Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish va xakamlik qilish o‘tkazish



Download 496 Kb.
bet1/34
Sana29.03.2023
Hajmi496 Kb.
#923073
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish va xakamlik q (1)


Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil
etish va xakamlik qilish o‘tkazish


Musobaqa - bu o‘quv-trenirovka jarayonining tarkibiy qismidir. Trenirovka jarayonida odatda, sportchining yuqori sport natijalariga erishishiga yordam beradigan xamma sifatlarni yuksak darajada namoyon kilish uchun sharoitlar yaratish imkoniyati yo‘k.
Musobaqalarda xar bir sportchi uz rakibini engishga intiladi va bu intilish sportchidan butun kuchni safarbar etishni talab kiladi. Bu nafakat insonning funksional imkoniyatlarini namoyon kilishga imkon beradi, balki ularni shakllantirish vositasi bo‘lib xizmat kiladi.
Musobaqalar kuyidagi vazifalarni xal etishga yordam beradi:
- sport jamoasida o‘kuv-trenirovka ishi axvolini aniklash;
- kurashchilar tayyorgarligi darajasini aniklash;
- u yoki bu tayyorgarlik boskichida o‘quv-trenirovka ishiga yakun yasash;
- kurashni tarјib qilishga va shugullanuvchilar sonini oshirishga yordam berish.
Kurash musobaqalarini o‘tkazish xususityaiga ko‘ra ular kuyidagicha bo‘ladi:
a) shaxsiy;
b) jamoa;
v) shaxsiy-jamoa;
g) toifalash.
SHaxsiy musobaqalarda ishtirokchilarning xar bir vazn toifasida egallagan o‘rinlari aniklanadi; jamoa musobaqalarida jamoalar o‘rni aniklanadi; shaxsiy-jamoa musobaqalarida bir vaktda ishtirokchilar va jamoalarning egallagan o‘rinlari aniklanadi. Toifalash musobaqalari ishtirokchilarning egallagan o‘rinlarini aniklamasdan o‘tkazilishi mumkin. Ishtirokchilar tomonidan ko‘rsatilgan natijalar sport toifalariga muvofik unvonlar xamda razryadlarni berishda yoki tasdiklashda xisobga olinadi.
Musobaqalarni o‘tkazish usuliga ko‘ra ular kuyidagi turlarga bo‘linadi;
a) aylnama usul;
b) chetlatish bilan aylanma usul;
v) aralash usul.
Musobaqalar xususiyatlari ularni o‘tkazish usullari musobaqalar nizomida belgilab berilgan.
Kurash musobaqalari kalendar reja va musobaqa nizomiga muvofik rejalashtiriladi xamda o‘tkaziladi. Bu xujjatlarni musobaqa o‘tkazayotgan tmashkilot tayyorlaydi va tasdiklaydi. Ularni puxta ishlab chikish va sport tashkilotlariga muddatidan oldin xabar kilish musobaqalarning muvaffakiyatli o‘tishiga yordam beradi. Musobaqalarning kalendar rejasi ularni o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan tashkilot tomonidan tuziladi.
Kalendar reja kalendar yil uchun ishlab chikiladi. Kalendar rejani tuzishda kuyidagi koidalarga amal kilish lozim:
a) kalendar rejani ishlab chikayotganda uni yukori tashkilotlar tomonidan rejalashtirilgan musobaqalar muddatlari va dasturlariga asoslangan xolda tuzish zarur;
b) musobaqalar soni va xususiyati o‘z axamiyatiga ko‘ra shuјullanuvchilarni mas’uliyatli musobaqalarga tayyorlashga yordam berishi lozim;
v) xar xil turdagi musobaqalarni o‘tkazish ko‘zda tutiladi: tayyorgarlik, nazorat, saralash va asosiy.
Tayyorgarlik musobaqalarining asosiy maksadi-kurashchi-larni musobaqa sharoitlariga moslashtirish, musobaqa faoliyatining okilona texnik-taktik xarakatlarni mustaxkamlash, musobaqa tajribasini egallash.
Nazorat musobaqalarida sportchining imkoniyatlari tekshiriladi, uning tayyorgarlik darajasi, bosib o‘tilgan tayyorgarlik boskichi samaradorligi aniklanadi. Ko‘rsatilgan natijalar aosida kurashchilarning kelgusidagi tayyorgarlik dasturi ishlab chikiladi.
Saralash musobaqalari natijalari buyicha asosiy musobaqalarning ishtirokchilari aniklanadi.
Asosiy musobaqalarning bosh maksadi јalabaga erishish yoki imkoni boricha yukori o‘rinlarni egallashdan iborat.
Musobaqalarni tashkil kilish va o‘tkazish uchun ikkinchi muxim xujjat - bu musobaqa nizomidir.
Musobaqa kalendar reja va kurash bo‘yicha musobaqa koidalari asosida tuziladi. Musobaqa nizomi kuyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.

20.1. Musobaqa maksadi va vazifalari


Bu bo‘limda musobaqa o‘tkazayotgan tashkilotning o‘z oldiga ko‘yadigan asosiy maksadi va vazifalari ochib beriladi:


- sport jamoalarida o‘kuv-trenirovka va tarbiyaviy ishlarning axvolini tekshirish;
- terma jamoa tarkibini to‘ldirish maksadida eng yaxshi kurashchilarni vazn toifalari bo‘yicha saralab olish;
- sport tashkilotlari va sportchilar o‘trasida do‘stlik alokalarini mustaxkamlash;
- axoli o‘rtasida sport kurashini ommalashtirish va yoshlarni kurash bilan muntazam shuјullanishga jalb kilish.

20.2. Musobaqalarni boshkarish


Bo‘limda musobaqalarni tayyorlash va o‘tkazishga umumiy raxbarlikni amalga oshiradigan tashkilot, shuningdek musobaqani o‘tkazish anik kimga yuklatilishi; musobaqalar joyini tayyorlash, sportchilar va xakamlarni kutib olish, joylashtirish, ovkatlantirish,ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish, shuningdek madaniy tadbirlarni o‘ikazish uchun kim javobgar bo‘lishi ko‘rsatiladi.


20.3. Ishtirokchilar va katnashuvchi tashkilotlar


Bo‘limda musobaqalarda katnashish uchun kaysi tashkilotlar va ishtirokchilarning kanday yosh guruxlariga ruxsat berilishi, trenerlar va vakillarning son tarkibi ko‘rsatiladi.


20.4. Musobaqalarni o‘tkazish shartlari va tartibi

Ushbu bo‘limda musobaqalarni o‘tkazish xususiyati va usullari ko‘rsatiladi. Kunlar bo‘yicha musobaqalar dasturi va turli vazn toifalaridagi bellashuvlar jadvali taklif kilinadi.


SHaxsiy, shaxsiy-jamoa va jamoa musobaqalarida sinov tizimi belgilanadi. Egallangan o‘rinlar uchun ochkolarni berish jadvali tavsiya kilinadi.

20.5. Talabnomalarni berish muddatlari va tartibi


Dastlabki talabnomalarni berish muddatlari, shuningdek oxirgi talabnomalarni berishning anik muddati belgilanadi. SHuningdek mandat komissiyasiga takdim etish uchun zarur bo‘lgan xujjatlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.


20.6. Ishtirokchilar va xakamlarni kabul kilish shartlari


Ushbu bo‘limda kelish vakti, joylashtirish, ovqatlanish tartibi, sportchilarning etib kelish muddati aytib o‘tiladi, shuningdek moliyaviy xarajatlar kimning xisobidan bo‘lishi ko‘rsatiladi.


20.7. Јoliblarni taqdirlash


Bu bo‘limda mukofotlar sanab o‘tiladi: musobaqalar ishtirokchilari, jamoalar, shuningdek ularni tayyorlagan trenerlar kaysi o‘rin uchun xamda nima bilan takdirlanishlari ko‘rsatiladi. Mukofotlarning maxsus turlari ko‘rsatiladi, ya’ni eng yaxshi texnika uchun, јalabaga bo‘lgan irodasi uchun, tushe bilan ko‘p marta јalaba kozonganligi uchun.


Musobaqalar nizomlariga bulgan asosiy talablar kuyidagilardan iborat: aniklik, ravshanlik, muayyanlik va asosiy bandlarda tushunchalarning turli xilda talkin kilinishining bo‘lmasligi. Ushbu xujjat amaldagi koidalarga asoslanib tuziladi va musobaqa o‘tkazadigan tashkilot tomonidan tasdiklanadi. Tasdiklangandan so‘ng u ishtirokchilar va xakamlar kollegiyasi uchun majburiy xisoblanadi.

20.8. Xakamlar kollegiyasi (xayati) tarkibi va xakamlarning majburiyatlari


Musobaqalarda xizmat ko‘rsatish uchun xakamlar kollegiyasi kurash federatsiyasining xakamlar komissiyasi tomonidan tayinlanadi va musobaqa o‘tkazayotgan sport tashkiloti tomonidan tasdiklanadi. Xakamlar kollegiyasi bosh xakam, bosh kotib, gilam raxbari, arbitr, yon xakam, sekundomerchi-xakam, axborotchi-xakam, musobaqalar vrachidan tashkil topadi.


Bosh xakam xakamlar kollegiyasiga raxbarlik kiladi, musobaqa o‘tkazayotgan tashkilot va tegishli kurash federatsiyasi olidida musobaqalarning o‘tkazilishiga javobgar bo‘ladi.
Bosh xakam musobaqalar boshlanishidan oldin xonalar, jixozlar, asbob-anjomlar, zarur xujjatlarning yarokliligini, ularning amaldagi koidalarga muvofikligini tekshirishi shart. Bosh xakam musobaqalar arafasida xakamlar kengashini o‘tkazadi va undan xakamlar o‘rtasidagi majburiyatlarni taksimlaydi, ishtirokchilar vaznlarini aniklash uchun komissiya tayinlaydi, shuningdek gilamlar soniga karab xakamlar brigadasini tuzadi.
Bosh xakam musobaqalar davomida musobaqalarning koidalari va musobaqa nizomiga muvofik ularning o‘tkazilishini boshkarib boradi.
Ayrim xollarda, ya’ni agar musobaqalar boshlanishidan oldin musobaqa o‘tkazish joyi, jixozlar yoki asbob-anjomlar yaroksiz xolatda bo‘lsa, bosh xakam musobaqalarni bekor kilishi yoki nokulay meteorologik sharoitlarda yoki musobaqalarni o‘tkazishga xalakit beradigan boshka kandaydir sabablarga ko‘ra vaktinchalik tanaffus berishi mumkin.
Bosh xakam musobaqalarning oxirgi kunida xakamlar, jamoa vakillari, trenerlarning yakuniy majlisini o‘tkazadi, natijalarni tasdiklaydi va xamma bajarilgan ishlarga baxo ko‘yadi.
Musobaqalarning bosh kotibi xakamlar kollegiyasi majlisi bayonnomasini yozib boradi, kur’a tashlash marosimini o‘tkazadi va aylana bo‘ylab uchrashuvlar tartibini belgilaydi, musobaqalar jadvalini tuzib chikadi, xamma xakamlik xujjatlarini to‘ldirib boradi, arizalar va norozilik bildirishnomalarini kabul kiladi, ular to‘јrisida bosh xakamga xabar beradi, musobaqalarning o‘tkazilishi to‘јrisidagi texnik xisobotni tayyorlaydi.
Gilam raxbarining vazifalari ustun bo‘lib, u arbitr va yon xakam ishini muvofiklashtirib turadi. U bellashuvning borishini dikkat bilan kuzatib turishi va musobaqalar koidalariga muvofik xolda xakamlar xamda sportchilarni baxolab borishi shart. Arbitr va yon xakam o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan takdirda, u o‘z karorini chikarishga xaklidir, lekin xech kachon u birinchi bo‘lib o‘z fikrini bildirmaydi, balki yon xakam va arbitr fikrini eshitadi. Agar arbitr va yon xakam sportchilarning xarakat vaziyatlarini baxolashda bir fikrda bo‘lsalar, gilam raxbari xakamlar karoriga aralashmaydi.
Arbitr bellashuvga bevosita xakamlik kilish paytida eng mas’uliyatli vazifani bajaradi. U bellashuvning borishini boshkaradi, kurashchilar xarakatini baxolaydi va bellashuvning musobaqalar koidasiga muvofik o‘tishini kuzatib turadi. U bellashuv boshlanishi to‘јrisida signal beradi, bellashuvni to‘xtatadi va yakunlaydi, yon xakam yoki gilam raxbarining ma’kullashiga karab, bellashuvni tik turishda yoki parterda davom ettirishni belgilaydi. Bellashuv paytida arbitr shunday joyda turishi kerakki, u turgan joydan kurashchilar xarakatlari yoki amalga oshirayotgan usullarini anik baxolay olishi mumkin bo‘lishi lozim. U kurashchilarning butun gavda kismini ko‘rib turishi, ularning xarakatlari va tashlashlari yo‘nalishini oldindan ko‘zlay bilishi, ularni to‘јri baxolashi xamda xar kanday vaktda noto‘јri va xavfli xarakatlarni oldini olishga tayyor turishi zarur.
YOn xakam kurashchilarning texnik xarakatlarini baxolaydi va ularni maxsus bayonnomaga yozib boradi. U arbitrdan kat’i nazar, xamma vaziyatlarda o‘z fikrini bildirishi lozim, kurashchilar xarakatlarini baxolashda uning fikrlari arbitr fikrlari bilan mos kelishi, balki mos kelmasligi mumkin.
Bellashuv paytida, agar yon xakam kurashchilarning u yoki bu texnik xarakatlarini sezsa, arbitr esa bu xarakatlarni ko‘rmagan yoki unga e’tibor bermagan bo‘lsa, u bu xakda arbitrga xabar berishi lozim.
U kizil yoki ko‘k rangdagi maxsus ko‘rsatkichni yukoriga ko‘tarib, arbitr o‘z fikrini bildirmasa xam, shunday kilishi shart.
Sekundomerchi-xakam kurashchilar, xakamlar va tomosha-binlarni vakt to‘јrisida ogoxlantirib boradi. U sof јalaba vaktini kayd etadi, kurashchilarning kechikishlarini belgilaydi, yakkakurash jarayoniga taallukli bo‘lmagan vaktning yo‘kotilishini xisobga oladi. O‘zining xamma xarakatlarini gilam raxbari va arbitr bilan kelishib amalga oshiradi: arbitr xushtagi bilan sekundomerni yokadi va o‘chiradi.
Agar bellashuv kurashchining jaroxat olganligi yoki uning kiyimida kamchilik borligi sababli tuxtatilsa, sekundomerchi-xakam xar bir minut tugashi bilan vaktni e’lon kilib turadi. Bellashuv tugashi bilan sekundomerchi-xakam sekundomerni to‘xtatadi va tovushli signal beradi. Buni u bir vaktning o‘zida bajarishi lozim.
Axborotchi-xakam musobaqalarni o‘tkazish dasturi va tartibini e’lon kiladi, tomoshabinlarga kurashning borishi to‘јrisida axborot beradi, xar bir bellashuv natijalarini, navbatdagi juftlik tarkibini e’lon kiladi, musobaqa koidalarini ayrim xolatlarini tushuntirib beradi, musobaqa ishtirokchilarining sport faoliyatiga tavsif beradi. Musobaqalar borishi to‘јrisidagi xamma ma’lumotlar musobaqa bosh xakami ruxsati bilan beriladi.
Musobaqalar vrachi xakamlar kollegiyasi tarkibiga kiradi, u ishtirokchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va musobaqalarni o‘tkazishning sanitariya-gigienik sharoitlari uchun mas’ul xisoblanadi.
Vrach vazn o‘lchanayotganda sportchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va zarur xollarda ishtirokchilarga musobaqada katanshish uchun ruxsat berish to‘јrisida xulosa chikaradi. U ishtirokchi jaroxatlanganda yoki kasal bo‘lib kolganda tibbiy yordam ko‘rsatishi lozim. Bellashuv paytida tibbiy yordam gilam maydonchasi tashkarisida ko‘rsatiladi.

Download 496 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish