Bola organizmi kattalar organizmidan o‘zining bir qator anatomik-fiziologik xususiyatlari bilan farq qiladi: bolaning yoshi qanchalik kichik bo‘lsa, o‘zida hosil bo‘ladigan issiqlikni boshqarishi shunchalik takomiliga etmagan bo‘ladi, shu boisdan ularning kiyimiga alohida talab qo‘yiladi. Bolaga o‘ziga mos ichki kiyimlar, ko‘ylak, poyabzallar tanlab kiyidirilganda tanasidan issiqlik ajralishini sekinlatishi yoki tezlatishi mumkin, shu bilan organizm uchun o‘zidagi issiqlik miqdorini har qanday ob-havo sharoitida moslashtirib, bir muvozanatda turishga qulaylik yaratiladi Sport poyabzali gigiyenik talablari Sport poyafzali u yoki bu sport mashg’ulotlariga moslashgan bolishi va yuqorida korsatib otilgan hamma talablarga javob berishi kerak. Sport poyafzaliga quyiladigan gigienik va spesifik konstruktiv talablar sport turining xususiyatiga bg’liq. Ularning umumiylari quyidagilar: poyafzalning mustaxkamligi, yuzasining elastikligi, yilning fasliga va mash g’ulotning sharoitiga mosligi, yugurishda, sakrashda va boshqalarda oyoqni mexanik ta’sirlanishlardan ishonchli ximoya qilishi, tovon sirpanmasligi, qulayligi, ishni yengillatish qobiliyati. Notog’ri poyafzal oyoqning shilinishini, muzlashini, trenirovka va musobaqalarda sport natijasining pasayishiga olib keladi Kiyim-kechaklarga va poyabzalga qo‘yiladigan asosiy gigienaviy talablar kattalar kiyimiga qo‘yiladigan talablardan farq qilmaydi. Ular avvalo organizmning issiqlik muvozanatini me’yorida saqlash uchun qulay sharoitni va tana bilan tashqi muhit o‘rtasidagi namlikning almashinuvini ta’minlab berishi kerak. Kiyimlar havoni, bug‘ni o‘tkazuvchanligi, namni tortishi hayot va faoliyatning aniq sharoitiga, shuningdek, organizmning anatomik-fiziologik xuusiyatlariga mos kelishi kerak. Bolalarning terisi nozik, yupqa bo‘lganidan salga jarohatlanadi, shu tufayli ham ularga kiyimlar eng yumshoq gazlamalardan, choklari badanga botmaydigan qilib tikiladi. Bolalarga mo‘ljallangan gazlamalar va tayyor kiyimlar o‘zida elektr zaradlarini ko‘p to‘plamaydigan, tashqi muhitdan o‘tadigan mayda zarrachalarni (chang, iflos narsalar, bakteriyalar va boshqalar) o‘ziga olmaydigan bo‘lishi kerak. Kiyimlar tashqi va ichki tomondan ham yaxshi tozalanadigan, bolaning o‘ziga loyiq qilib tikilgan bo‘lishi kerak. Ulardan foydalanish juda ham qulay bo‘lishi: kiyish va echish oson, tananing barcha qismlari bemalol harakat qila oladigan, oddiy, qulay, chiroyli, arzon va chidamli bo‘lishi kerak. Kiyimlarning bu xususiyatlari ularning qanday materialdan tikilganiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Kiyimbosh va poyabzallarning asosiy vazifasi insonni tashqi muxitningzararli ta’surotlaridan ximoya qilishni oz ichiga oladi. Kiyimbosh va poyafzal organizmning issiqlik muvozanatini saqlashga yordam beradi, ob havoning noqulay faktorlaridan, kirlanishdan va mexanik shikastlanishlardan ximoya qiladi. Xavoning temperaturasi pasayganda, shamol va nam iqlimda kiyim sovqotish va muzlashdan ximoya qilib, organizmning issiqlik ajratishini kamaytiradi. Yuqori temperaturada mos kiyim issiqlik ajratishga komaklashadi va issiqlab qolishdan ximoya qiladi. Poyabzallarga gigiyenik baho berish Poyabzallarga qoyiladigan gigienik talab ustki kiyimlarga quyiladigan talabga oxshaydi. U imkoniyati boricha yengil, qulay, oyoqda qon aylanishiga, teridagi bug’lanishga xalaqit bermaydigan, tovon shaklini ozgartirib qoymaydigan, ishqalanishni, oyoq terlashini keltirib chiqarmasligi kerak. Poyafzallar uchun ishlatiladigan materiallar mustaxkam, yengil, etarli darajada yumshoq, issiqlikni yomon otkazadigan (qish oylari uchun), xavoni yaxshi otkazadigan, sovuqdan, namlikdan va xar-xil mexanik ta’surotlardan saqlaydigan xususiyatga ega bolishi kerak. Ilk bolalik, yasli, maktab oldi guruhlari bolalarining oq matolariga apperet va materialni to`yintiruvchi bo`yoq materiallarini ishlatishga ruxsat berilmaydi. 40 o`lchamgacha bo`lgan kiyimlarni tayyorlashda sintetik tikuv iplaridan foydalanib bo`lmaydi Ichki kiyimlar va oqliklar teriga bevosita yopishb turganligi sababli ular kiyim ostidan almashinuv maxsulotlarini(gaz, bug`, yog`larni) yo`qotishga qaratilishi kk Oqliklar qulay, terini nafas olishini taminlaydigan bo`lishi va ular o`zidan yuqori darajadagi havo va bug` o`tkazuvchanlik,gigroskopiklik, gidrofillik xususiyatli bo`lishi lozim. Ularni tayyorlashda trikotajsimon tuzilishga ega materiallardan foydalanish kk. Yangi tugilgan va 3 yoshgacha bo`lgan bolalar oqliklari ipak paxta, lion va viskozadan tayyorlanishi kk. MT yoshidagi bolalar ichki kiyimlari tarkibi paxta-70% slibon-30% Bolalar kiyimlarida qalin va qo`pol choklarga, to`mtoq tugunlar bo`lishiga ruxsat berilmaydi. Bolalar uchun yozgi iqlim sharoitida bir va ikki qavatli kiyimlar tavsiya etiladi. Birinchi qavati- oq Ikkinchi qavati: qiz bolalar uchun- ko`ylak, qofta, yubka; o`g`il bolalar uchun-ko`ylak va kalta shim.
Do'stlaringiz bilan baham: |