Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlarini uyushtirish


Maktab kun tartibida sog’lomlashtirish tadbirlari



Download 46,14 Kb.
bet7/8
Sana28.06.2022
Hajmi46,14 Kb.
#715722
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
хумоюн

2.3. Maktab kun tartibida sog’lomlashtirish tadbirlari
Birinchi navbatda mashg’ulotgacha o’tkaziladigan gimnastika, tanaffuslarda o’tkaziladigan o’yinlar, umumta’lim darslarida o’tkaziladigan “Quvnoq daqiqalar” mustaqil jismoniy mashqlarga kiradi va kuni uzaytirilgan guruhlarning sport soatlarini tashkil etadi. Bular, albatta, bolalarda harakat faolligini nisbatan oshiradi. Ta’lim muassasalari kun tartibida olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlariga: “Mashg’ulotgacha gimnastika”, ya’ni 1- dars boshlanishdan oldin o’tkaziladigan gimnastika, umumta’lim dars jarayonida olib boriladigan “Quvnoq daqiqalar”, “Uzaytirilgan tanaffuslarda o’tkaziladigan harakatli o’yinlar”, kuni uzaytirilgan guruhlardagi “Sport soatlari” kiradi.
Mashg’ulotgacha gimnastika – har kuni birinchi dars boshlanishidan oldin o’tkaziladigan jismoniy mashqlardir. Ma’lumki, maktabga bolalarning ba’zi birlari oldinroq kelsa, boshqalari gimnastika boshlanish paytiga yetib keladilar.
O’quvchilarning ba’zi birlari maktabga kelgunga qadar o’ynab, yugurishlarga ulgurgan bo’lsa, ba’zilari kechikmaslik uchun shoshilib kelishadi, ayrimlari shoshilmasdan, lanj holatda keladilar va hali uyquda bo’ladilar.
Demak, dars boshlanishidan oldin hamma o’quvchilarning holati, diqqati har xil bo’ladi. Shuning uchun “Mashg’ulotgacha gimnastika”ni o’tkazishdan maqsad hamma bolalar diqqatini aqliy mehnatga (darsga) jalb etishdir, ya’ni birini tinchlantirish bo’lsa, boshqasini esa uyg’otishdir. Ana shuning uchun o’tkaziladigan mashg’ulotgacha gimnatika ayni muddaodir. Maxsus tanlab olingan mashqlar bolalarni tinchitadi, ulardagi hayajonlanish holatini bosadi, bolalarni tetiklashtiradi.
Mashg’ulotgacha gimnastika mashqlar kompleksini tuzishda o’quvchilar kiyimini iflos qilmaslikni hisobga olish kerak, chunki ular maktab formasida mashq bajaradilar. Tanlangan mashqlar tanish va oddiy bo’lishi kerak.
Mashg’ulotgacha o’tkaziladigan gimnastikaning har bir majmuasi:
muskul va yurak – tomir tizimiga har tomonlama ta’sir qilishi;
o’quvchilarning qaddi –qomatiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi;
jismoniy yuklanishning uzviyligi;
mashqlarning o’quvchilarga tanish bo’lishi va yengil bajarilishi;
emotsional holatni oshirishi;
o’tkazish joyining talabga javob berishini taqozo etadi.
Darsdan oldin bajariladigan mashg’ulotgacha gimnastikaning ahamiyati va uning qiymati juda katta. Bu bolalarning dars materiallarini to’g’ri va yaxshi o’zlashtirishiga imkoniyat yaratadi,o’quvchilarni emotsional holatini, kayfiyatini ko’taradi. Shuning uchun har bir shahar, tuman va qishloq maktablarida darsdan oldin bajariladigan mashg’ulotgacha gimnastikani tashkil qilish hamda o’tkazish shart.
Maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollej ma’muriyati va jismoniy tarbiya o’qituvchilari bu tadbirlarni yaxshilab yo’lga qo’yish uchun o’qituvchilar jamoasi, o’quvchilar faoli va ota-onalar bilan birgalikda tayyorgarlik ishini olib borishi kerak.
Bunday ishlar o’quvchilar hayotiga kirib borish uchun uni har bir ta’lim muassasasi pedagogik jamoasida jiddiyroq muhokama qilib chiqish kerak va direktor buyrug’iga binoan bu tadbirni muntazam tashkil qilish va o’tkazish lozim, chunki bu holda o’quvchilarning intizomi yaxshilanib, muhim tadbirga butun pedagogik jamoasi safarbar qilinadi.
Respublikamizning iqlim sharoitini hisobga olib, muassasa maydonchasiga qum – shag’al yotqizib atrofiga daraxtlar o’tkazilsa, yoki yomg’irdan saqlaydigan va issiq kunlarda salqinlik beradigan soyabonlar bo’lsa juda yaxshidir.
Jismoniy tarbiya o’qituvchisi darsdan oldin o’tkaziladigan gimnastika mashqlarini samarali olib borish uchun eng faol sportchi o’quvchilardan o’ziga yordamchilar tayyorlashi lozim.
Mashg’ulotgacha gimnastika mashqlarini o’tkazuvchilarni tayyorlashdagi eng yaxshi usul seminar o’tkazishdir. Seminarda quyidagi shartlarga amal qilish kerak:
Har bir yoshdagi o’quvchilarning jamoatchi instruktorlari bilan mashqlar majmuasini alohida-alohida o’rganish;
Har bir mashqni nomini aytib, uning qanday bajarilishini o’quvchilarga ko’rsatish, ularga mashqni bajarib ko’rishni taklif qilish, mashqning ta’sirini tushuntirib, bajarishda yo’l qo’yiladigan xatolarni eslatib o’tish;
Instruktorlar (o’qituvchilar) hamma mashqlarni belgilangan tartibda bajartirib, harakat va holatlarni to’xtab-to’xtab, aniq ijro etish;
Harakatlarni aniq bajara olmagan o’quvchilarga shu harakatni puxta o’rganib olgunlariga qadar harakatlarni takrorlash;
Jismoniy tarbiya o’qituvchisi va sinf rahbarlari dars jarayonida mashqlar majmuasini o’rgatayotgan paytlarida o’quvchilarni jamoatchi instruktorlik talablarini to’g’ri bajarishlariga ko’maklashishi lozim.
O’quvchilarga mashqlar majmuasi jismoniy tarbiya darslarida o’rgatiladi. Shuningdek, bu majmua chiroyli yozilib, ko’zga ko’rinarli joyga osib qo’yilishi lozim. O’quvchilar bu majmuani uyda o’zlari mustaqil ravishda takrorlaydilar.


XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sport maktabidagi jismoniy tarbiya darsi asosiy pedagogik kategoriya tizimi sifatida qaraladi. Mamlakatimizda bu tizimning yaratilishi mutaxassislarning jismoniy tarbiya sohasida olib borgan ishlarining samarasidir. maqsadimiz mamlakatimiz kelajagi bo’lgan bolalarni barkamol, jismonan baquvvat qilish, Vatan mudofaasiga, hayotga va mehnatga tayyorlashdir. O’zbekistonda jismoniy tarbiyani amalga oshiruvchi hamma muassasa va tashkilotlar uchun bu maqsad yagonadir. Shu maqsad asosida sog’lomlashtirish, ta'limiy va tarbiyaviy yo’nalishdagi muammolar hal etilib, o’z yechimini topadi. Nazariya orqali erishilgan va amaliyotda tasdiqlangan hamma ilmiy qimmatbaho ma'lumotlar jismoniy tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ularni o‘rgatish, tahlil qilish, yozish, oson bo‘lishi uchun alohida tahlil qilish lozim bo’ladi. O‘qituvchining asosiy vazifalaridan biri, o‘quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishdan iborat.
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida o‘qituvchilar va murabbiylar barcha o‘quvchilarni ommaviy sport tadbirlarini doimiy o’tkazib borishlari zarur va o’quvchilarni to‘liq qamrab olishlari kerak.
Shuningdek o‘quvchilar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini ommaviylashtirishda 5ta muhim tashabbus va sport musobaqalarini ahamiyati katta bo‘lib hisoblanadi.
Bugungi kunda sportmaktablarida o’quvchilarni tashkil etish va undan ma’naviy tarbiya vositasi sifatida foydalanish borasida oshirilayotgan tadbirlarni etarli ema, deb hisoblaymiz.
O’quvchilarning ijtimoiy-psixologik jihatlarini nazarda tutgan holda mahalla faollaridan boshlab, sport murabbiylari, ota onalar, keng jamoatchilik bu masalani kun tartibiga qo‘yib, yakdil harakat qilishsagina, yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish ularda bo’sh vaqt qoldirmaslik ijobiy o’zgarishlar beradi degan umiddamiz.

Download 46,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish