“*” – zaruriyat bo‘lganda hamda zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar mavjud bo‘lganda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishgan holda tashkil
“–” – tavsiya etilmaydi.
23. Sport maktabi sog‘lig‘ining holatida cheklanishlari va sport bilan shug‘ullanish uchun tibbiy nuqsonlari bo‘lmagan bolalar,
o‘smirlar va yoshlarga, shuningdek O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi bilan kelishgan holda imkoniyati cheklangan bolalar,
o‘smirlar va yoshlarga o‘qishga kirish va o‘qish uchun teng sharoitlar yaratilgan holda ular bilan to‘ldiriladi.
Sport maktablariga, jinsi, tili, irqi, millati, diniy mansubligi, ijtimoiy kelib chiqishi, mashg‘uloti turi, ijtimoiy mavqeyi, yashash joyi,
O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashaganligidan qat’i nazar, o‘g‘il bolalar va qizlar (yosh yigitlar va qizlar) qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. O‘quvchi-sportchilarni sport maktabiga qabul qilish, belgilangan tartibda, o‘qishga kirayotganning arizasi va ota-onalarning
(yoki ularning o‘rnini bosadigan shaxslarning) yozma roziligi asosida, yashash joyi bo‘yicha davolash muassasasi tomonidan berilgan
o‘qishga kirayotganning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma va boshqa zarur hujjatlar mavjud bo‘lganda sport maktabi
25. Tayyorgarlik bosqichlariga va sport turlariga ko‘ra sport maktabiga qabul qilish uchun o‘quvchi-sportchilarning eng kichik
yoshini belgilaydigan normativlar, belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi
hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Sport maktabi o‘quvchi-sportchilarini qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishdan chetlatish va o‘qishni tiklash tartibi Jismoniy
tarbiya va sport vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
26. Sport maktabi o‘quvchi-sportchilari quyidagi huquqlarga ega:
o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq trener-o‘qituvchi rahbarligida sport tayyorgarligidan o‘tish, o‘quv-mashq jarayonida va sport
musobaqalarida qatnashish;
sport maktabi tomonidan belgilangan tartibda sport maktabining axborot resurslari, jismoniy tarbiya-sport inshootlari, sport
jihozlari va anjomlaridan foydalanish;
belgilangan tartibda sport jihozlari, yakka tartibda foydalaniladigan sport formasi va kiyim-bosh olish;
o‘quv-mashq mashg‘ulotlari va musobaqalar jarayonida xavfsiz shart-sharoitlarga ega bo‘lish va sog‘lig‘ini saqlash, tibbiy
xizmatlardan foydalanish;
o‘qishni boshqa sport-ta’lim muassasalariga ko‘chirish.
27. Sport maktabining o‘quvchi-sportchilari quyidagilarga majbur:
o‘zining nazariy, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini doimiy ravishda oshirish, sport mahoratini o‘stirish;
yakka tartibdagi va guruhli mashg‘ulotlarning o‘quv rejalari va dasturlarini bajarish;
sport rejimi va gigiyenik talablarga rioya qilish;
trener-o‘qituvchilar va boshqa o‘quvchi-sportchilarning sha’ni va shaxsiy qadr-qimmatini hurmat qilish;
sport maktabining mol-mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, sport maktabining ichki tartibiga rioya qilish;
vrach nazorati talablariga qat’iy rioya qilish, muntazam ravishda, 6 oyda kamida bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tish.
28. Sport maktabi o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun va o‘z faoliyati yo‘nalishlariga muvofiq bo‘limlar ochadi va:
sport bilan shug‘ullanishni xohlaydigan bolalar va o‘smirlardan sport-sog‘lomlashtirish guruhlari va boshlang‘ich tayyorgarlik
guruhlarini;
boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlarida kamida bir yil zarur sport tayyorgarligidan o‘tgan hamda o‘quv dasturlarida belgilangan
umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha qabul uchun normativ talablarni bajargan iqtidorli va sport bilan shug‘ullanishga qodir
bo‘lgan bolalar va o‘smirlardan o‘quv-mashq guruhlarini;
o‘quv-mashq guruhlarida tayyorgarlik bosqichidan o‘tgan hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha qabul uchun normativ
talablarni bajargan va tegishli sport razryadiga ega bo‘lgan sportchilardan sportda kamolotga erishish guruhlarini;
sportda kamolotga erishish guruhlarida tayyorgarlik bosqichidan o‘tgan, tegishli sport razryadiga ega bo‘lgan hamda mintaqa yoki
respublika terma jamoalarining asosiy tarkibiga yoki stajorlari tarkibiga qabul qilish uchun qo‘yiladigan talablarga javob beradigan va
sportda barqaror yuqori natijalar ko‘rsatadigan sportchilardan oliy sport mahorati guruhlarini to‘ldiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Tayyorgarlik bosqichlari va sport turlariga ko‘ra sport maktabi o‘quv guruhlarining eng kam sonini va ularda
shug‘ullanadiganlar sonini (o‘quv guruhining to‘liqligini) belgilaydigan normativlar, shuningdek tayyorgarlik bosqichlari bo‘yicha
o‘quvchi-sportchilarning sport mahorati darajasiga qo‘yiladigan talablar belgilangan tartibda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan
tasdiqlanadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. O‘quvchi-sportchilarning ro‘yxatdagi tarkibi va sport tayyorgarligi bosqichlari bo‘yicha sport maktabi o‘quv guruhlari soni har
yili (o‘quv yili boshlangunga qadar) sport maktabi direktori va muassisi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu hujjatlar ma’lumotlari asosida
sport maktabi rahbariyati o‘quv-mashq ishlari rejimining yillik soatlar hisobini amalga oshiradi va sport maktabi ishlarining yillik o‘quv
rejasini tuzadi.
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT,
2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sport maktabining sportda kamolotga erishish va oliy sport mahorati guruhlari soni, shuningdek ulardagi o‘quvchi-sportchilar
ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududiy organlari bilan majburiy tartibda kelishilishi kerak.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Sport maktabi o‘quvchi-sportchilarini keyingi yilda o‘qiladigan guruhlarga yoki sport tayyorgarligi bosqichiga o‘tkazish
belgilangan tartibda o‘qish muddatlari va o‘quvchi-sportchilar tomonidan o‘quv dasturlari o‘zlashtirilishi, ular tomonidan umumiy va
maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha nazorat-o‘tkazish normativlari bajarilishi, sog‘lig‘ining holati tibbiy-biologik ko‘rsatkichlari asosida,
shuningdek tegishli sport razryadi mavjud bo‘lganda sport maktabi trenyerlar kengashining qarori bilan amalga oshiriladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — O‘R QHT,
2016-y., 43-son, 499-modda)
Belgilangan talablarni bajarmagan o‘quvchi-sportchilar o‘qishning navbatdagi yiliga yoki sport tayyorgarligi bosqichiga
o‘tkazilmaydi. Ushbu o‘quvchi-sportchilarga belgilangan tartibda sport maktabi rahbariyati va trenyerlar kengashining qarori bilan sport
tayyorgarligining aynan shu bosqichida o‘qishni davom ettirish (takroran o‘qish) imkoniyati berilishi mumkin.
32. Keyingi yilda o‘qitiladigan guruhga o‘tkazish uchun belgilangan yoshga yetmagan, biroq o‘qishning oldingi yili dasturiy
talablarini bajargan ayrim o‘quvchi-sportchilar trenyerlar kengashining qarori bilan va shaxsiy tibbiy ruxsatnoma asosida o‘qishning
navbatdagi yili guruhiga o‘tkazilishi mumkin. O‘tkazish sport maktabi direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
33. O‘quvchi-sportchilarni o‘tkazish o‘qishning har bir bosqichidan keyin tegishli sport o‘quv guruhlarida amalga oshiriladi.
34. O‘quvchi-sportchilarni boshqa sport maktabiga o‘tkazish o‘quvchi-sportchining arizasi asosida, o‘quvchi-sportchi o‘qiyotgan
sport maktabi rahbariyatining va uning ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosadigan shaxslarning) yozma roziligi bilan amalga oshiriladi.
35. Sport maktabi tomonidan sport mahoratini oshirish uchun sport tayyorgarligining oliy bo‘g‘iniga (yuqoriroq bosqichda sport
tayyorgarligini amalga oshiradigan sport-ta’lim muassasasiga, shuningdek sportning o‘yin turlari bo‘yicha mahoratlilar jamoasiga)
o‘tkazilgan o‘quvchi-sportchilar sport maktabi guruhlarining son tarkibiga kirmaydi, biroq ushbu sport maktabining tarbiyalanuvchilari
hisoblanadi va uning jamoasi uchun sport musobaqalarida qatnashishi mumkin.
36. Yil davomida boshqa sport-ta’lim muassasasiga o‘tkazilgan o‘quvchi-sportchining sportdagi yutuqlari parallel ravishda oldingi
sport maktabining ish natijalariga kiritiladi.
37. Sport maktabining sport turi (turlari) bo‘yicha mintaqa yoki respublika terma jamoalari tarkibiga rasmiy o‘tkazilishi davrida
o‘quvchi-sportchilar sport maktabining tegishli sport o‘quv guruhi ro‘yxatida qoladi.
38. O‘quvchi-sportchilarni sport maktabidan chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
boshqa sport-ta’lim muassasasiga, shu jumladan o‘quvchi-sportchining o‘zining tashabbusi bilan o‘tkazilganda;
tibbiyot muassasalarining tegishli xulosalari bilan tasdiqlangan jismoniy yuklama va sport bilan shug‘ullanish uchun tibbiy
nuqsonlar aniqlanganda;
tegishli normativ talablar bajarilmaganda, sport natijasi pasayganda;
o‘quv intizomi va sport maktabining ichki tartib-qoidalari buzilganda, shu jumladan ma’naviy axloqsizlik sodir etilganda, sport
odob-axloqi buzilganda;
sport tayyorgarligi rejimi buzilganda, shu jumladan taqiqlangan farmokologik va narkotik vositalar qo‘llanilganda amalga
oshiriladi.
O‘quvchi-sportchilarni kasal bo‘lgan vaqtida o‘qishdan chetlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
39. O‘quv yili mobaynida o‘quvchi-sportchi sport-o‘quv guruhidan chiqib ketgan yoki o‘qishdan chetlashtirilgan taqdirda sport
maktabi uni belgilangan normalarga muvofiq bir oy muddatda to‘ldirishi kerak.
40. Sport tayyorgarligining barcha bosqichlaridan o‘tgan va belgilangan tartibda bitiruv normativlarini topshirgan o‘quvchi-
sportchilar sport maktabi bitiruvchilari hisoblanadi.
Sport maktabi bitiruvchilariga, ularning jismoniy sifatlari darajasi ko‘rsatilgan va kelgusida sportda kamolotga erishishga doir
tavsiyalar berilgan sportchi kartasi hamda sport tayyorgarligi darajasi ko‘rsatilgan holda, belgilangan namunadagi tamomlaganlik
to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: