Sport patologiyasi asoslari
Reja:
1.
Sportchi kuch-quvvatini tiklash haqida umumiy tushuncha.
2.
Sportchida chiniqish holatini vujudga kelishi va uning belgilari.
Sportchida charchash holati.
3.
Sportchi kuch-quvvatini tiklash omillarining 3 ta guruhga bo`linishi:-
pedagogik omillar; psixologik omillar;- tibbiy-biologik omillar.
4.
Sportchi kuch-quvvatini tiklashda fizioterapiya usullarini qo`llanishi.
5.
Sportchi kuch-quvvatini tiklashda vitaminlarning ahamiyati.
6.
Doping va uning taqiqlanishi.
7.
Tibbiy reabilitatsiya.
Sportchi kuch-quvvatini tiklash haqida umumiy tushuncha.
Trenirovka va musobaqa mashg`ulotlaridan
keyin sportchi organizmi
funksional holatini va ish bajarish qobiliyatini tiklash, charchashni yo`qotish
muhim ahamiyatga ega. Buning uchun, bir qator ilmiy va amaliy jihatdan
asoslangan, tadbirlar amalga oshiriladi.
Sportchida chiniqish holatining vujudga kelishi va uning belgilari.
Ilmiy asosda tashkil etilgan sport mashg`ulotlari bilan muntazam
shug`ullanish, mashg`ulot hajmi va tezligini asta-sekin oshirib borish natijasida
sportchida chiniqish holati vujudga keladi.
Chiniqish holati, sportchi
organizmining hamma to`qima - a`zolari tuzilishi va funksiyasida, ijobiy
o`zgarishlar bilan ifodalanadi.
Jumladan, yurak va tananing barcha muskullarida kapillyar qon-tomirlarning
soni ko`payadi, qon aylanishi yaxshilanadi, muskullar va boshqa to`qima -
hujayralarning qon,
qon tarkibidagi kislorod, oziq-moddalar, gormonlar bilan
ta`minlanishi yaxshilanadi. Muskul tolalarida glikogen, ATF kabi energiya
beruvchi moddalar zaxirasi ko`payadi. Natijada muskul tolalari yo`g`onlashadi,
kuchi va chidamliligi oshadi, organizmning
funksional imkoniyati, kuch-quvvati
oshadi.
Sportchida charchash holati. Jismoniy mashg`ulot bajarish natijasida hujayra
va to`qimalarda, jumladan, muskul tolalarida zahira sifatida to`plangan glikogen,
ATF va boshqa energiya beruvchi moddalar zahirasi tugaydi va organizmning
funksional imkoniyati, kuch-quvvati vaqtincha pasayadi.
Mashg`ulotdan keyin dam
olish davrida, yuqorida aytilgan energiya beruvchi
moddalar zahirasini, qaytadan tiklash zaruriyati yuzaga keladi. Bu normal
fiziologik jarayon hisoblanadi.
Shunday qilib, ilmiy asosda rejalashtirilgan jismoniy mashq bilan muntazam
shug`ullanish sportchida chiniqishni yuzaga keltiradi. Chiniqqan sportchi tanasi
to`qima-a`zolarida ijobiy o`zgarishlar vujudga keladi. Shulardan biri jigar, tana va
yurak muskullarida glikogen, ATF kabi energiya
beruvchi moddalar zahirasi
ko`payadi. Uzoq muddat davom etgan jismoniy mashg`ulotlar paytida muskullar
hamda to`qima-a`zolardagi energiya beruvchi moddalar zahirasi tugaydi va
sportchida charchash holati yuzaga keladi. Natijada, sportchining dam olishi,
energiya beruvchi moddalar zahirasini qaytadan to`plash va kuch-quvvatini tiklash
zaruriyati yuzaga keladi.
Charchash belgilarining bartaraf etilishi va organizm kuch-quvvatining
tiklanish muddati charchashni yuzaga keltirgan jismoniy mashg`ulotning
yengil-
og`irligiga, sportchining chiniqqanlik darajasiga qarab, bir necha daqiqa, soat, kun,
hafta bo`lishi mumkin.
Agar har bir charchashdan keyin dam olish va kuch-quvvatni tiklash tadbirlari
o`z vaqtida, sifatli tashkil etilsa, sportchi organizmining funksional holati tez
tiklanadi, ish qobiliyati tobora yaxshilanib boradi, chiniqish davom etadi, energiya
beruvchi glikogen, ATF kabi moddalar zahirasi muskullarda, to`qima-a`zolarda
ko`paya boradi.
Aksincha, charchashdan keyin dam olish,
kuch-quvvatni tiklash, energiya
beruvchi moddalar zahirasini to`ldirishga qaratilgan tadbirlar yetarli darajada
amalga oshirilmasa, charchash belgilari to`liq yo`qolmagan holatda, mashg`ulotlar
hajmi va tezligi ketma-ket oshirilaversa, asta-sekin organizmda o`tkir yoki
surunkali zo`riqish holati va u bilan bog`liq bo`lgan kasalliklar vujudga keladi.
Shunday qilib, trenirovka va musobaqa mashg`ulotlaridan keyin sportchida
yuzaga kelgan, normal fiziologik holat hisoblangan, charchashni o`z
vaqtida
bartaraf etish, sportchi kuch-quvvatini tiklagan holda, mashg`ulotlarni bajarishga
kirishish, trenirovka va chiniqish jarayonining muhim sharti hisoblanadi.