Sport menejmenti va iqtisodiyot


Korporativ madaniyat tamoyillari



Download 11,94 Mb.
bet85/116
Sana15.01.2022
Hajmi11,94 Mb.
#366126
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   116
Bog'liq
Юлдошев У УМК Спортда корпоратив бошқарув

Korporativ madaniyat tamoyillari

Manfaatdor shaxslar deganda kompaniya faoliyati ularning manfaatlariga daxldor bo‘lgan har qanday guruhlar: aksiyadorlar, menejerlar, hamkorlar, iste’molchilar va h.k. tushuniladi. Manfaatdor shaxslar orasida ular o‘rtasida manfaatlari turli yo‘nalishga ega ob’ektiv ziddiyatlar mavjud bo‘lgan uchta asosiy guruh: aksiyadorlar, menejerlar va direktorlar alohida ajratib ko‘rsatiladi.

Aksiyadorlar, o‘z navbatida, ikki toifaga – majoritar va minoritar aksiyadorlarga ajratilib, ularning manfaatlari ham o‘zaro taqsimlanadi. Majoritar aksiyadorlar, minoritariylardan farqli ravishda, kompaniya rivojlanishining uzoq muddatli istiqbollariga va kichikroq risklarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Agar ularning dividend to‘lash va foydani kapitallashtirish o‘rtasida birini tanlashiga to‘g‘ri kelsa, ular foydani kapitallashtirishni afzal ko‘radi.

Minoritariylarning mulkiy manfaatlariga bepisand bo‘lmaslik va o‘ylab ko‘rilgan dividend siyosati yuritish:

 direktorlar Kengashi bilan birgalikda menejerlar faoliyatining chuqur o‘ylab chiqilgan motivastiyasini amalga oshirish, bu menejerlar tomonidan suiiste’mol riskini pasaytiradi;

 direktorlar Kengashi professionalligi va faoliyati mustaqilligini reja asosida oshirib borish.

Minoritariylar uchun korporativ madaniyat tamoyillari:

 kompaniya manfaatlariga ziyon etkazgan holda aksiyadorlarning o‘z huquqlarini suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘ymaslik;

 kompaniya tijorat sirlari qatoriga kiruvchi axborotni oshkor qilmaslik;

 kompaniya direktorlari, menejerlari va yirik aksiyadorlaridan qabul qilingan axloqiy qoidalarga amal qilishni talab etish.

Kompaniya direktorlari uchun korporativ madaniyat tamoyillari. Aksiyadorlar va menejerlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish – direktorlarning asosiy vazifasidir. Buni hal qilish uchun direktorlar Kengashi aksiyadorlardan ham, menejerlardan ham rasman emas, balki haqiqatda alohida ajratilgan va ulardan mustaqil bo‘lishi lozim. Direktorlar uchun quyidagi tamoyillarni tavsiya etish mumkin:

 kompaniyada axloqiy qoidalar ishlab chiqish va tasdiqlash;

 direktorlar Kengashining faoliyati davomida kompaniyaning barcha manfaatdor shaxslari manfaatlarini hisobga olish;

 kompaniya «shaffof»ligi monitoringini amalga oshirish, jamiyat aksiyadorlari, menejerlar va xodimlar tomonidan qonunchilik talablari, jamiyatning ta’sis va ichki hujjatlariga rioya qilish;

 oqilona dividend siyosati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va aksiyadorlarga taqdim etish;

 menejerlar faoliyati samarali motivastiya tizimini ishlab chiqish;

 aksiyadorlar oldida hisobot berish va ularga kompaniyadagi ishlarning holati haqida to‘liq va ishonchli axborot taqdim etish.

Kompaniya menejerlari uchun korporativ madaniyat tamoyillari: Menejerlar faqat mulk egalarining pullarini riskka qo‘yib, o‘z mulkini yo‘qotish riskiga duch kelmaydi. Ular uchun quyidagilarni tavsiya qilish mumkin:

 o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik;

 kompaniya aksiyadorlariga atayin qilingan harakatlar bilan zarar etkazmaslik;

 kompaniya uchun zarar ko‘rish riski yuzaga kelganda kompaniyaning direktorlar Kengashini bundan xabardor qilish;

 kompaniya faoliyatiga direktorlari Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan axloqiy qoidalarni joriy qilish;

 o‘z majburiyatlarini chin ko‘ngildan, vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajarish;

 direktorlar Kengashiga tegishli tarzda hisobot berish;

 o‘z faoliyatida kompaniyaning ta’sis va ichki hujjatlariga, qonunchilik talablariga rioya qilish va kompaniya xodimlaridan ham xuddi shuni talab qilish;

 xodimlarning manfaatlarini himoya qilish, ular uchun munosib mehnat sharoitlari ta’minlash.


Ushbu holda kompaniya va daraxt o‘rtasida o‘xshatish keltirilgan. Kompaniya poydevori nozik tomonlari to‘g‘ri tushunilgan madaniyat asosida quriladiki, bunda rastional dalillardan ko‘ra ko‘proq ruhiy ishonch omili katta rol o‘ynaydi. Kompaniya madaniyati moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni va qanday tadbirlar joriy qilinishini aniqlaydi. Marketing va innovastiyalar kompaniya konstepstiyasi va uning asosiy siyosatidan keyin amalga oshiriladigan asosiy faoliyat turlaridir.




Download 11,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish