakamning ijozati bilan vaqt o’lchagich strelkasini nolga qaytarish mumkin.

6. Distantsiyaning birinchi bo’lib tamomlovchi qatnashuvchining vaqtini 3 ta vaqt o’lchovchi hakamni hisobga olish kerak.

7. Vaqt o’lchovchi hakamlarning ishiga katta vaqt o’lchovchi hakam rahbarlik qiladi. Katta vaqt o’lchovchi hakam vaqt o’lchovchi hakamlar o’rtasida vazifalarni (qatnashuvchilarni qabul qilish tartibini) taqsimlaydi va navbatdagi yugurish tugagandan so’ng sekundamerlar ko’rsatgan natijani talabnomaga kiritadi, keyin bu talabnomalarni yugurish kotibiga beradi.

Katta vaqt o’lchovchi hakam start vaqtida kontrol qilish uchun ortiqcha turgan vaqt o’lchagichlarini bosib qo’yadi. Agar hakamlarda birortasining vaqt o’lchagichi ishlamay qolsa, kontrol vaqt o’lchagichni o’sha hakamga beradi.

qisqa distantsiyalarga yugurish musobqalari o’tkazilayotgan katta vaqt o’lchovchi hakam vaqt yozuvini marradagi metraj yozuvi bilan solishtirib ko’rib va metr ko’rsatkichlariga moslab sekundamerlar ko’rsatkichi talabnomaga tuzatishlar kiritishi kerak.

ESLATMA: Katta vaqt o’lchovchi hakam bilan marradagi vaqt o’lchovchi hakamning fikri bir-biriga tug’ri kelmay qolsa, bu janjalli masalani bosh hakam yoki uning o’rinbosarlari hal qiladi.

Katta vaqt o’lchovi hakam musobqa boshlanishidan oldin vaqt o’lchagichlarini solishtirib chiqishi kerak. Katta vaqt o’lchovi hakam, hakam vishkasining yonboshida turadi.
YUGURISH BO’YICHA KOTIB

YUgurish (yurish) yuzasidan musobqa talabnomalarini yozib borish uchun kotib tayinlanadi. U marradagi katta hakamga itoat qiladi.

YUgurish bo’yicha kotib

a) yugurish talabnomaga marra katta hakam yozuviga binoan qatnashuvchilarning distantsiyani qay tartibda tugatganliklarini va katta vaqt o’lchovi hakam yozuviga binoan qatnashuvchilar erishgan natijalarni yozib boradi (talabnomaga barcha vaqt o’lchagichlarning ko’rsatgan natijalari yoziladi);



b) marradagi katta hakam ko’rsatmasiga muvofiq yugurish va yurish
musobqasi yuzasidan mulohazalarni talabnomaga kiritadi (talabnomaga
hamma
hakamlarning yozuvlari ilova qilinadi);

v) informator-hakamga (diktorga yugurish natijalari
b
ildiriladi;

g) rasmiylashtirilgan talabnomani bosh kotibga topshiradi.
YURISH BO’YICHA HAKAMLAR

  1. YUrish bo’yicha hakamlar yuruvchilarning harakatlari to’g’ri ekanligini
    aniqlaydi va yurish qoidalari buzilganda xatoni hisobga oladilar.

  2. YUrish musobqalariga yurish bo’yicha katta hakam rahbarlik qiladi, u
    qatnashuvchilarning soniga qarab o’ziga yordamchilar (hakamlar)
    tayinlaydi, yurish yuzasidan, musobqa o’tkaziladigan joyni va
    qatnashuvchilarni nazorat qilish usullarini belgilaydi.

  3. YUrish musobqalari stadionda o’tkaziladigan bo’lsa, yugurish yo’lkasi
    yurish bo’yicha hakamlarning har biriga 40-80 metrdan qilib
    ajratiladi. har bir hakam o’z chegarasida qatnashuvchilarni kuzatib
    turadi. Kuzatuv uchastkalarining chegarasi yugurish yo’lkasining ichki
    chekkasiga bayroqchalar o’rnatib ajratiladi. hakam o’z uchastkasidan
    o’tadigan qatnashuvchilarni kuzatish qo’lay bo’lgan joyga turib oladi.

YUrish bo’yicha katta hakam maydon o’rtasida turadi.

4. YUrish bo’yicha hakamlar qatnashuvchilar yurish qoidalarini buzadigan usulda harakat qilsalar ularni ogohlantiradilar, agar qoida to’g’ridan-to’g’ri buzilsa, sportchilarni musobqadan chiqarib yuboradilar. YUrishning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini har bir hakamning o’zi mustaqil ravishda aniqlaydi, biroq qatnashuvchini musobqadan chiqarib yuborish yoki uni ogohlantirish masalasini ikki hakam hal qilishi kerak.

5. Katta hakam hakamlar orasida janjalni hal qiladi va qatnashuvchini musobaqadan chiqarib yuborish haqidagi qarorni uzil-kesil tasdiqlaydi.

6. Katta hakam hakamlar orasida janjalni hal qiladi va qatnashuvchini distantsiyadan chiqarib tashalash yoki uni ogohlantirish haqidagi qaror baland ovoz bilan eshittiriladi. hakam baralla ovoz bilan qatnashuvchining shaxsiy nomerini aytadi va unga qizil bayroqchani (agar u distantsiyadan chiqarilib yuborilsa yoki oq bayroqchani (ogohlantirilsa) ko’rsatadi. qatnashuvchi distantsiyadan chiqarilib yuborilganida radio orqali e`lon qilinadi.



YUgurish musobaqalari stadiondan tashqarida o’tkazilganida yurish hakamlarning bir qismi distantsiya bo’ylab joylashadi, ba`zilari esa mashinada ayrim qatnashuvchilarni yoki bir guruh qatnashuvchilarni kuzatib boradilar.
SAKRASH VA ULOQTIRISH BO’YICHA HAKAMLAR
Sakrash va uloqtirishning har bir ayrim turi bo’yicha musobaqalar o’tkazish uchun hakamlar brigadasi tayinlanadi. Bu brigada katta hakam, o’lchovchi hakamlar va kotibadan iborat tuziladi (Butunittifoq va Respublika masshtablarida o’tkaziladigan musobaqalarda kotib ikkita bo’lishi kerak). Sakrash va uloqtirish bo’yicha katta hakamlar:

a) musobaqa boshlanishi oldidan o’zlariga talluqli tur bo’yicha
m
usobaqa joyini tayyorlash to’g’ri amalga oshirilganligini tekshiradilar;

b) o’z nomerlaridagi programmani puxta va uyushgan holda
o’tkazilishini ta`minlaydilar hamda musobaqa o’tkazilayotgan joyda
tartib saqlanishini kuzatib turadilar;

v) sakrash va uloqtirish qanday bajarilayotganligini kuzatadilar;
ularning to’g’ri bajarilishini aniqlaydilar hamda natijalar qanday o’lchanayotganligini, talabnomaning to’g’ri yozilishini va rasmiylashtirilishini kuzatib turadilar. Katta hakamlarning sakrash
yoki uloqtirish qay tarzda bajarilganligi haqidagi fikri hal qiluvchi
ahamitga egadir;

g) musobaqa qatnashchuvchisi texnik tomondan tayyorgarlik
ko’rmaganligini aniqlansa, uni musobaqadan chiqarib yuborish xuquqiga
egadir;

d) agar rekord qo’yilgan bo’lsa, bosh hakam yoki uning o’rinbosari
ishtirokida uni tekshiruv uchun o’lchab ko’radi va rekord natijaga
erishishda foydalanilgan snaryadni tortib ko’radi;

e) programma nomeri tugaganidan so’ng musobaqa talabnomani qo’l
qo’yib tasdiqlaydilar.

3. qatnashuvchi vazifasini to’g’ri bajarganligi:



a) qatnashuvchi vazifasini to’g’ri bajarganligi haqida katta hakamga
signal bersa, haydovchi sakrab tushgan joyga yoki snaryad tushgan erga
qoziqcha qoqadilar va erishilgan natijani o’lchaydilar (katta hakam
hisobga olmagan natijalarni belgilash va o’lchash man etiladi);

b) balandlikka sakrash va langarcho’p bilan sakrash vaqtida katta
xakamning ko’rsatmasiga muvofiq planka balandligini aniqlaydilar va
o’lchaydilar;

v) langarcho’p bilan sakrash vaqtida sakrovchi qo’yib yuborgan
langarcho’pni qabul qilib oladilar.

4. Sakrash va uloqtirish bo’yicha kotiblar:



a) talabnomaga kiritilgan qatnashuvchilarning bor-yo’qligini qayd
|qiladilar;

b) qatnashuvchilarni sakrash va uloqtirishni bajarishga
chaqiradilar;

v) musobaqaning muayyan turi bo’yicha katta hakamning
ko’rsatmalariga muvofiq, o’lchovchi hakamlarning xabari asosida,
uloqtirish bo’yicha musobaqa qatnashuvchilarning qoziqlarini
nomerlarini, sakrash hamda yugurish natijalrining o’lchovlarini
talabnomaga kiritadilar. Agar kotiblar ikkita bo’lsa, qatnashuvchining
har bir harakatidan so’ng ular talabnomalarga kiritayotgan yozuvlarini
bir-biriga solishtirib ko’rishlari kerak;

g) rasmiylashtirilgan talabnomani bosh kotibga topshiradilar va
uning oldida hisobot beradilar.

KA TNASHUV CHILAR OLDIDAGI HAKAMLAR

1. qatnashuvchilar oldida bo’ladigan hakamlar qatnashuvchilarni maydonga chiqishga tayyorlaydilar, musobaqa talabnoma bo’yicha ularning kelgan-kelmaganligini tekshiradilar, sportchilar tegishli formada kiyinishlarini kuzatib turadilar. Ularning nomeri to’g’ri chatilganligini tekshiradilar va shundan keyin qatnashuvchilarni musobaqa o’tkaziladigan joyga yuboradilar.

2. Yirik musobaqalarda qatnashuvchilar oldidagi hakamlardan bittasi katta hakam qilib belgilanadi va u boshqa hakamlarnish ishiga rahbarlik qiladi.
INFORMATSIYA BO’YICHA HAKAM


  1. Informatsiya bo’yicha hakam (diktor) bosh hakamning informatsiya va
    radio eshittirish bo’yicha belgilangan o’rinbosarlariga bevosita
    bo’ysunadi.

  2. Informatsiya bo’yicha hakam:

a) natijalarni e`lon qiladi va tomoshabinlar, qatnashuvchilar hamda hakamlar uchun (musobaqa o’tkazishga talluqli) informatsiya berib boradi;

b) o’z ishida qo’l ostidagi barcha aloqa vositalarini, telefon,
karnay, radio va boshqalarni ishga soladi;

v) informatsiyani qatnashuvchi va hakamlar ishiga halal etkazmagan
ravishda tashkil etish;

  1. Informatsiya hakamlari brigadasi diktorlar, aloqachilar, eshittirish
    tekstini tuzuvchilar va boshqalardan iborat bo’lib, ularning sonini
    musobaqa masshtabiga bog’liq.

  2. Bosh hakamning informatsiya va radio eshittirish bo’yicha o’rinbosari
    bo’lmagan chog’da uning vazifalarini informatsiya bo’yicha hakam
    bajaradi.

«ASBOB-USKUNA VA INVENTAR BO’YICHA HAKAM

1. Asbob-uskuna va inventar bo’yicha hakam bosh hakamning asbob-uskuna va



inventar bo’yicha o’rinbosari ko’rsatmalariga binoan ishlaydi.

2. Asbob-uskuna va inventar bo’yicha hakam:

a) musobaqalar boshlanguncha hozirlangan joylarning tayyorgarlik
sifatini va asbob-uskuna hamda inventarning qoidasiga muvofiq yoki
nomunofiqligini tekshirib ko’radi;

b) asbo-uskuna va inventar musobaqalar o’tkaziladigan joylarga o’z
zaqtida olib borilishini ta`minlaydi;

v) musobaqalarda xizmat qilish uchun ajratilgan ishchilarga
rahbarlik qiladi;

g) bosh hakamning asbob-uskuna va inventar bo’yicha o’rinbosari
bo’lmagan vaqtda uning vazifalarini bajaradi.
MUSOBAQA VRACHI

  1. Musobaqa vrachi bosh hakamning meditsina o’rinbosari sifatida
    hakamlar kollegiyasi sostaviga kiradi.

  1. Musobaqa vrachi:

a) qatnashuvchilarning meditsina hujjati bor-yo’kligini va uning
qanchalik to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi;

b) musobaqa jarayonida qatnashuvchilar ustidan vrach pedagogik
kuzatuvni olib boradi;

v) kasallik, travma va shu kabi sabablarga ko’ra qatnashuvchilarni
vrach nazorati bo’yicha tekshiruvdan o’tkazishni tahlil qiladi, hamda
musobaqada bundan keyin qatnashish mumkin yoki mumkin emasligi
haqida xulosa chiqaradi;

g) musobaqalar o’tkazilayotganda sanitariya-gigiena talablariga rioya
qilishini kuzatib turadi;

d) shikastlanish va kasallanish holatlari yuz bersa, meditsina
yordami ko’rsatilishini ta`minlaydi;

e) distantsiyalarda ovqatlanish punktlarini tashkil etishda va shu
punktlarni ishlarida bevosita ishtirok etadi;

j) musobaqa tamom bo’lgandan so’ng musobaqaning meditsina-
s
anitariya sharoiti qay darajada ta`minlanganligi haqida, o’z
xulosalarini, takliflarini izoxlab, shu musobaqani o’tkazib tashkilotga
his
obot beradi.

ESLATMA: Yirik masshtabdagi musobaqalar o’tkazilganda, bunga arur miqdorda meditsina xodimlari jalb etiladi va musobaqaning meditsina xizmati bo’yicha ishlar ustidan rahbarlik qilish uchun musobaqaning bosh vrachi tayinlanadi.
SAKRASH MUSOBAQALARI BO’YICHA QOIDALAR
UMUIY
QOIDALAR

1. Kvalifikatsiya oldindan o’tkaziladigan va final musobaqalarida qatnashuvchilar birin-ketin tartib bilan chiqadilar. qatnashuvchilarning chiqish tartib oldindan yagona chek tashlash yo’li bilan hakamlar kollegiyasi tomonidan belgilanib, bu tartib kvalifikatsiya, oldindan o’tkaziladigan va final musobaqalarida o’zgarmay qolaveradi.

ESLATMA: Agar musobaqalar bir qancha joylarda o’tkazilsa, qatnashuvchilarning qay tartibda chiqishlari yangidan chek tashlab belgilanadi.


  1. YUgurib keladigan joyning uzun-qisqaligi chegaralanmaydi, lekin
    qatnashuvchi maxsus yo’lka tayyorlab qo’yilishi talab qilishi mumkin
    emas.

  2. har bir qatnashuvchi o’zi yugurib keladigan joyni oldindan belgilab
    qo’yishi va o’zini sinab ko’rish uchun hakamning kuzatuvida musobaqalar
    boshlangunicha bir martagina (hisobga kirmaydi) sakrab ko’rishi
    mumkin. YUgurib keladigan joyni kichkina bayroqchalar yoki rangli
    qoziqchalar bilan belgilab qo’yish kerak, toki bunday belgilar boshqa
    qatnashuvchilarga xalal bermasin.

  3. hamma sakrashlar katta hakamning «EST’» degan komandasidan so’ng
    hisobga o’tadi. Sakrash muvaffaqiyatsiz bo’lsa «NET» («Yo’q») degan
    komanda beriladi.

  4. Agar sakrash vaqtida qatnashuvchiga biror narsa xalal bergan bo’lsa,
    hakam ikkinchi marta sakrashga ruxsat berishi mumkin.

  5. Muayyan turdagi musobaqalar tamom bo’lgandan so’ng qatnashuvchilarga
    xech qanday qaytadan sakrash ruxsat etilmaydi.


ULOQTIRISH QOIDALARIGA TEGISHLI QOIDALAR UMUIY QOIDALAR
qatnashuvchilar shu musobaqani o’tkazilayotgan tashkilot bergan snaryadlardangina foydalanishlari mumkin xolos.

qatnashuvchilarning ishtirok etish tartibi hakamlar kollegiyasi oldindan chek tashlab belgilaydilar. Belgilangan tartib kvalifikatsiya musobaqalarida, oldindai o’tkaziladigan musobaqalarda hamda finalda o’zgarmay qolaveradi. qatnashuvchilar soni ko’p bo’lsa, ular 15-20 kishidan qilib guruh-guruxlarga bo’linadi.



ESLATMA: Agar musobaqalar ikkiga yoki bir necha joyda o’tkaziladigan bo’lsa, qatnashuvchilarning keyingi ishtirok etish tartibini ya`ni qaytadan chek tashlash bilan belgilanadi.

2. Kvalifikatsiya musobaqalarida, oldindan o’tkaziladigan musobaqalarda va finallarda qatnashuvchilar navbatma-navbat dastlab bir marta xarakat qiladilar (uloqtiradilar). SHundan keyin yana navbat bilan keyingi harakatlarni (uloqtirishlarni) bajaradilar.



ESLATMA:

  1. Ba`zi vaqtlarda bosh hakamning qarori bilan kvalifikatsiya
    musobaqalarida yoki oldindan o’tkaziladigan musobaqalarda
    qatnashuvchilar uchala harakatni (uloqtirishni) ketma-ket
    bajarishlari mumkin.

  2. Ob-havo noqo’lay bo’lgan vaqtda bosh hakamning ko’rsatmasi bilan
    finalda ham qatnashuvchilar uchala harakatni (uloqtirishni) ketma-ket
    bajarishlari mumkin.

  3. har bir qatnashuvchi uch marta otishi, uloqtirishi mumkin. Bularning
    eng yaxshi natijasi hisobga utadi.

ESLATMA. Ba`zi musobaqalarda, shu musobaqa haqidagi nizomga muvofiq har bir qatnashuvchi olti marta otishi mumkin.

4. SHaxsiy musobaqalarda, shuningdek shaxsiy komanda musobaqalarda,


oldindan o’tkaziladigan musobaqalarda uch marta otgandan so’ng final
o’tkaziladi. Finalga 6 ta eng yaxshi natijaga erishgan uloqtiruvchi
(otuvchi) chiqadi. Bu uloqtiruvchilar yana bir martadan otishlari
mumkin.

Agar 2 ta yoki undan ko’proq uloqtiruvchi (otuvchi) 6 ta yaxshi natijaga erishsa, ularning hammasi ham finalga qo’yiladi. Agar qatnashuvchilar soni 6 tadan kam bo’lsa, ularning hammasi finalga qo’yiladi.

ESLATMA: Oldindan o’tkaziladigan musobaqada qatnashuvchilar soni 6 ta yoki undan kam bo’lsa-yu, qatnashuvchilarning birortasi biror marta ham to’g’ri otolmasa, finalga qo’yilmaydi.

Oxirgi o’rinli final qatnashchilarining 6 ta otishida eng yaxshi natijalarga erishganlari orasida taqsimlanadi.

Finalga chiqqan, lekin unda ishtirok etmagan qatnashuvchi oldindan o’tkazilgan musobaqalarda erishgan natijalardan qat`iy nazar, finalda qatnashganlarning hammasidan keyingi o’rinni oladi.

ESLATMA: Agar finalda 2 ta yoki undan ko’proq qatnashuvchi ishtirok etmay qolsa, ular oldindan o’tkaziladigan musobaqalarda erishgan natijalarga qarab (finalda qatnashganlardan keyingi) o’rinni egallaydilar.

5. Uloqtirish katta hakamning komandasiga qarab hisobga olinadi. hakam snaryad erga tushishi va qatnashuvchi o’z harakati batamom tuxtashi bilangina «EST’» deb aytadi. qatnashuvchi uloqtirish qoidasini buzsa, «NET» («Yo’q») deydi va uloqtirish hisobga o’tmaydi. Ikkala hodda ham hakam ulchovchi hakamlar uchun ayni bir vaqtda bayroqchani siltab signal beradi; uloqtirish to’g’ri bo’lsa. bayroqchani boshidan baland tutadi, noto’g’ri bo’lsa siltab pastga tushiradi.

6. qatnashuvchi hakamning ruxsatisiz uloqtira boshlashi, shuningdek uloqtirib bo’lgunicha doiradan chiqib ketishi mumkin emas.

7. Snaryadning qatnashuvchi qo’lidan chiqib doiradan tashqariga chiqib


ketishi yoki plankaning orqasiga tushib ketishi muvaffaqiyatsiz
harakat hisoblanadi.

  1. Uloqtirayotgan vaqtda qatnashuvchi gavdasining biror qismi yoki
    kostyumi bilan doiradan tashqaridagi erga yoki plankaning oldidagi
    erga tegishi muvaffaqiyatsiz harakat hisoblanadi. qatnashuvchi
    gardishga, segmentga, plankaga yuqori tomondan tegib ketsa, yoki
    ushalarni bosib olsa bular ham muvaffaqiyatsiz harakat hisoblanadi.
    Gardishga yoki segmentga ularning ichki tomondan tayanish ruxsat
    etiladi.

9. qatnashuvchi nayzani uloqtirishda yugurib kelish vaqtida ham otish
vaqtida ham yugurib kelish yo’lkasining belgilab qo’yilgan yon
chiziqlari ichida bo’lishi mumkin.

10. qatnashuvchi uloqtirib bo’lganidan so’ng va «EST’» komandasidan


keyin doiradan faqat orqaga, belgilab qo’yilgan chiziqlardan
(Murtlardan) tashqariga chiqishi kerak. qatnashuvchilar planka yonida
turib uloqtirib bo’lganidan so’ng yugurib kelish yo’lkachasini yon
chiziqlarning tashqarisiga chiqishi mumkin, biroq u plankani
«Murtlarni» bosishga haqqi yo’q shuningdek, ulardan tashqariga ham
chiqmasligi kerak. Bu qoida buzilsa, hakam qatnashuvchini
ogohdantiradi.

11. qatnashuvchi hakamning ruxsatisiz (hatto snaryadni olish uchun ham) uloqtirish sektoriga chiqishga haqqi yo’q.



  1. Uloqtirish paytida qatnashuvchilarning aybsiz snaryad sinib qolsa,
    qatnashuvchiga yana qaytadan uloqtirish imkoniyati beriladi. Bunda
    oldingi uloqtirish to’g’ri bajarilgan bo’lishi yoki qoidaning
    buzilishi, snaryadning sinishi bilan bog’liq bo’lgan bo’lishi kerak.

  2. Uloqtiruvchi ishlayotgan qo’liga qo’l qopchig’i (zapyastnik) kiyib
    olishi, shuningdek, bilak bo’g’inini bint bilan o’rab olishi mumkin
    emas. Ko’l va snaryadlarni moylash yoki ularga surtish uchun magneziy,
    kanifol’ yoki boshqa moddalardan foydalanish ruxsat etiladi. Molot
    uloqtiruvchilarga qo’lqop kiyib olish ruxsat etiladi.

  3. Snaryadning sektor maydonida qoldirilgan izi nomer yozilgan maxsus
    qoziqcha bilan belgilab qo’yiladi. Bu qoziqcha izning doiraga yoki
    plankaga yaqin bo’lgan nuqtasiga qoqib qo’yiladi.

Agar qoziqcha sektorning yoki uning koridoridan tashqarida bo’lsa, barcha uloqtirishlarda ham otish muvaffaqiyatsiz bo’lgan deb hisoblanadi va natija ulchanmaydi. YOpiq binolarda o’tkazilgan musobaqalarda yadro chuqurga tushmay taxta polga tushsa otish hisobga olinmaydi.

6. Uloqtirish natijasi snaryad qoldirgan izga qoqib qo’yilgan qoziqdan doira yoki plankaga bo’lgan eng qisqa masofani ulchash bilan belgilanadi.



Doiradan uloqtirishda natija ruletka bilan gardishning ichki yuzasigacha bo’lgan masofani qoziqdan doiraning markaziga qarab ulchash bilan belgilanadi.

YAdroning irg’itishda yog’och segmentning ichki qirg’og’igacha ulchanadi. Bunda ruletka segmentning ustiga qo’yiladi.

Nayzani otishda natija qoziqdan chiziqli plankaning ichki qirg’og’igacha (uning egrilik markaziga tomon) bo’lgan masofani ulchash bilan belgilanadi.

Granata uloqtirishda natija qoziqdan plankagacha perpendikulyar bo’lgan chiziq bo’yicha yoki bu chiziq plankaning yugurib kelish tomonidagi ichki cheti (davomi) gacha bo’lgan masofani ulchash bilan belgilanadi.



  1. Ulchash vaqtida ruletkaning O belgisi qoziq qoqilgan erda turishi
    kerak. Natijani belgilashda yaxlit santimetrlargina hisobga olinadi.

  2. Etarli uzunlikda ruletka bo’lmasa, kontrol shnur tortiladi. Bu
    shnurning bir uchi doira markaziga qattiq qilib bog’lab qo’yiladi,
    ikkinchi uchi esa navbatma-navbat qoziqdarga qo’yib ko’riladi. SHu
    natija ruletka shnur bo’yicha qoziqdan boshlab ulchanadi. Uloqtirishda
    natijalarni ulchashni osonlashtirish uchun to’g’ri plankadan unga
    parallel qilib 30, 40 va 50 sm masofalarga shnur (chiziqlar) tortib
    qo’yilib, ular bilan qoziq oralig’i qo’shimcha ravishda ruletka bilan
    ulchanadi.

  3. hisobga o’tgan barcha uloqtirishlarning nitajalari ulchanadi va
    protokolga yozib qo’yiladi.

ESLATMA: Ommaviy musobaqalarda va shu kabi boshqa hollarda bosh hakamning qarori bilan kvalifikatsiya musobaqalarida va oldindan o’tkaziladigan musobaqalarda uch marta uloqtirishdan eng yaxshisinigina ulchanadi (agar qaysi uloqtirish uzoqqa tushganligini ko’z bilan chamalab bilish qiyin bo’lsa, har bir uloqtirish natijasi ulchab ko’rilib, talabnomaga birgina yaxshi natija yoziladi).

  1. Natijani har bir uloqtirishdan so’ng yoki musobaqa tugaganidan so’ng
    ulchash mumkin (yadroni irg’itish musobaqalarida natija har bir
    irg’itishdan keyin ulchanadi).

  2. har bir qatnashuvchining eng yaxshi natijasini ko’rsatib turuvchi
    nomerli qoziqcha finallarda qatnashuvchilar va tomoshabinlar yaxshi
    orientirovka qilishlari uchun musobaqa oxirigacha qoldiriladi.

  3. Agar uloqtirish musobaqalarida ikki yoki bir necha qatnashuvchi bir
    xilda bo’lgan yaxshi natijalarga erishsa, ular orasidagi o’rin oldindan
    o’tkazilgan musobaqalar va final musobaqalaridagi boshqa
    uloqtir
    ishlarning eng yaxshi natijasiga qarab taqsimlanadi.

23. Muayyan tur musobaqalari tugaganidan so’ng qatnashuvchilarga hech qanday qushimcha harakatlar (uloqtirishlar) ni amalga oshirish ruxsat berilmaydi.

24. Agar boshlangan musobaqa ob-havoning noqulayligi tufayli yoki hakamlar va qatnashuvchilarga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra bir necha soatga tuxtalsa yoki ertasi kunga qoldirilsa, bosh hakamning ko’rsatmasi bilan (o’sha qatnashuvchilar ishtiroki, o’tkazilishini yoki davom ettirilishi mumkin.

ESLATMA: Agar musobaqa finalini o’tkazish vaqtida uning boshlanishidan oldin tuxtatilsa, tanaffus keyin yang finalgina o’tkaziladi.

25. Uloqtirishning barcha turlarida uloqtirilgan snaryadlar chizig’iga yoki doirasiga uloqtirib qaytarish man etiladi qo’lda ko’tarib olib kelish lozim.




KO’PKURASH

KO’PKURASH O’TKAZISH TARTIBI VA QOIDALARI
1. o’nkurash ikki kun qatorasiga davom etib, uni o’tkazishda sport turlari
qo’yidagi tartibda bajariladi:

1. - kuni: 1) 100 m ga yugurish, 2) yugurib kelib uzunasiga sakrash

3) yadro irg’itish, 4) yugurib kelib balandlikka sakrash, 5) 400 m ga

yugurish:

2 - kuni: 6) bar’erlar osha 110 m ga yugurish, 7) diska uloqtirish, 3) shest’ bilan sakrash, 9) nayzani uloqtirish, 10) 1500 m ga yugurish.

2. Oltikurash qatorasiga ikki kun davom etib, uni o’tkazishda sport
turlari qo’yidagi tartibda bajariladi.


  1. - kuni: 1) 100 m ga yugurish, 2) yadro irg’itish,
    3) yugurib kelib balandlikka sakrash;

  2. - kuni: 4) yugurib kelib uzunnasiga sakrash, 5) diska uloqtirish,
    6) 800 m ga yugurish

3. Beshkurash:

a) erkaklar uchun bir kun davom etib, uni o’tkazishda sport turlari
qo’yidagi tartibda bajariladi: 1) yugurib kelib uzunasiga sakrash, 2)
nayza uloqtirish, 3) 200 m ga sakrash, 4) diska uloqtirish, 5) 1500 m
ga yugurish;

b) ayollar uchun qatorasiga ikki kun davom etib, uni o’tkazishda sport
turlari quyidagi tartibda bajariladi:

1 - kuni: 1) yadro irgitish, 2) yugurib kelib balandlikka sakrash,

3) 200 m ga yugurish.

2- kuni: 4) bar’erlar osha 80 m ga yugurish, 5) yugurib kelib uzunlikka

sakrash.

4. Uchkurash:



a) ayollar va o’smirlar uchun bir kun davom etib, uni o’tkazishda sport turlari quyidagi tartibda bajariladi: 1) 100 m ga yugurish. 2) yadro irg’itish, 3) yugurib kelib balandlikka sakrash.

b) bolalar uchun bir kun davom etib, uni o’tkazishda sport turlari qo’yidagicha bajariladi: 1) 60 m ga yugurish, 2) yadro irg’itish, 3) yugurib kelib balandlikka sakrash.



5. Ko’pkurashlarda musobaqa kunlarini ko’paytirish yoki kamaytirish hamda ko’pkurash turlari tartibini o’zgartirish ruxsat etilmaydi. Agar ko’pkurash bo’yicha boshlangan musobaqa ikki kun o’tkaziladigan bo’lsa-yu, ob-havo noqo’lay kelsa, u davom ettirilmay keyinga suriladi. Musobaqa birinchi kun davomida bo’lingan bo’lsa, ertasi kuni o’sha qatnashuvchilar ishtiroki bilan yangidan boshlanadi. musobaqa ikkinchi kun davomida bo’lingan bo’lsa, u ertasi (uchinchi) kunga qoldiriladi. qaysi turiga kelganda tuxtatilgan bo’lsa, o’sha turidan davom ettiriladi. Masalan, o’nkurash musobaqasi shest’ va sakrash vaqtida tuxtalsa-yu, bunda faqat bir necha qatnashuvchi sakramay qolgan bo’lib, ko’pkurashlarning bir qismi esa nayzani uloqtirgan bo’lsada, musobaqa ertasi kuni shest’ bilan sakrashni tugatmagan qatnashuvchilardan boshlab davom ettiriladi. Keyingi nomerda nayza uloqtirilib barcha ko’pkurash qatnashuvchilari ishtirok etadi. Ilgari kungi nayzani uloqtirishda erishilgan natijalar bekor qilinadi. Ko’pkurash uch kun davomida ana shunday sharoitda o’tkazilsa erishilgan natija rekord deb tasdiklanmaydi, biroq qatnashuvchilarni zazryad normativlarini bajarishi hisobga olinadi.

6. Musobaqalar shunday tashkil etilishi kerakki, erkaklar beshkurashida uchinchi turidan so’ng, o’nkurashda esa birichi, to’rtinchi, oltinchi va sakkizinchi turlaridan so’ng dam olish uchun kamida yarim soatdan tanaffus programmasini ertalabki va kechqurungi soatlarga bo’lish ruxsat etiladi.



  1. Barcha ko’pkurashlar kuchsiz qatnashuvchilarni chiqarib yubormasdan
    o’tkazilaveradi.

  2. Ko’pkurashning har bir turi bo’yicha qatnashuvchilar erishgan natijalar
    ochkolar bilan baholanib maxsus jadvalda ko’rsatiladi. Ko’pkurash
    golibi ochkolar soniga qarab aniklanadi. Agar olingan ochkolar soni
    bir xil bo’lsa, o’z raqibiga nisbatan ko’pgina mashqlarda oldin bo’lgan
    qatnashuvchi ustun hisoblanadi.

  3. Ko’pkurash qatnashuvchilarining ayrim turlar bo’yicha chiqish
    tartiblari (yugurish navbatlarini belgilash, sakrash va uloqtirishda
    qanday navbat bilan chiqish va hokazolar) har bir sport turi uchun
    hakamlar kollegiyasi tomonidan chek tashlash bilan aniqlanib,
    musobaqa boshlanishidan oldin eshittiriladi.

  1. YUgurish musobaqalari bir davrda (finallarsiz) o’tkaziladi. har bir
    navbatdagi yugurishda qatnashuvchilar soni 6 tadan oshmasligi kerak.

  1. har bir qatnashuvchining 3 ta vaqt o’lchovchi hakam aniqlaydi.

Eslatma: Ba`zi hollardagina har bir qatnashuvchini 2 ta vaqt o’lchovchi hakam qabul qilishi ruxsat etiladi.

  1. Ko’pkurashning yugurish nomerlarida qatnashuvchi startni 2 marta
    emas, 3 marta noto’g’ri olganidan so’ng chiqarib yuboriladi.

  2. Uzunasiga sakrash va uloqtirishda uch martadan harakat qilish (sakrash
    yoki uloqtirish) imkoniyati beriladi. Balandlikka sakrash va shesht
    bilan sakrashda dastlabki balandlik va undan keyin balandliklar
    hakamlar kollegiyasi tomonidan belgilanib, musobaqalar
    boshlangunicha e`lon qilinadi.

14. qatnashuvchilarning shaxsiy musobaqalarda erishgan natijalari
ko’pkurash hisobiga kirmaydi.

  1. Ko’pkurash qatnashuvchilarining soni ko’p bo’lsa, ular 12-16 kishidan
    qilib guruhlarga bo’linib, har bir guruh ko’pkurashning ayrim
    turlarini navbatma-navbat bajaradi.

16. qatnashuvchi ko’pkurash musobaqalarining biror turida ishtirok
etmasa musobaqalardan chiqarib yuboriladi. Ko’pkurashning biror
turidan muvaffaqiyatsiz bajarganligi uchun 0 ochkolar olgan
qatnashuvchi musobaqadan chiqib ketmaydi va uni oxirigacha davom
ettirishi mumkin.
Download 496,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish