Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlarini uyushtirish



Download 46,14 Kb.
bet1/8
Sana28.06.2022
Hajmi46,14 Kb.
#715722
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
хумоюн


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI KAFEDRASI

SPORT MAKTABLARIDA OMMAVIY SPORT TADBIRLARINI UYUSHTIRISH” mavzusida bajarilgan



KURS ISHI


Bajaruvchi: 401-gurux tolibi: To’rayev X
Qabul qildi: o’qituvchi A.T.Xasanov



Jizzax-2022 yil
MUNDARIJA
KIRISH
I-BOB. O'ZBEKISTONDA OMMAVIY SPORT TADBIRLARINI RIVOJLANISH TARIXI VA HOZIRGI KUNDAGI AHAMIYATI

    1. Sportni boshqarishda davlatning ishtirok etishshakllari

    2. Sport tadbirlarining zamonaviy rivojlanish bosqichlari

    3. Sport va ko'ngilochar tadbirlarning madaniy va tarixiy jihatlari va ularning rivojlanishbosqichlari.

II-BOB. SPORT MAKTABLARIDA OMMAVIY SPORT TADBIRLARINI UYUSHTIRISH
2.1. Sport-sog’lomlashtirish ishlarining mazmuni va metodikasi
2.2. Oliy o`quv yurtlari talabalari uchun sport va sog’lomlashtirish tadbirlarining maqsadi va vazifalari, vositalari va muammolari
2.3.Sog’lomlashtirish jismoniy mashg’ulotlariga qo`yiladigan pedagogik -gigiyenik talablar
2.4. O’quv muassasa sport kengashi .sport klubining maqsad va vazifalari
2.5. Sport musobaqalarining tashkiliy tamoyillari va o’tkazish tartiblari
2.6. Sport musobaqalarini tashkillashtirish tartibi
2.7. Kun tartibida o’tkaziladigan sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish va o’tkazish metodikasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Yurtimizda aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug’ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o’z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo’lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg’ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo’naltirilgan keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug’ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o’z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo’lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg’ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo’naltirilgan keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikаsi Prezidentining 2020-yil, 30-oktyabrda qabul qilingan «Sogʼlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari toʼgʼrisida»1 Farmoniga muvofiq hamda Oʼzbekiston Respublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining “2019-2023-yillаr dаvridа Oʼzbekiston Respublikаsidа jismoniy tаrbiya vа ommаviy sportni rivojlаntirish kontsepsiyasini tаsdiqlаsh toʼgʼrisidа”gi qаrorni ijrosini ta`minlash yuzasidan Respublikada jismoniy tarbiya va sportni faol rivojlantirish,aholining barcha qatlamlarini,ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʼullanishga jalb qilish, jamiyatda sogʼlom turmush tarzining foydasi va ustunligini keng targʼib qilish, mamlakatda yaratilgan jismoniy tarbiya- sogʼlomlashtirish va sport infratuzilmasidan toʼlaqonli va samarali foydalanishni taʼminlash, shuningdek, yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan keng qamrab olishni taʼminlaydigan innovatsion shakllar va mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etish yuzasidan qator vazifalar belgilangan.
Mamlakatimizda boʼlajak avlodni maʼnaviy va jismoniy jihatdan yetuk qilib tarbiyalash negizida barkamol avlodni shakllantirish masalasi taʼlim sohasida olib borilayotgan tub islohotlarning asosini tashkil qiladi.
Bugungi kundagi taʼlim yoʼnalishidagi islohotlar mazmuni yosh avlodni maʼnaviy yetuk, jismonan baquvvat, intellektual salohiyatli va shu kabi sifatlarga ega boʼlgan barkamol shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan boʼlib, ular taʼlim – tarbiyaning har bir qirrasida oʼz aksini topmoqda.
Respublikamizda jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari O’zbekiston Respublikasi qabul qilgan "Jismoniy tarbiya va sport haqida"gi Qonun talablaridan kelib chiqadi. Mazkur hujjatda insonni har tomonlama kamol toptirish o’zining aniq ifodasini topgan. Jismoniy tarbiya inson jismoniy va ma’naviy kamolotining muhim vositasidir, deb belgilab qo’yilgan. Jismoniy tarbiya tizimining asosiy maqsadi ta’lim-tarbiya jarayonini mukammallashtirish orqali yosh avlodni jismoniy barkamol, e’tiqodli, o’z sog’ligi haqida g’amxo’rlik qilishni ijtimoiy burch deb biladigan kishi qilib tarbiyalashdan iborat.
Davlatimiz rahnamoligida yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini
keng targ‘ib etish, jismoniy tarbiya va sport soxasini ommaviylashtirish va
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani barchaga ma’lum. Bugungi
zamon yoshlari, bevosita ertamiz egalari hisoblangan yosh avlod vakillari
jismonan sog‘lom, kuchli irodaga ega, shu bilan bir qatorda, ta’lim va tarbiyaga ega bo‘lishi, ularni etuk insonlar etib voyaga etkazish, dunyoda xech kimdan kam bo‘lmagan avlodni tarbiyalashdek ezgu maqsadga yunaltirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida sport yoshlarimiz hayotiga tobora chuqur kirib bormoqda, minglab yigit-qizlar sport bilan shug‘ullanishni kundalik vazifasiga aylantirmokda.
Eng muhimi, sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va sport bilan
hamnafaslik qilish ularning jismoniy holatiga hamda salomatligiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatmokda. Shuni ta’kidlash lozimki, Respublikamizda aynan bolalar sportini rivojlantirish davlatimiz raxbari va huqumatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, bu borada qonun, farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash yuzasidan xam keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichining o‘ziga xos xususiyatlari
qatoriga aholining, ayniqsa, yoshlarning ta’lim va madaniy darajasini
oshirish, sifat jihatidan yaxshilash, sport orqali O‘zbekiston Respublikasini
jahonning taraqqiy etgan davlatlari qatoriga chiqishini ta’minlashni
kiritish mumkin.
Qabul qilingan “2022—2026 - yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” respublika hududlarida keng tarqalgan ommaviy sport turlari asosida respublika musobaqalarini o‘tkazish tizimini yaratish;
mahalla yoshlarini sportga jalb qilish darajasi reytingini shakllantirish hamda monitoringi asosida mahallalarda sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi yoshlarni 2022-yilda 32 foizga oshirish.
1.O‘zbekistonda sportning ommaviyligini oshirish maqsadida milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini rivojlantirish.
2.Yurtimizning chekka hududlari va qishloqlarida sog‘lomlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish.
3.Har bir barpo etiladigan “Yashil hudud”larda yugurish, velosipedda harakatlanish uchun “Salomatlik yo‘laklari” hamda badminton, stritbol va vorkaut maydonchalarini tashkil etish.
Sport tadbirlariga jalb qilish, ular o‘rtasida musobaqalar tashkil qilish, hamda Jismoniy madaniyat sog‘lom turmush tarzi, inson salomatligini saqlash va mustahkamlashning amaliy muammolarini echishga xizmat qiladi. Bu esa biz tanlagan mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Download 46,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish