Sport menejmenti va iqtisodiyot


-rasm. Korporativ boshqaruvning nemis modeli



Download 11,94 Mb.
bet49/116
Sana15.01.2022
Hajmi11,94 Mb.
#366126
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   116
Bog'liq
Юлдошев У УМК Спортда корпоратив бошқарув

2.3-rasm. Korporativ boshqaruvning nemis modeli

4-mavzu: Korporativ strategiya va ijtimoiy mas'uliyat

REJA:


1. Korporativ strategiya mazmuni va mohiyati

2. Korporativ ijtimoiy mas’uliyatning mohiyati

3. Strategik rejalashtirishning yo‘nalishlari

4. Korporatsiya strategiyasini ishlab chiqish jarayoni

5. Korporativ maqsad - korporativ strategiyalarning ahamiyati


Korporativ strategiya mazmuni va mohiyati

Korporativ strategiya - kompaniya maqsadi, uning aksiyadorlari uchun qiymat yaratish va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishdir. Boshqa tashkilotlar uchun bu juda muhim ahamiyatga ega bo‘lsa-da, bu borada aksiyadorlar asosiy hisoblanadi va aksiyadorlar qiymat yaratishda yirik firma va kompaniyalarning kelgusida erishishi zarur bo‘lgan strategik rejalashtirish asosida o‘z vazifalarini belgilab olishadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona yoki firma yagona milliy iqtisodiyotning uzviy tarkibiy qismi va ayni paytda, iqtisodiy jihatdan alohida bo‘g‘ini hisoblanadi. Korxona tarmoqlarni kengaytirib kattalashishi yoki o‘z faoliyatini o‘zini-o‘zi boshqarish usuli orqali nazoratni o‘rnatishi mumkin. Shuningdek, bozorni egallagan, ishlab chiqarishga asoslangan korxonalar o‘z harajatlarini o‘zi qoplashi asosida foyda (daromad) olish maqsadida yuritadigan birlamchi xo‘jalik subyekti hisoblanadi. Korxonalar ishlab chiqarish, savdo, tijorat-vositachilik, transport, sug‘urta, bank, injiniring, moliyaviy investitsiya, ilmiy-tadqiqot, innovatsiya va turli xizmatlar ko‘rsatish sohalarida faoliyat ko‘rsatadi.

An‘anaviy firma nazariyasi uning yagona iqtisodiy manfaati foydani maksimallashtirishga qaratilganini asoslaydi. Menejerial nazariyaga ko‘ra firmaning faoliyatini uning egalari emas, balki menejerlari belgilab beradi. Ularning iqtisodiy manfaatlari ishlab chiqarish va mahsulotlar sotish hajmini hamda daromadni maksimallashtirish hisoblanadi. Firma qisqa muddatli davrda tovar sotish hajmini maksimallashtirishga, uzoq muddatli davrda esa foydani maksimallashtirishga harakat qiladi. Firma egalari kapitalni o‘stirish, shaxsan boyishni xohlaydilar. Bunday xohish cheksiz bo‘lib, menejerlar ish haqi, obro‘-e’tibori, firmadagi o‘z mavqeyini o‘stirishni istaydi.

Ko‘p maqsadlar konsepsiyasiga ko‘ra firma bir necha maqsadni, ya’ni foyda, sotish hajmi, iqtisodiy o‘sish va boshqalarni ko‘zlaydi. Shuning uchun qiymat yaratish maqsadida, firma va kompaniyalar resurslardan unumli foydalanish uchun raqobat afzalligini yaratish maqsadida ikkita ko‘rsatkich: savdo aylanmasi va uning moliyaviy muhitga ta’sirini ko‘rib chiqishadi.

Strategiya umumiy tarzda korxonaning mavqeini mustaxkamlash, iste‘molchilarning talablarini qondirish va qo‘yilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan boshqarish rejasidir. Aniq strategiyani tanlash - rivojlanishning mumkin bo‘lgan turli yo‘llari va usullari ichidan eng maqbulini tanlab olish demakdir. Korxonani boshqarish rejasi quyidagi asosiy funksiya va bo‘linmalarni o‘z ichiga oladi: ta‘minot, ishlab chiqarish, moliya marketing, xodimlar, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar.

Strategik tanlash - bu biznes yechimlar va raqobatga bardoshlilik harakatlarini yagona tizimga bog‘lash demakdir.

Korporativ strategiya kompaniyaning uzoq muddatli maqsadlar va faoliyatiga ta‘alluqlidir. Aytish mumkinki, strategiyani (harakatlar tarzini) va uning aniq vositalarini ifodalash boshqaruvning negizini tashkil qiladi va kompaniyada menejmentning yaxshi yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rsatuvchi eng to‘g‘ri belgi bo‘lib xizmat qiladi.

Strategiyaning mazmuni quyidagilardan iborat:

- korxona biznesining yo‘nalish va asosiy maqsadlarni belgilab olish;

- korxonaning tashqi muhitini tahlil qilish;

- undagi ichki vaziyatni tahlil qilish;

- korxona yoki xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘inlarida strategiyani tanlash va ishlab chiqish;

- diversiyalangan korxonaning portfelini tahlil qilish;

- uning tashkiliy strukturasini loyihalash;

- integratsiya darajasini va boshqaruv tizimini tanlash;

- strategiya - struktura – nazorat majmuasini boshqarish;

- korxona faoliyatining ba‘zi sohalardagi siyosatini va uning fe’l-atvor me‘yorlarni belgilash;

- kompaniya strategiya va natijalarining teskari aloqasini ta’minlash;

- strategiyani, strukturani va boshqaruvni takomillashtirish.

Strategiya - tashkilotning tashkiliy vazifa va maqsadlariga erishishda foydalaniladigan tashkiliy hatti-harakatlar va boshqaruvga yondashuvlari tarzidir. Biznes sohasini belgilash, maqsadni belgilash, qisqa va uzoq muddatli vazifalarni (dasturlarni) aniqlash, maqsadga erishish strategiyasini belgilab olish strategik rejani tashkil qiladi.


Download 11,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish