Sport menejmenti va iqtisodiyot


Korporativ madaniyat turlari



Download 11,94 Mb.
bet84/116
Sana15.01.2022
Hajmi11,94 Mb.
#366126
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   116
Bog'liq
Юлдошев У УМК Спортда корпоратив бошқарув

Korporativ madaniyat turlari

«Korporativ madaniyat» tushunchasini o‘rganishga yondashuvlarni ikki guruhga ajartish mumkin: idealistik va pragmatik yondashuv. Idealistik yondashuv tarafdorlari korporativ madaniyatni tashkilotni rivojlantirish maqsadi, uning faoliyat yuritishi oliy bosqichi bilan bir xil deb qaraydilar. Pragmatik yondashuv tarafdorlari madaniyatga korxonaning belgilangan tavsifnomalari to‘plami – shakllangan me’yorlar, koidalar va an’analar sifatida munosabatda bo‘ladilar. Bunda to‘g‘ri tushunish kerakki, korporativ madaniyat me’yorlarining ko‘pchiligi latent, ya’ni yashirin xarakterga ega. Odamlar o‘z xulq-atvorida belgilangan qoidalarga amal qilsada, ularni oxirigacha to‘liq anglamaydilar. Ular ma’lum vaziyatda nima qilish kerakligini biladi, biroq nima uchun degan savolga javobberishga qiynaladi.


Madaniyatning asosiy turlari:

Birinchi turi «paternalizm» bulib, u rahbarning barcha tan olgan e’tiborli kishi ekanligiga asoslangan korporativ madaniyat. Mehnat, fuknstiyalar va majburiyatlar taqsimoti mavjud bo‘lsada, biroq mutloq xarakterga ega emas. Rahbar o‘z qarori bilan majburiyatlarning taqsimlanishi, o‘zaro aloqa qoidalari va mukofotlash darajasini o‘zgartirishi mumkin. Ishlarni taqsimlash topshiriqlar berish shaklida amalga oshiriladi. Qaror qabul qilish va hamma narsa uchun javobgarlik – rahbarning alohida huquqlari hisoblanadi.

Madaniyatning ushbu turi ko‘plab kichik va yirik korxonalar uchun xos bo‘lib, ularning asosiy belgilari quyidagilar hisoblanadi:

1) xarizmatik etakchining mavjudligi;

2) mukofotlar va ishlarni taqsimlash bo‘yicha yaqqol ifodalangan savdolashish munosabatlarining yo‘qligi. Eng muhim mukofot – obro‘-e’tibor;

3) boshqaruv o‘tacha darajasining roli minimal darajaga keltirilgan.

Ikkinchi turi «artel» deb nomlanib, u barqarorlashmagan mehnat taqsimoti, funktsiyalar va majburiyatlarning ajratilmaganligiga asoslangan korporativ madaniyat. Har bir xodim hamma narsa uchun javob beradi va o‘z korxonasi uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani bajaradi. Qoidaga ko‘ra, bu rejimda tadqiqot va loyiha bo‘limlari, servis uchastkalari, ta’mirlash-qurilish brigadalari ishlaydi. Bundan tashqari, korporativ madaniyatning artel turi kichik korxonalarga xos bo‘lib, bu korxonalar hajmi mijozlarning individual so‘rovlari, ularning shakllangan doirasiga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish xususiyatlari (kichik ustaxonalar, non do‘konlari, emakxonalar) bilan belgilab beriladi.

Artel madaniyatiga xos bo‘lgan asosiy belgilar:

1) harakatlar multiplikastiya samarasi mavjudligi – butun holdagi narsa doimo uning qismlari summasidan katta bo‘ladi, ya’ni komandaning sinergetik, iqtisodiy va ijtimoiy samarasi yakka holatdagi bellashuv afzalliklaridan ortiq bo‘ladi;

2) komanda a’zolari o‘rtasida ishonch – shaxslarning bir-biriga mosligi;

3) faoliyat almashuvi umumiy ishga hissa qo‘shish xarakteriga ega.

Uchinchi turi «koloniya» - xodimning texnologiyaga mutlaq bo‘ysunishiga asoslangan korporativ madaniyat. Xodimlar ishlab chiqarish jarayonining muruvvatlariga aylantirib qo‘yilgan. Qattiq intizom nazoratchilar armiyasi tomonidan ta’minlanadi.

Asosiy belgilari:

 xodimning mehnat funktsiyalarini soddalashtirish, uni ishlab chiqarish jarayonining murvatiga aylantirish;

 qattiq ierarxik bo‘ysunish tizimi, xodimlar mustaqilligi va tashabbuskorligining minimal holatga keltirilishi. Ushbu madaniyat turining asoschisi – ishlab chiqarishning uzluksiz tizimi, ishlab chiqarishni andozalash, konveyerlashtirish va rastionallashtirish g‘oyalarini hayotga tatbiq etgan Genri Ford hisoblanadi.

To‘rtinchi turi «kolxoz» - u ishni o‘ziga va ishni korxonaga qarshi qo‘yishga asoslangan korporativ madaniyat. Xodimlar reja topshiriqlarini bajaradi va korxona quvvatlari hamda vaqtidan o‘ziga ishlash uchun foydalanadi.

Asosiy belgilari:

1) ishga majburiyat kabi munosabatda bo‘lish;

2) aniq ifodalangan ierarxichek savdo. Ish haqi ijtimoiy minimum sanaladi. Xodimning har qanday qizg‘inligi qo‘shimcha to‘lov talab qiladi;

3) korxona resurslarini talon-taroj qilishda bir-birini qo‘llash.

Beshinchi turi «xutor xo‘jaligi» - faoliyat va uning natijalariga egalik huquqini alohida ajratishga asoslangan korporativ madaniyat. Har bir xodim «o‘z maydoniga ishlov beradi», umumiy ishga qo‘shilgan hissa esa majburiy topshiriq yoki daromaddan ajratmalar hisoblanadi. Misol - advokatlik byurosi (har bir advokat o‘z idorasi uchun zarur minimial ishlarni bajaradi, ishni – mijozlarni o‘ziga-o‘zi izlaydi); rieltorlik firmalari (xodimlar umumiy ma’lumotlar to‘plamidan, yuridik ko‘makdan, firma markasidan foydalanadi, biroq mijozlarni o‘zi topadi va bitimdan foiz ko‘rinishida haq oladi).


Download 11,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish