Sport menejmenti va iqtisodiyot


Korporativ moliyaviy siyosat asosiy yo‘nalishlari



Download 11,94 Mb.
bet81/116
Sana15.01.2022
Hajmi11,94 Mb.
#366126
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   116
Bog'liq
Юлдошев У УМК Спортда корпоратив бошқарув

Korporativ moliyaviy siyosat asosiy yo‘nalishlari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyati davomida moliyaviy munosabatlarning to‘g‘ri tashkil etilishi qo‘yilgan maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda asosiy e’tiborni korxonalar moliyasini samarali tashkil etishga, korxonalar moliyasini boshqarishni to‘g‘ri tashkil etishga qaratish maqsadga muvofiq. Korporativ moliyani boshqarishni to‘g‘ri tashkil etish esa bevosita korporativ moliyaviy siyosatga bog‘liq. Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida korporativ siyosatning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar3:

- marketing siyosati;

- operatsion siyosat;

- moliyaviy siyosat;

- mehnat munosabatlari va kadrlar siyosati;

- axborot texnologiyalari siyosati;

- birlashishlar va qo‘shib olishlar siyosati;

- korporativ etika siyosati;

- korporativ boshqaruv va muvofiqlik siyosati;

- biznes risk menejmenti siyosati.

Korporativ moliyaviy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish korxonalarning barcha moliyaviy munosabatlarini qamrab olishi lozim. Bunda moliyaviy siyosat – korxonaning ta’sis hujjati (ustavi)da aks etgan strategik va taktik maqsadlarga erishish uchun moliyadan maqsadga yo‘naltirilgan holda foydalanishni o‘zida aks ettiradi. Masalan, tovar bozoridagi pozitsiyasini kuchaytirish; mos ravishda aktivlar hamda xususiy kapital rentabelligiga erishish; to‘lovga layoqatlilik va balans likvidliligini ta’minlash; aksiyadorlar mulkiy imkoniyatlarini oshirish va boshqalar.

Umuman, korporativ moliyaviy siyosatda quyidagilar nazarda tutiladi:

- foydani maksimallashtirib borish;

- kapital tarkibi va qiymatini optimallashtirish;

- korporativ tuzilmaning moliyaviy barqarorligi, amaliy va bozor aktivligini ta’minlash;

- aksiyadorlar, investorlar va kreditorlar uchun korporativ tuzilmaning moliyaviy ochiqligiga erishish;

- qimmatli qog‘ozlar emissiyasi, moliyaviy lizing, loyihaviy moliyalashtirish yordamida kapital jalb qilishning bozor mexanizmlaridan foydalanish;

- korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining strategik maqsadlarini hisobga olgan holda moliyaviy holat diagnostikasi asosida korporativ moliyani boshqarish mexanizmini ishlab chiqish;

- ustavda keltirilgan faoliyatni amalga oshirish va korporatsiyaning qarz majburiyatlarini qoplash uchun zarur moliyaviy resurslarni shakllantirish, pul oqimlari va moddiy zaxiralar balansliligini ta’minlash.

Korporativ moliyani boshqarish tizimini ishlab chiqish jarayonida yetarlicha pul mablag‘lari va to‘lovga layoqatlilikning yuqori darajasi sharoitida korporatsiyani rivojlantirish va mulkdorlar (aksiyadorlar) manfaatlarini uyg‘unlashtirish muammosi paydo bo‘ladi. Bunday sharoitda korxona faoliyat davomiyligi va qo‘yilgan maqsadlar tavsifidan kelib chiqqan holda strategik va taktik moliyaviy vazifalar qo‘yiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda korporativ moliyaviy siyosatni quyidagicha tasvirlashimiz mumkin (11.5-rasm).




Download 11,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish