Birinchi xili. Bir joyda, avjiga o‘tirganda hamda yurishda ijro etila- di. CHap qo‘l etginchi holatda, o‘ng qo‘l chap elkaga ro‘baro‘. Kafti pastga qaragan. Barmoqlarham pastga qaragan. “Ganda elash” harakati yoki elka qoqish- ning birinchi xili bilan, bosh esa o‘ng qo‘lni kuzatadi. O‘ng qo‘l barmoq qarsillatish bilan ikkinchi holatga ko‘tariladi. Barmoqlar qarsillaganicha o‘ngtomonga birinchi holatga ochiladi, “elash” harakati jo‘r bo‘ladi. Oxirida o‘ng qo‘l keskin harakat bilan birinchi holatda kafti yuqoriga qarab qoladi va iyak harakati bilan yakunlanadi. CHap qo‘ddan chap tomonga takrorlanadi.
Musiqa o‘lchovi 4/4. 2takt.
Ikkinchi xili. Hamma harakatlar birinchi xilidagiday, farqi birinchi holat orqali keskin rasmiy holatga tushadi. CHap qo‘ldan chap tomonga takrorlanadi.
Musiqa o‘lchovi 4/4. 2takt.
Uchinchi xili. Birinchi xildagiday, faqat barmoqlar bir pastga, bir tepaga qarab yuz orqali ikkinchi holatga o‘tadi, so‘ng birinchisiga ochiladi. CHap qo‘ldan chap tomonga takrorlanadi.
“Barmoq o‘yin”harakati
Musiqa o‘lchovi 2/4. / takt.
Bu harakat yurganda va bir joyda turganda ijro etiladi. Qo‘llar oldin- da, pastda, kaftlar tersi bir-biriga tegib turadi. Gavda va bosh salgina oldinga egilganroq. O‘ng qo‘l chap qo‘ldasta tersidan sirpanib ham yarim musht bo‘lib salgina ko‘tariladi. So‘ng 2-ga o‘ng qo‘ldasta keskin, barmoqlar to‘g‘ri bo‘lib, boshlang‘ich holatga tushadi. Bir vaqgda chap qo‘ddasta yarim musht bo‘lib harakatlarni takrorlavdi (48,49-rasmlar).
“Lola” harakati
Musiqa o‘lchovi xohlaganicha.
Qo‘llar qaysi holatda bo‘lsa ham kafglar va barmoquchlari pastroqbo‘lib, iyak tagiga keladi. Tirsaklar yon-yonga qaragan. Qiyg‘ir bo‘yii yoki iyak hara- kati bilan yakunlanadi (50-rasm).
“Tong "harakati
Musiqa o‘lchovi 5/8. 1 takt.
Bir joyda, o‘tirganda, yurganda ijro etiladi. Qo‘llar oltinchi holatda. Qo‘ldastalar yonma-yon, kaftlar va barmoqlar pastga qaragan. Gavda va bosh oldinga egilganroq. O‘ng qo‘ldasta sal oldinda. Barmoqlar qarsillatib (1- xili) yuz osha, ikkinchi holat orqali birinchi holatga ochiladi. Gavda va bosh asta-asta tiklanadi. Barmoqlarni qarsillatmay ijro etilsa ham bo‘ladi. Harakatlar “elash” harakati bilan jo‘r bo‘lishi mumkin.
“SHodlik "harakati
Musiqa o‘lchovi 4/4. 1 takt.
Birinchi xili. Bu harakat bir joyda yoki yurgavda ijro etiladi. Ko‘llar oltinchi holatda, ikkita rasmiy qarsak, so‘ng qo‘llar asta-sekin birinchi holatga ochiladi, kaftlar yuqoriga qarab qoladi. Gavdaga “elash” harakati jo‘r bo‘ladi.
Musiqa o‘lchovi 4/4. 1 takt.
Do'stlaringiz bilan baham: |